Asosiy mavzular
24 noyabr 2022

EP47: Hibsda o‘lgan o‘spirin, botqoqqa aylangan ko‘chalar, shikoyatchilar devorini buzish tahdidi

Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta shikoyatni o‘qib eshittiramiz. Dastlabki shikoyat Samarqanddan.

Hibsga olingan o‘spirin yurak kasalidan o‘lganmidi?

«Assalomu alaykum. Bu murojaatimni albatta chiqaring, iltimos.
Sud-tibbiy ekspertiza sohasida ishlab hozir nafaqaga chiqqanman. Keyingi vaqtda adolatsizlik natijasida jinoyatlar ko‘payib bormoqda. Bu jinoyatlarga ming afsuski mening kasbdoshlarim ham sherik bo‘lishyapti. Buni ko‘ra bila turib jim qarab turolmadim va ushbu murojaatni yozishga majbur bo‘ldim.

Yaqinda IIB xodimlari Farg‘onalik 15 yoshli yigitni qo‘lga olgani va uni voyaga yetmaganlar markazidan o‘ligi chiqqani aytildi.

Samarqanddagi 40 yoshli erkakni o‘limiga tutqanoq sabab deyishdi.

Qarshida harbiy xizmatdagi 18 yoshli yigitni «yurak kasalligi» natijasida o‘ldiga chiqarishdi.
Bu yerda jinoyatni qilgan «DAVLAT MULOZIMLARI» suvdan quruq chiqyapti. Vaziyat shundaki , marhum o‘ldi u tirilib kelib nima bo‘lganini aytib bermasligini hamma biladi. Buni sud-tibbiy ekpertiza ekpertlari belgilab beradi. Keyingi vaqtda ekspertiza hulosasini soxtalashtirish ya’ni militsiya, tergovchi, prokuratura, sud organlari jinoyatni va jinoyatchini yashirish holatlari marhumning oila a'zolari va qarindoshlarining e'tirozlariga sabab bo‘lmoqda. Marhumning jasadini tekshirish (ekpertiza qilish) uchun militsiya yoki tergovchi sud tibbiy ekpertiza ekspertini tayinlaydi.
Ekspertiza hodimlari marhumni qasddan o‘ldirilganini bilsa ham tergovchi (yoki militsiya) aytgan xulosani yozib beradi. Ya’ni sud organlari,prokuratura tergovchisi, militsiya hodimlari o‘zlari jinoiy sheriklarga aylanishadi. Ya’ni bu yerda juda katta pul ustida so‘z bormoqda.
Ekpertiza vaqtida marhumni ichki organlarini xohlagan birini olib almashtirib qo‘yish mumkin.(Bu yerda bir necha ming dollar ya’ni ichki organlar ko‘ra bozorining dastlabki bosqichi to‘g‘risida so‘z bormoqda).Bu narsadan marhumni qarindoshlari xabarsiz qolishadi.
Qarindoshlar o‘likni hurmatini joyiga qo‘yib tezroq oborib ko‘mishni o‘ylashadi.
Endi konkret masalaga o‘tsak, jinoyatni qilgan odam qonun bo‘yicha qamalishi kerak, lekin jinoyatni qilgan odamlar turli yo'llar orqali prokuror, sudyalar hamyoniga eltuvchi kanallarni topib jazodan bebaxra qolishadi. Mana sizga haqiqat.»

“Suv o‘tkazamiz deb yo‘lni botqoqqa aylantirishdi»

“Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri Aralovul MFY Nuroniy ko‘chasidan murojaat qilyapmiz. Shu ko‘chada 1995 yildan buyon yashab kelmoqdamiz. Ko‘chani obod qilish uchun bir necha bor o‘z yonimizdan qum-shag‘al to‘kib, yo‘lni tekislatganmiz. Yoz oylarida ichimlik suv o‘tkazamiz deb ko‘chamizni qazib ketishdi. Avvalambor, ichimlik suv o‘tkazishdek yaxshi ishlari uchun rahbarlarimizga rahmat! Lekin suv o‘tkazgan tashkilotlar yo‘lni rasvo qilib ketgani aholiga qiyinchilik tug‘diryapti. Yoz bo‘yi changdan qiynaldik. Mana, yog‘ingarchilik kunlar ham boshlandi. Piyoda tugul, mashinada o‘tish mahol. Mashinalar botqoqqa botib qoladi. Aholi qiynalmasin, mutasaddilar holatga e'tibor qaratsin!”

“Shikoyatimizdan keyin uyimizni buzishmoqchi!”

“Qashqadaryo viloyati Koson tuman Lolazor MFYdan takror murojaat yo‘llamoqdamiz. Uylarimiz ta'mirtalab ekani, kanalizatsiya, yo‘l, chiroq, gaz muammo ekani haqida murojaat yo‘llagan edik. Murojaatimizda 1982 yilda qurilgan “dom”imiz o‘shandan beri ta'mirlanmagani, xonadonlarimizdan chakki o‘tayotgani haqida arz qilgan edik. Shundan keyin hududimizga mahalla raisi, yo‘l va kadastr idorasi vakillari kelib, yordam berish o‘rniga obod qilib o‘tirgan joyimizni ogohlantirishsiz buzmoqchi bo‘lishdi. Mahalla raisimizdan norozimiz, biror marta hol so‘ramagani yetmagandek, bu gal ham aholi yonini olmadi. Mahalla raisi tuman hokimini payg‘ambarga o‘xshatganini, ochig‘i, qanday izohlashni ham bilmadik. Tuman hokimimiz biz bilan gaplashishni istamayapti. Holbuki, 2 yildan beri murojaat qilamiz. Ushbu masalada hurmatli Prezidentimizdan amaliy ko‘mak kutib qolamiz”.

«To‘rt oydan beri mahallamiz ko‘chasida yurib bo‘lmaydi…»

«Assalomu alaykum! Toshkent shahar Yunusobod tumani Oq tepa mahallasidan murojat yubormoqdamiz.

Mahallamizda kanalizatsiya o‘tqazishdi. Ishlar iyul oydan boshlangan, hamma joyni kavlab tashlashgan, kanalizatsiya yotqizib bo‘lishgandan keyin ustini tuproq bilan yopib ketishgan, ba'zi joylarga ozgina shag‘al tashab ketishgan. Tuppa tuzik asfaltni buzib, o‘rniga yangisini qilmay ketishgan. Hamma joy loyqa, o‘nqir cho‘nqir bo‘lib yotibdi.
Adashmasam smetasiga asfaltlash uchun ham mablag‘ ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak, bilmadim shu orqali pul o‘zlashtirish yangi usulimi yoki boshqa narsami, lekin kavlab ketib shunday tashab ketishlari noto‘g‘ri deb o‘ylayman yoki mahalla fuqarolari o‘zlari qivolishadi deb tashab ketishdimi? 4 oydan beri mahalla ko‘chalaridan yurib bo‘lmaydi!»

“Yerqo‘rg‘on bozori hududi yog‘ingarchilikdan keyin ko‘lmakka aylanmoqda!”

“Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi Yerqo‘rg‘on markaziy dehqon bozori yog‘ingarchilikdan keyin ko‘lmakka aylanadi. Tadbirkorlarga sharoit yaratilmaganini tuzalmas davo deyish mumkin, undan mahalliy mutasaddilar yaxshi xabardor. Lekin negadir “otangga bor, onangga bor” qabilida ish tutishadi. Yerqo‘rg‘on bozori halqaro bozor maqomini olsagina munosib sharoit yaratiladimi? Muttasaddilar davlatimiz rahbari qarorlarini ijro etishsa, yaxshi bo‘lar edi”.

@eltuz

Tag‘in o‘qing
28 fevral 2023
O‘zbek mulozimlari Karimov davrida hozirgidan ancha aqlli ko‘rinardi. Chunki gapirishmasdi. Mirziyoev davriga kelib ularga til bitdi. Qarasak, hammasi o‘qimagan, ...
16 iyun 2016
Farg‘ona viloyatning ta'lim muassasalari direktorlari ikkitadan olishi kerak bo‘lgan “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” shiorining ...
1 noyabr 2021
Toshkentdagi “Hamar” badiiy galereyasi ko‘rgazmalar zalida 1 noyabr kuni taniqli rassom Shuhrat Bobojon asarlari ko‘rgazmasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. “Gilamda ...
23 fevral 2018
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xodimi 23 fevral kuni telefonda «Eltuz» muxbiriga sobiq bosh prokuror Rashidjon Qodirovning hibsga olinmaganini, ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...