Asosiy mavzular
9 aprel 2024

Soqollilarga qarshi reyd, lift va Toshkentning dabdala yo‘llari…

Xatlar kelishda etmoqda, muammolar yechimini to‘liq ta'minlash uchun Eltuz kanaliga obuna bo‘lish, layk bosish va superrahmat tugmachasini bosib kanalni moddiy qo‘llab quvvatlash tavsiya qilinadi va biz xatlarni o‘qishda davom etamiz.

Dastlabki shikoyat Toshkentdan. Tag‘in Yangi hayotning abgor xolatda qolayotgan eski yo‘llari haqida.

«Assalomu alaykum hurmatli Eltuz portali!  Toshkent shahar Yangi hayot tumani yangi darxon mahalla aholisi nomidan murojaat yo‘llayapman. Bizning mahallada jamoat transporti yuradi, yo‘llar ta'mirtalab bo‘lgan na piyodalar yo‘lakchasi bor, na yengil mashinalar yurishiga sharoit yaratilgan. Umuman yo‘llar og‘ir ahvolda, yomg‘irli kunlari ko‘lmakka aylanib bormoqda.  Iltimos sizlardan shu murojaat bo‘yicha Toshkent shahar hokimligi, Toshkent shahar Yangi hayot tumani hokimligi mutasaddilar ko‘rib chiqishini so‘rab qolardik.» deya yozmoqda Eltuz obunachisi.

Mamlakat yo‘llarining bugungi ahvoliga qarab baho beradigan bo‘lsak, 38 millionlik aholi soliqlarini simirayotgan yo‘l idorasi gigant bir jig‘ildonga aylanganini anglaymiz. Nafaqat yo‘llar barcha ijtimoiy, madaniy va siyosiy sohalarda ham shu ahvol.

Keyingi maktub Qashqadaryodan. Qarshida odamlarga bir kunda bir marta beriladigan ichimlik suvi, ko‘chaga oqizilmoqda.

«Assalom alaykum og‘a! Qarshi shahri Shohbekat MFY hududida har kuni beriladigan 1 soatlik ichimlik suvi xor bo‘lib oqmoqda. Mana bir necha kun bo‘ldiki biror mas'ul kelib qaramagan. Suv qachongacha oqib yotadi? Buni nazoratga oladigan odam bormi? Yo‘lning ustida shu ahvol nazoratsiz qolsa, ichki hududlardagi ahvol qanaqa bo‘ladi? Biz sizga ishonamiz Eltuz og‘a» deya yozmoqda qarshilik muxlis.

Navbatdagi murojaat Surxondaryodan. Sel keladigan ariqlar loy va chiqindiga to‘lib qolgan.

(Video)

Keyingi shikoyat 5 oydan beri ishlamayotgan Termizdagi ko‘p qavatli uy lifti haqida.

«Assalomu alaykum Eltuz og‘a, biz Surxondaryo viloyati Termiz shahar «Bog‘ishamol» mahallasi MOVARO ko‘p qavatli uylarda, ya'ni 203-uyda yashaymiz. Mana taxminan 5 oy bo‘ldiki 203-uy 2-yo‘lakka o‘rnatilgan lift ishlamaydi. Uy qurilganiga endi 4 yil bo‘ldi. Liftni bir yaxshi ishlaganini ham eslolmaymiz. Bir oy ishlasa 3 oy buzuq holatda yotadi. Endi umuman ishlamay qoldi», deya yozmoqda buzuq liftdan aziyat chekaytgan ko‘pqavali uylarda yashayotgan termizliklar.

Va nihoyat so‘nggi maktub ham Surhondaryodan. Sherobodlik Ilyos Safarov yutubdagi diniy mavzudagi kanalga layk bosgani uchun so‘roq qilinayotganini iddao qilmoqda.  Uning so‘zlaridan tag‘in ma'lum bo‘lishicha, yanvar oyida tumanda soqollilar va hijoblilarga qarshi reyd o‘tkazilgan. Asnoda uni ham so‘roq qilishgan, jinoyat ishi ochilib, jarimaga tortilgan.

Va bu hozirgacha so‘nggi maktub edi. Yana bir bor eslatamiz, eltuz portali telegramdagi alohida sahifadir. U erga xatlar uchun maxsus bot o‘rnatilgan. Eltuz kelayotgan shikoyatlar, videomurojaatlar, takliflar va ularga yozilgan javoblarni ham chop qilishga intiladi. Kanalimizga obuna bo‘ling. Agar ko‘rsatuvimizni qo‘llab quvvatlamoqchi bo‘lsangiz super raxmat tugmachasini bosing. Sog‘ bo‘ling.

Tag‘in o‘qing
24 mart 2023
Mana xafta charxpalagi aylanib yana siz qora ko‘zlar bilan birgaman. Tog‘ tog‘ bilan uchrashmaydi.   MS: Odom odom bilan uchrashadi. ...
29 may 2020
Jahonning shodligi yig‘ilsa butun, Do‘stlar diydoridan bo‘lolmas ustun. Ulug‘ demokrat shoir Rudakiyning bu misrlari kimgadir siyqa tuyular, ammo zinhor ...
2 mart 2017
27 fevral kuni Toshkentdagi ko‘p qavatli binoda sodir bo‘lgan yong‘in halokati aks etgan video qo‘yildi. Bunda piyodalar yo‘lagiga parkovka ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...