Asosiy mavzular
21 mart 2023

EP62: Majlisboz soliqchilar, majburiy obuna va axlatga to‘la ko‘chalar

Salom qadrli muhlislar. Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta shikoyatni o‘qib eshittiramiz. Maktublar O‘zbekistonning Farg‘ona, Namangan, Surxondaryo va Samarqand viloyatlaridan kelgan. Dastlabki shikoyat Farg‘onadan. Davlat Soliq inspektsiyasi xodimlari tungi majlislardan nolimoqda.

DSB boshlig‘i ularning soat tungi 22:00 da yig‘ilishga chaqirgan…

«Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i DSI boshlig‘i o‘rinbosarlari va bo‘lim boshliqlarini tungi 22.00da majlisga chaqirtirgan. Yetarli ish tashkil qilmagan, 1 raqami bilan belgilangan  rahbar va bo‘lim boshliqlari bilan viloyatda gaplashar ekan. O‘zi har kuni soat 19:00, 20:00, 21:00 da Zoomda yig‘ilish o‘tkazishi yoqmay turgan edi. Axir, ishdan tashqari vaqtda yig‘ilishlar qilish taqiqlangan-ku! Vazir, soliq qo‘mitasi rahbarlari Farg‘ona viloyati mas'ullarini tergab qo‘ysa bo‘lardi. Bu ahvolda  ish yurmaydi-ku…»

Keyingi shikoyat namangandan. Tibbiyot xodimlari nashrlarga majburan obuna bo‘lishi kerak ekan:

«Namangan viloyati Pop tumani tibbiyot birlashmasi tizimidan yozmoqdamiz. Yaqinda viloyatimizga Prezident kelib ketdi. Yangi sog‘liqni saqlash vaziri tibbiyot xodimlarini ruhlantirdi. Lekin shunga qaramay, Pop tumanidagi barcha tibbiyot xodimlaridan nashrlarga majburan obuna bo‘lish talab qilinyapti. TTB boshlig‘i yoki bajarasan, yoki ishdan bo‘shaysan deya shart qo‘yibdi. Boshqarma talab qilganmish. Majburiy obuna holatini bartaraf etishlarini so‘raymiz».

Navbatdagi maktub Farg‘onadan. Quva tumanidagi Sultonobod mahallasi turg‘unlari yog‘ingarchilikda ko‘chadan piyoda yurib bo‘lmasligi haqida yozishmoqda:

«Farg‘ona viloyati Quva tumani Sultonobod MFY Kelajak ko‘chasi achinarli ahvolda. “Obi hayot” MChJ yo‘lni kovlab suv quvuri tortgan. Lekin yo‘l ahvolda tashlab ketilgan. Yog‘ingarchilikda ko‘cha botqoqlikka aylanadi, umuman piyoda yurib bo‘lmaydi. Hokimiyat aholi o‘zi ta'mirlasin debdi. Hurmatli tuman mas'ullaridan yo‘l ta'mirida yordam so‘raymiz».

Keyingi maktub Surxondaryodan. Angor tumani Chinobod mahallasi turg‘unlpari. Chiqindilar vaqtida olib ketilmayotanidan shikoyat qilishgan:  

«Chiqindi vaqtida olib ketilmayapti. Ekologiya idorasi holatdan xabardormi?
Surxondaryo viloyati Angor tumani Chinobod mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yo‘l chetida axlatlar yig‘ilib yotibdi.  Qiziq, 2023 yil uchun chiqindini olib ketish bo‘yicha ushbu mahalla bilan shartnoma qilinganmi? Qilingan bo‘lsa, nimaga vaqtida olib ketilmayapti? Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi mas'ullaridan javob va amaliy chora  kutib qolamiz».

Va nihoyat so‘nggi maktub Samarqanddan. Kattaqo‘rg‘onning Yangiobod qishlog‘i turg‘unlari O‘zbekistonning aksariyat qishloqlariga hos kundalik muammolar yotqizilmagan suv quvurlari va simyog‘ochlarga tortilmagan elektr simlari, ta'mirlanmagan bog‘cha binosi haqida yozishmoqda.

«Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani Yangiobod qishlog‘idan murojaat qilyapmiz. Qishlog‘imiz chekkada joylashgani sababli jurnalistlarni chaqirish imkoni yo‘q.
Shu sabab muammoni biz – bolalar o‘zimiz yoritishga harakat qildik. Cuv quvuri tortish uchun qishloq yo‘li qazilgan edi, bir oycha vaqt o‘tsa-da, shu ahvolda yotibdi. Simyog‘och o‘rnatilgan, lekin hali sim tortilmagan. Shuningdek, elektr ta'minoti yaxshilansa, bog‘cha ta'mirlansa, yaxshi bo‘lardi…»

Bu sizga bugun o‘qib eshittirganimiz so‘ngi beshta shikoyat edi. Eslatib o‘tamiz. eltuz portali interaktiv tarzda telegram kanalida alohida sahifa shaklida ochilgan. Murojaatlar uchun u yerga maxsus bot ham o‘rnatilgan. Eltuz kelayotgan shikoyatlar, takliflar va ularga yozilgan javoblarni ham e'tiboringizga taqdim etishga intiladi. Kun davomida biz bilan qoling. Kanallarimizga obuna bo‘ling.  

Eltuz portali

Tag‘in o‘qing
15 dekabr 2020
Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro shahri prokurori Jasur Fozilovning prezident Shavkat Mirziyoevga yo‘llagan videomurojaati tarqaldi. Prokuror bir soatdan oshiqroq vaqt davom etgan murojaatida o‘ziga ...
9 avgust 2018
«- Begjonov! Oxirgi marta qaytaraman, chiqar qo‘lingni! Hozir voyskovoylarni chaqiraman! O‘zingning ham, kameradagi safdoshlaringning ham dabdalasini chiqarishadi, tushundingmi!? Yigitlarga ...
15 mart 2021
Rassom Kirpi
16 mart 2017
So‘nggi vaqtlarda mamlakatda korruptsiya mavzusi faol muhokama etilayotganiga ishora qilgan Kun.uz sayti Kommersant.uz internet nashriga asoslangan holda iqtisodchi ekspert ...
Bloglar
23 may 2023
Din ishlari qo‘mitasi “hajga yuboraman” degan «aprslar» gapiga ishonmanglar, deb, “lo‘xlar”ni ogoxlantirdi. Ammo lo‘x va ...
22 may 2023
O‘zbekistonning o‘risqul hukumati yana bir sanktsiyaga tushgan Ukrainaga qarshi urush aybdorini Toshkentga chaqirib siyladi. Ukrainadagi ...
20 may 2023
Eltuzning dushman emas balki do‘st ekanligini eng birinchi anglab tushunib yetgan ilk rasmiy kishi bu ...