Asosiy mavzular
21 sentyabr 2021

Jamoa shartnomasi nima va u nega kerak?

O‘zbekiston mehnat qonunchiligi ko‘plab me'yoriy-huquqiy hujjatlardan iborat. Bular qonunlar, hukumat qarorlari, nizomlar, yo‘riqnomalar va hokazolardir.

Jamoa shartnomasi nima va uning mehnat munosabatlarini tartibga solish tizimidagi o‘rni qanday? 

Jamoa shartnomasi — bu muayyan bir tashkilot ichida mehnat hamda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni tartibga soluvchi ichki me'yoriy hujjatdir.

Jamoa shartnomasining mazmuni va tuzilishini uni imzolovchi tomonlar belgilaydi. Mehnat jamoasi, kasaba uyushma yoki xodimlarning boshqa vakillik organi, shuningdek, ish beruvchi ma'muriyati vakillari mehnat shartnomasiga u yoki bu bandni qo‘shish zarurati yuzasidan huquqiy, iqtisodiy va boshqa asoslarni keltirgan holda o‘z takliflarini tayyorlaydi. 

Tomonlar kelib tushgan takliflarni muhokama qiladi va kelishilgan matnni shakllantiradi. Jamoa shartnomasining yakuniy matni tanishib chiqish uchun mehnat jamoasiga taqdim etilishi va keyinchalik umumiy yig‘ilishda tasdiqlanishi shart.

Jamoa shartnomasida nimalar aks etishi kerak? 

Xodimlarning kasaba uyushmasi va ish beruvchining vakillari ishtirokidagi jamoaviy muzokaralar jarayonida ko‘rib chiqiladigan masalalar qamrovi juda keng bo‘lishi mumkin. 

Amaldagi mehnat qonunchiligida jamoa shartnomasida aks etishi shart bo‘lgan asosiy holatlar belgilab berilgan. 

Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi me'yorlariga ko‘ra, jamoa shartnomasida quyidagi shartlar bo‘lishi kerak: 

– mehnatga haq to‘lash shakli, tizimi va miqdori, pul mukofotlari, ustamalar, nafaqalar, kompensatsiyalar, qo‘shimcha to‘lovlar;

– (mehnat ta'tili boshlanishi oldidan eng oxirgi ish kunidan kechikmay) mehnat ta'tili uchun haq to‘lash muddati ;

– ish vaqtidan keyin, dam olish va bayram kunlari ishlaganlik uchun eng kamida ikki baravar haq to‘lash; 

– kechki paytlarda ishlaganlik uchun bir yarim baravardan kam bo‘lmagan miqdorda haq to‘lash; 

– umumiy ish vaqtini hisoblash tartibi, shuningdek, ish vaqtini shunday hisoblaganda ish haqi miqdorini baravarlashtirishga qaratilgan choralarni qo‘llash;  

– dam olish kunlarida ishga jalb etish tartibi va asoslari;

– noqulay va alohida shart-sharoitlarda ishlaganlik uchun qo‘shimcha mehnat ta'tili huquqini beruvchi ishlar, kasblar va lavozimlar ro‘yxati, qo‘shimcha mehnat ta'tilining davomiyligi, tartibi va taqdim etish shartlari;  

– ishlab chiqarish zarurati tufayli ish beruvchining tashabbusi bo‘yicha ishchini vaqtinchalik boshqa ishga o‘tkazish holatlari, shuningdek, bunday holatlarda mehnatga haq to‘lashning aniq miqdori va boshqa ishda ishlashning eng oxirgi muddati; 

– qisqartirilgan ish vaqti davomiyligini belgilash uchun noqulay mehnat sharoitlariga ega ishlar ro‘yxati;

– va jamoa shartnomasining qonunchilikda belgilangan boshqa majburiy shartlari.

Jamoa shartnomasiga qonunchilikda nazarda tutilmagan bandlarni kiritishga oid qanday misollarni keltira olasiz? 

Jamoa shartnomasiga O‘zR qonunchiligida belgilangan me'yor holatlarga qaraganda yaxshiroq shartlarni kiritish mumkin. Masalan: qo‘shimcha mehnat ta'tillari; pensiyaga ustamalar; muddatidan oldin pensiyaga chiqish; transport va xizmat safari xarajatlari uchun kompensatsiyalar; ishlab chiqarish jarayonida xodimlarning hamda maktab va bog‘chalarda ular farzandlarining tekin yoki qisman haq to‘lab ovqatlanishi; boshqa qo‘shimcha imtiyoz va kompensatsiyalar.

Jamoa shartnomasiga ish beruvchi va xodimlarning quyidagi o‘zaro majburiyatlari kiritilishi mumkin:

– mehnatga haq to‘lash shakli, tizimi va miqdori, pul mukofotlari, ustamalar, nafaqalar, kompensatsiyalar, qo‘shimcha to‘lovlar;

– narxlarning o‘zgarib borishi, inflyatsiya darajasi, jamoa shartnomasi bilan belgilangan ko‘rsatkichlarning bajarilishiga qarab mehnatga haq to‘lashni tartibga solish mexanizmi;

– xodimlarni ish bilan ta'minlash, qayta o‘qitish, ishdan chetlatish shartlari;

– ish vaqti va dam olish vaqti, mehnat ta'tillarining muddatlari;

– xodimlarning, shu jumladan, ayollar va o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnat sharoitlari va mehnat muhofazasini yaxshilash, ekologiya jihatidan xavfsizlikni ta'minlash;

– korxonani va idoraga qarashli turar joyni xususiylashtirish vaqtida xodimlarning manfaatlariga rioya qilish;

– ishni ta'lim bilan qo‘shib olib boruvchi xodimlar uchun imtiyozlar;

– ixtiyoriy va majburiy tarzdagi tibbiy hamda ijtimoiy sug‘urta;

– xodimlarning ishda qolishi maqsadga muvofiq ko‘riladigan holatlar;

– ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish masalasini kasaba uyushma yoki xodimlarning boshqa vakillik organlari bilan avvaldan kelishish;

–  kechki smenada ishlaganlik uchun ish haqini oshirish;

– ish beruvchining aybi bilan xodimlarning ish haqi belgilangan muddatda to‘lanmaganligi bo‘yicha uning javobgarligi;

– xodimlar salomatligini tiklash, tishga protez qo‘yish uchun mablag‘ ajratish, korxona ishlab chiqaradigan mahsulotlarni kreditga yoki sezilarli chegirma bilan xarid qilish va boshqa ko‘plab shartlar va tomonlarning majburiyatlari.

Diqqat! Jamoa shartnomasi ish beruvchi va ishchi tomonidan invidiual ravishda tuziladigan mehnat shartnomasidan farq qiladi!

Keyingi materialda mehnat shartnomasi va fuqaroviy-huquqiy kelishuv o‘rtasidagi farq haqida so‘z boradi.

Tag‘in o‘qing
26 oktyabr 2021
Farida Sharifullina  O‘tgan yilning yozida O‘zbekiston Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida uylarni buzish paytida xususiy mulkni himoya qilish to‘g‘risidagi ...
6 iyun 2019
Britaniyadagi Ulster universitetining kriminologiya bo‘yicha professori Kristian Lasslet 30 may kuni Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaevning biznes imperiyasi haqidagi surishtiruvini ...
7 dekabr 2015
Omadli biznesmen va O‘zbekistondagi ilk xususiy bankni tashkil qilgan Rustam Usmonov, o‘sha paytlarda hali Toshkentdagi eng oliy kabinetlarga kira ...
6 aprel 2017
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 5 aprel kuni Kremldagi O‘zbekiston-Rossiya rasmiy delegatsiyalari uchrashuvida Namanganda tug‘ilgan milliarder Alisher Usmonov bilan issiq ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...