Imperativ 37. Tsenzura haqida
(Taniqli shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobidan 37-qism. Audiokitob matnini muallifning o‘zi o‘qigan. Davomi bor.)
Mana, alhamdulilloh, she'rlarimning ba'zi- larini kuchim yetgunicha “tushuntirib berdim” siz- larga.
She'rlarimni tahlil etar ekan, ularni aynan men kabi tushunmagan o‘quvchilar borligini ham unutmadim. Ularning fikrlari ham men uchun qiy- matlidir albatta.
Aslida, shoirning o‘z she'rlarini o‘quvchilarga tushuntirib berishi kam uchraydigan, hatto uchra- maydigan hodisa.
Nega bu saviyaga tushganimning sababi haqda mavzuga kirishda izoh berdim.
Bu «saviyaga tushish»imning ikkinchi sababi, yumshoq aytganda, «texnik»dir: Biz adabiy umri- ning asos qismini Sovet davlatida yashagan in- sonlarmiz. Sovet davlati bir totalitar davlat edi. Adabiyot bu davlatning mafkuraviy qurolla- ridan biri, balki, eng muhim qurollaridan biri edi.
Bunday adabiyotning ahli bo‘laturib, bu ada- biyot tamoyilllariga qarshi bormoq, hatto uni tanqid etmak arslonning og‘zida turib, arslonni masxara qilish bilan teng edi.
«Sovet dissidenti» iborasi shu arslon og‘zida turib arslonni madh etmagan, hatto undan o‘z uslu- bida kulgan insonlarga nisbatan qo‘llanilardi.
Do‘stimiz Erkin A'zam bizni «u dissident bo‘lishni orzu qilardi» deya masxara qilganida
«dissident» kalimasi ostida shunday telba kim- salarni nazarda tutgan.
70-80-yillardagi tsenzura haqda Sirdaryolik yozuvchi birodarim Muhammadali Ahmad bir xoti- rasida shunday deb eslabdi:
«DASTXAT
…1989 yili Toshkentga bir ish bilan borib, kitob do‘konidan Muhammad Solihning “Yosh gvar- diya” nashriyotida chop etilgan “Tun tashbehla- ri” kitobini sotib oldim. Oyog‘im nima uchundir O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomon tortib ketaverdi. Dastxatli kitob yig‘ish xobbim edi.
Uyushmada Solih aka bilan uchrashdim. Kitobiga dastxat qo‘yib berishlarini so‘radim.
Suhbatimiz shoirning she'rlaridek qisqa bo‘ldi. Kitobga ikki kalima dastxat yozib ber- dilar. So‘ngra kitobni uzatayotib, qaytarib ol- dilarda, varaqlay boshladilar va bir necha joy- iga qora siyohli ruchkada tuzatish kiritdilar.
Biz xayrlashdik.
Xoli joyga chiqib, kitobni varaqladim. “Ta- raqqiyot va maqol” she'rining boshiga “Qrimlik qadrdonlarimga” degan bag‘ishlov so‘zni kiritib- dilar. “Adashganlar qo‘shig‘i” she'rining “Tax- minan aytganda, bir ummon sathin” misrasi- ni “Taxminan aytganda, Orolning sathin” deb tahrir qilibdilar. “O‘rtoqlik hazili” she'rida- gi musahhih aybi bilan o‘tgan xatoni to‘g‘rilab qo‘yibdilar.
Dastlabki ikki tuzatishdagi so‘z va jumla tsenzuraning aybi bilan olib tashlanganligi aniq sezilib turibdi…» (www.facebook.com/ profile.php?id=100005635058865)
Aynan Muhammadali Ahmadning taxmin qilga- niday, kaminaning qilgan bu «o‘zgartirishlari» Sovet tsenzurasining kitobdan olib tashlagan va o‘zgartirgan so‘zlarini asl holida tiklashdan iborat edi.
Qrim tatarlariga she'r bag‘ishlash, ustiga-ustak matnosti kinoya bilan ularning o‘z vatanlaridan judo qilinganini yozish 80-yillarda ta'qiqlan- gan edi.
Ikkinchi she'r «Adashganlar qo‘shig‘i»dagi Orol ko‘lini «Xudoning qarg‘ishi tekkan joy» sifatida ko‘rsatish ham Sovet O‘zbekistonida ma'n etilgan mavzuga kirar edi.
Tsenzura birinchi kitobim «Beshinchi fasl»(1977) dan boshlab, Toshkentda bosilgan so‘nggi kitob «Orzu fuqorosi» (1990) gacha butun kitoblarda muayyan kalimalarni o‘zgartirib yoki olib tashlab, she'rning yozilishiga sabab bo‘lgan asl g‘oyani tahrib etib kelgan.
Albatta, Sovet davrida chiqqan kitoblarim- ni horijda qayta nashr etarkan, bu tahribotni tuzatishga harakat qildim. Shunday ekan, hur- matli o‘quvchilarim chet elda nashr etilgan kito- blarimdagi matnlar Sovet davrida bosilgan matnlardan farqli ekanligini ko‘rsalar bundan ajablanmasinlar.
(davomi bor)