Asosiy mavzular
16 yanvar 2023

Feyk «Buxoro» qurmoqchi bo‘lgan vazir, STOP!

Buxoro markazidagi YuNYeSKO himoyasida bo‘lgan bufer zonada multfilm stilidagi feyk «Buxoro» qurilishi haqida tomog‘igacha korruptsiyaga botgan, o‘ris aksarlariga haykal qo‘ydim, Navoiy haykalini chappa qildim, deb, byudjet pullarini vagonlab uxlatgan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Botir Zokirov gapiribdi.

Xuddi qo‘ylarni yemaslik haqida och bo‘ri gapirgani kabi. “Trest-12” degan byudjet kemiruvchi kalamush tashkilot egasini qurilish vaziri etib tayinlashning o‘zi hukumat kadrlar siyosati cho‘kkan botqoq haqida bilgi beradi.

Qadimiy obidalar, shahar va yodgorliklar kushandasi bo‘lgan Botir Zokirov «ertadan buzilish boshlanadi degani emas, hali oxirgi nuqta qo‘yilganicha yo‘q. Bu hozir loyiha taklifi, hali YuNYeSKO bilan kelishish bosqichi bor», deb orqaga qarab siyishni boshlabdi.

Holbuki aynan o‘tkan yil oktyabrda o‘sha paytda Turizm va madaniy meros vaziri bo‘lgan Aziz Abduhakimov va YuNYeSKO tashkiloti qarshi bo‘lganiga qaramay 36 gektar maydonni Enter Engineering deya oti chiqqan shubhali biznesmenga berishga hukumat qarorini chiqarish ortida janob Zokirov turgandi.

Janob Zokirov «hali bu loyiha, darrov buzmaymiz», deb, biz loxlarni ovutmoqchi. Stop. Mana hujjat. Davlat aktivlarini samarali boshqarish va bus-butunligini ta'minlash uchun mas'ul bo‘lgan Davaktiv agentligi Buxoro shahri markazida rejalashtirilgan buzish ishlariga boshchilik qiladi.

Enter Engineering manfaatlari uchun buzish xizmatiga faqat Davaktiv agentligi rahbari bilab birga vazir va zamvazirlardan iborat 23 dona mulozim kiritilgan. (ataylab dona deb yozdim, chunki ular odam emas)

O‘sha yo‘q gaz uchun 4 milliardlik zavod qurgan Enter Engineering feyk Buxoro qurib, aldov bilan turist jalb qilmoqchi. Holbuki 2022 yilning 1 oktyabr kuni YuNYeSKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Sara Noshadi, Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov hamda Buxoro viloyati hokimi B.Zaripov ishtirokida «Buxoro turizm markazi» loyihasi uchun tanlangan yer maydonlari ko‘zdan kechirilganda, Sara Noshadi ushbu loyihani Buxoro tarixiy markazining bufer zonasida qurilishiga printsipial qarshi bo‘lgandi.

Abduhakimov va Noshadi «Buxoro turizm markazi» ni bufer zonadan 1,8 km uzoqlikdagi, «Gulchorbog‘» MFY, Qalqon ko‘chasi yoqasidagi yer maydonida» qurishni tavsiya qilgandi.
Oligarxlar bilan og‘zi bir korruptsionerlar esa vazirga ham, YuNYeSKO vakiliga ham tupurishdi. Gilam osti o‘yinlari qilib, bitta otarchini soha rahbari qilishdi.

Bu eshshakmiya mulozimlarga O‘zbekiston davlatining xalqaro majburiyatlarini eslatib qo‘yish yana Rassom Tuz zimasiga tushdi.

YuNYeSKOning Umumjahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qilish konventsiyasi (1972 yil, Parij) talablariga muvofiq, Buxoro tarixiy markazi va uning bufer zonasida qurilishi rejalashtirilgan har qanday yirik loyihalar YuNYeSKO bilan majburiy tartibda oldindan kelishilishi shart ekanligi belgilab qo‘yilgan.

Konventsiya talablariga muvofiq, YuNYeSKOga kiritilgan tegishli loyihalar tashkilot tomonidan 6 oydan 1 yilgacha muddatda ko‘rib chiqilishi belgilangan.

Bular YuNYeSKO vakili va Madaniy Meros agentligining malakali mulozimlari gapiga tupurib, mavjud konventsiya qoidalarga zid tarzda «feyk Buxoro» qurishmoqchi.

Xo‘sh «feyk Buxoro» quriladigan joy cho‘li biyobonmi?

Madaniy meros boshqarmasining bu boradagi xulosasini o‘qiymiz.
«Buxoro shahrida joylashgan «Buxoro tarixiy markazi» 1993 yilda YuNYeSKO tomonidan Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. «Buxoro tarixiy markazi»ning hududi 216 gektar bo‘lib, uning muhofaza hududi (bufer zonasi) 339 gektar(jami 555 gektar)ni tashkil etadi.

Hozirgi kunda barpo etilishi rejalashtirilgan «Buxoro turizm markazi»ning umumiy maydoni 32,6 gektar bo‘lib, to‘liqligicha Buxoro tarixiy markazining bufer zonasida joylashgan.
Bu yerda Vazirlar Mahkamasining 04.10.2019 yildagi 846-sonli qaroriga asosan Milliy ro‘yxatga kiritilgan 2 ta madaniy meros ob'ektlari bor. Bular, 2012 yilda qayta tiklangan «Sallohxona» darvozasi hamda 1980 yida o‘rnatilgan Abu Ali ibn Sino byusti .»

Bu obidalar buzilib o‘rniga Enter Engineering ko‘nglxushlik markazi quradi.
Stop!!! Hech narsa qurmang Buxoro markazida! Umuman qaramang Buxoro tarafga.
Och nazaringizni tikmang!

Rassom Tuz

@eltuz

Tag‘in o‘qing
1 oktyabr 2018
Senat raisi Nig‘matulla Yo‘ldoshev parlament yuqori palatasining 27 sentyabr kungi yig‘ilishida vazirliklar Senatga bepisand qarayotganini bildirdi. Adolat nuqtai nazaridan ...
12 mart 2024
Andijon viloyati Oltinko‘l tumani   9-maktab yonidagi binoda 12 mart kuni soat ertalabki o‘nga yaqin yong‘in xodisasi sodir bo‘ldi. Rasmiy ...
13 may 2021
(Shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” audiokitobining 26-qismi. Matnni muallifning o‘zi o‘qigan. Audiokitobning boshi va oldingi qismlari “Eltuz”ning “Imperativ” ...
22 may 2016
O‘g‘uzxon nomidagi Turkmanfilm kinostudiyasi boshlig‘i Saparmuhammad Jolliev o‘tgan hafta “ishda yo‘l qo‘ygan kamchiliklari” sababli ishdan bo‘shatildi. Bu haqda Turkmanfilm ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...