Asosiy mavzular
28 sentyabr 2023

Behzod Musaev nega tergov qilinmayotir?

Bugungi mavzuimiz ko‘pchilik kutayotgan, bog‘chalarga tarqatilgan dori bois bolalarning zaharlanishi bilan bog‘liq muammolarga oid.

Biroq voqeaning asosiy qahramonlaridan biri Behzod Musaev esa bu inqirozga hech qanday aloqasi yo‘qday bemalol yuribdi. Odamlar hali «Dok-1 Maks» siropidan 65 nafar bolaning nobud bo‘lganini unutgani yo‘q. Mazkur fojia ham  Behzod Musaev paytida yuz bergan edi. Yana bir muhim nuqta: oz sonli odamlar Samo MChJning aslida qidiruvdagi Nodir Yunusovga  mutlaqo aloqasi yo‘qligini yaxshi bilishadi. Kartalarni shoshilmasdan, birin ketin ochib boramiz… 

Bir shaxsga uning qilgan ishiga qarab baho berishadi. Gap hozir Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev haqida bormoqda. Ellikka kirgan bu vazir ellikta tegirmondan butun chiqqan.

Behzod Musaev 2010-2011 yillarda Davlat soliq qo‘mitasi, o‘sha paytlardagi rais general Botir Parpievning birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan va noma'lum sabablarga ko‘ra ishdan ketgan.

Ko‘p o‘tmay O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining oltita moddasi, xususan, 167-modda (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 175-moddasi (O‘zbekiston Respublikasining manfaatlariga xilof ravishda bitimlar tuzish), 178-moddasi (Chet el valyutasini yashirish), 179-moddasi (Soxta tadbirkorlik), 184-moddasi (Byudjet va smeta-shtat intizomini buzish) va 205-moddasi (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste'mol qilish) da ko‘zda tutilgan jiddiy iqtisodiy jinoyatlarda ayblanib, ustidan jinoyat ishi ochildi.

Vaziyat yomonligini bilib, Behzod Musaev g‘arbga qochdi va o‘zini mazlum qilib ko‘rsatib, siyosiy boshpana oldi.

Karimov o‘lgach O‘zbekistonga qaytdi va yana unga katta vazifa berildi. O‘shanda  xalqaro matbuot bu haqda mana buni yozgan edi:

“Behzod Musaevni ichkarida “Aripovning kassiri”, deyishadi. Musaev IIVda qidiruvda bo‘lgan, aynan talon-taroj uchun. Amerikaga qochib ham ketgan, boshpana ham olgan, deb yozishdi. Lekin Aripov bosh vazir bo‘ldi, oradan hech qancha o‘tmay Musaev ham ishga qaytarildi. Jinoyat ishlariyam, qidiruv ham yopilib ketdi.»

Bugun erinmagan blogeri bormi, OAVsi bormi, balosiyu battari bormi, Namangan viloyati va boshqa hududlarda bolalarning ommaviy zaharlangani uchun Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatovni tepkilab o‘tayapti.

Lekin, keling, insofli bo‘laylik. Amrillo Shodievich o‘tgan yil 30 dekabrda vazir etib tayinlandi-ku, yaxshilar!

Hozirda tekshirilayotgan SAMO MChJ O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan dori vositalari yetkazib berish bo‘yicha ilk shartnomalarni 2021 yilning noyabrida imzolagan.

O‘shanda Behzod Musaev endi yeng shimarib vazir sifatida ish boshlamaganmidi?

O‘sha paytdayoq tili zahar jurnalistlar Karimov paytida korruptsionerligi uchun ustidan ish ochilgan, ammo chetga qochib, jon saqlagan Behzod Musaevning qaytishida xayr yo‘q, deya bashorat qilishgan edi.

Bu suruvni bo‘riga topshirishday gap edi.

Musaev tez orada o‘z odamlarini olib kelib, tuzilmaning viloyatdagi boshqarmalariga ham hisobchi, iqtisodchiyu rahbarlarni qo‘yib tashladi, eski mutaxassislar ommaviy ravishda ishdan bo‘shatildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ta'sischiligidagi “O‘ZMEDIMPEKS” MChJ kaliy yodi va Antistrumin dori vositasini xarid qilish uchun 2022 yil iyun oyida Samo MChJ bilan 5 mlrd 644 mln so‘mlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzdi.

2023 yilning 11 yanvarida esa ushbu shartnomaga 956 mln so‘mlik qo‘shimcha kelishuv qilingan. Bori shu.

Shu yerda nihoyatda o‘rinli savollar paydo bo‘ladi: Behzod Musaev Samo MChJ bilan shartnoma tuzarkan, bu shirkatning ta'sischilari kim, o‘tmishi qandayligini tekshirib ko‘rganmi?

Nega yirik miqdordagi oldi sotdi shartnomasi uchun tender uyushtirilmadi?

Bu qonunchilikning oyoq osti qilish emasmi? Balki “otkat” bo‘lgandir?

Sog‘liqni saqlash vazirligining maktab va bolalar bog‘chalariga «Antistrumin» dori vositasini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolagan Samo MChJ asoschisi Nodir Yunusov o‘ta xavfli jinoyatchi sifatida xalqaro qidiruvga berilgan.

Bir aylanib odam savdogaridan dori savdogariga aylanib olgan Nodir Yunusov hozir ham AQShning eng ko‘p qidirilayotgan og‘ir jinoyatchilari ro‘yxatida.

Bu ro‘yxatda lotin Amerikasidagi narkokartellar boshliqlari bor. Uchta o‘zbek – Nodir Yunusov, Rustamjon Shukurov va Sanjar Agzamovlar – birgalikda odam tashuvchi uyushgan jinoiy guruh a'zolari bo‘lishda ayblangan, ularning ellikka yaqin qurbonlari ozod qilingani yozilgan.

Nahotki, Behzod Musaev u bilan bir hujjatga imzo qo‘yayotgan shaxsni Amerika Qo‘shma Shtatlari va Interpol o‘ta og‘ir jinoyatlar: odam savdosi, firibgarlik, reketlik va korruptsion tashkilot yaratish bo‘yicha qidiruvga berganini bilmagan bo‘lsa?

Balki Behzod Musaev qochuvda yurgan paytida tanishgandir Nodir Yunusov bilan?

Eltuz manbalarining aytishlaricha, Amrillo Inoyatov, undan oldingi vazir qilmishlari bir kuni boshiga balo olib kelishi mumkinligini sezib, Bosh prokuraturaga tekshiruv o‘tkazishni so‘rab, ariza ham kiritgan.

Agar shunday bo‘lsa, nega Bosh prokuratura sas sado chiqarmadi?

Bugun Behzod Musaev bu inqirozga hech qanday aloqasi yo‘qday bemalol yuribdi. Odamlar hali «Dok-1 Maks» siropidan 65 nafar bolaning nobud bo‘lganini unutgani yo‘q. Mazkur fojia ham  Behzod Musaev paytida yuz bergandi. Yana bir muhim nuqta: oz sonli odamlar Samo MChJning aslida qidiruvdagi Nodir Yunusovga  mutlaqo aloqasi yo‘qligini yaxshi bilishadi. Kartalarni shoshilmasdan, birin ketin ochib boramiz… 

Eltuz kanaliga obuna bo‘lishni videolarimizga layk bosishni unutmang.

Tag‘in o‘qing
28 mart 2021
Muzrabot mahkamasi sud qilayotgan termizlik 41 yoshli Otabek Sattoriy Mirziyov boshqaruvi davrda qamalgan ilk blogeridir. Sattoriyga qo‘yilgan ayblar jiddiy. Bu ...
24 mart 2018
Sil (tuberkulyoz) kasalligiga qarshi kurash xalqaro kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tashabbusi bilan har yili nishonlanadigan esdalik sanadir. Bu ...
4 dekabr 2023
Nihoyat O‘zbekistondagi qo‘shiq shinavandalari qalbini larzaga solayotgan shou tomoshalariga navbat yetib keldi – Eltuzning qattiq Iks faktori yoki X-Faktor pagonlarga ...
23 fevral 2019
​​Evril Turonning poytaxtni Jizzaxga ko‘chirish haqidagi taklifini ko‘pchilik kulgi ostiga oldi, kimdir paxta qo‘yish sifatida baholadi. Menga esa taklif ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...