Asosiy mavzular
15 fevral 2022

Putinning Ukrainaga hujumi 16 fevralga belgilangani ochiqlandi

Avvalroq AQSh ma'muriyati Rossiya Ukrainaga istagan payti, shuningdek Olimpiya o‘yinlari payti hujum boshlashi haqida xabar bergan edi. OAV xabarlariga ko‘ra, prezident Djo Bayden hatto o‘z ittifoqchilariga Rossiya hujumning aniq kuni – 16 fevralga belgilaganini ham bildirgan. Rossiya so‘zchisi Dmitriy Peskov 15 fevral kungi izoxida bu kabi xabarlarni «maniakal informatsion aqlsizlik» deya atashdan nariga o‘tmadi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy esa urush boshlanishi haqidagi xabarni jiddiy qabul qilib ukrainaliklarga televideniya orqali murojaat qildi:

«Ular bizni katta urush bilan qo‘rqitishmoqda va harbiy bosqin sanasini ham belgilashdi. Bu birinchi marta emas. Ammo bugungi davlatimiz har qachongidan ham kuchli.

Biz tinchlikka intilamiz va barcha masalalarni faqat muzokaralar yo‘li bilan hal qilmoqchimiz. Donbass ham, Qrim ham Ukrainaga qaytadi, faqat diplomatiya orqali. Biz birovnikiga tajovuz qilmaymiz, lekin o‘zimiznikidan ham voz kechmaymiz. Bizning buyuk armiyamiz bor. Yigitlarimiz noyob jangovar tajriba va zamonaviy qurollarga ega. Bu sakkiz yil oldingiga qaraganda ancha kuchli armiya.

16 fevral hujum kuni deb belgilashmoqda. Biz buni birlik kuni sifatida qarshi olamiz. Tegishli farmon allaqachon imzolangan. Shu kuni davlat bayroqlarimizni ko‘tarib, ko‘k va sariq lentalarni taqib, birdamligimizni butun dunyoga namoyish etamiz.

Bizda birgina Yevropaga xos istak mavjud: biz erkinlik istaymiz va buning uchun kurashishga tayyormiz. Biz hammamiz baxtli yashashni xohlaymiz va baxt kuchlilarni sevadi.

Putinni Ukraina chegarasiga 150 mingga yaqin qo‘shinni olib joylashtirishga nima undayapti?

Bu haqda ko‘p nazariyalar mavjud.  Aytilishicha,  Putin Sharqiy Yevropada Rossiya ta'sir doirasini qaytadan tiklamoqchi. Bu hududlar asosan sobiq Sovet respublikalari,  jumladan,  hozirgi mustaqil Estoniya,  Latviya,  Litva,  Belarus,  Gruziya va Ukrainani qamrab olgan.  Putin Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin Rossiya ko‘p narsani boy berdi deb tez tez noliydi.  Putin,  shuningdek,  g‘arbga (va ruslarga) mamlakat hali ham super kuch, ba'zi o‘zbeklar yozayotganidek «Rossiya nomer bir»,  ekanligini ko‘rsatishga umid qilayotgan bo‘lishi mumkin. Lekin, unutmang, yadro qurollari, yadro zaxiralari va hududining kattaligi hisobga olinmasa,  Rossiya o‘rtacha qudratga ega derjava. Misol uchun, dunyoning eng yirik iqtisodi bo‘lgan AQShning 2020 yilda YaIM (Yalpi Ichki Mahsuloti) 20, 9 trillion dollarga teng bo‘ldi. Rossiyaning nominal YaIM hajmi esa 1, 5 trillion dollarni tashkil etdi (AQShdan qariyb 14 barobar kam).

Nima uchun Ukraina?

Putin Rossiyaning janubi-g‘arbiy qo‘shnisi Ukrainaning G‘arbga yuzlangani, Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishga harakat qilayotganidan qo‘rqadi.  U Ukrainaning NATO bilan tobora kuchayib borayotgan hamkorligi va yaqinlashuvidan norozidir.  Putin, shuningdek, Kievning Yevropa Ittifoqi bilan aloqalarini rivojlantirishiga qarshi.  Putin uchun eng dahshatlisi Ukrainaning demokratik davlat bo‘lishga intilayotganidir. Ukrainada so‘z va erkin ommaviy axborot vositalarining erkinligi, ukrainlarning o‘z rahbarlarini erkin saylashi Putinga aslo yoqmaydi. Chunki, Rossiya xalqida bunday erkinliklar yo‘q hisobi. Agar rossiyaliklar ham Ukrainadan o‘rnak olsalar,  Putin uzoq umr ko‘rmasligi tayin.  Umuman olganda, Putin o‘tmishni qumsaydigan revizionist bo‘lib, Ukrainani tarixiy Rossiyaning ajralmas qismi (jumladan O‘zbekistonni ham) va uning (ularning) yo‘qolishini Rossiyaning Sovet Ittifoqidan keyingi mag‘lubiyati ramzi deb biladi.

Nega endi aynan hozir?

Putin g‘arbning zaiflanganini sezayotgan bo‘lishi mumkin.  NATO o‘tgan yili Afg‘onistondan sharmandalarcha chiqib ketdi. Jo Bayden Amerika tashqi siyosati va harbiy resurslarini Yevropaga emas,  Xitoyga qaratishini bildirdi.  Shuningdek,  ichki hokimiyatni kuchaytirish,  G‘arbga qarshi siyosatini oqlash,  o‘z hokimiyatida keng tarqalgan korruptsiya va kleptomaniyani oqlash uchun Putin uchun tashqi g‘alaba judayam kerak. Bunday g‘alaba Ukrainaga qilingan birinchi hujumdan keyin Rossiyaning G‘arb sanksiyalari natijasida boshdan kechirgan qiyinchiliklarini oqlash uchun ham zarur.  2014 yilda Qrimni anneksiya qilib,  sharqiy Donbas mintaqasini amalda nazorat ostiga olgandan keyin Putin obro‘si birdan ko‘tarilib ketgandi.

Ayni paytda Ukraina parlamenti – Oliy Rada Ukraina terrorchi tashkilotlar safiga kiritgan  – «LNR» va «DNR» mustaqilligini tan olmaslik haqidagi rezolyutsiya loyihasini qo‘llab-quvvatladi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
6 yanvar 2021
Tinch tururmi bu ko‘hna dunyo, Tinch tururmi dog‘uli zamon… A.Oripov. Koronavirusning yangi shtampi deyilyapti. Bu qanaqasi ekan?! Yangi shtamp ...
30 noyabr 2017
Noyabr oxiriga kelib Mirziyoevning «qishloqlardagi har bir xonadonning tovuq boqishi va limon yetishtirishi»ga imkon yaratishga oid tashabbusi o‘zini oqlamagani ...
7 iyul 2019
«Ozodlik ohanglari» audiokitobi o‘zbek modern she'riyatining asoschisi Rauf Parfi she'rlari bilan ochiladi. «Eltuz» nashri bu kitobdan o‘rin olgan she'rlarni ...
4 iyun 2021
Surxonga nur yog‘di, jonlandi olam, Go‘yo farishtalar bo‘lganidek jam. Otamiz keladir mard tashlab qadam, Surxonga jannatdan shamol yeladi, Ey ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...