Asosiy mavzular
20 aprel 2023

Maktabdagi korruptsiya, talangan pensionerlar, fermerlar va suvsizlikdan quriyotgan daraxtlar – EP71

Salom qadrli muhlislar. Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta shikoyatni o‘qib eshittiramiz. Maktublar Qashqadaryoning Qarshi, Koson, Samarqand viloyatining Qo‘shrabo tumanlaridan kelgan. Sizga o‘qib eshittirmoqchi bo‘lganimiz dastlabki maktub Qashqadaryoning Qarshi tumanidan. Maktub maktabning korruptsiyaga botgani xususida yozilgan. Unga bir nechta video ham ilova qilingan.

1.

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani 24-umumiy o‘rta ta'lim maktabida dars soatlari qisqarmasligi uchun o‘quvchi soni kamligi hisobiga har yilgi pul yig‘imlarini maktab direktori davom ettirmoqda!

Bu pullarni o‘zi kim so‘ragan ekan?

O‘quv yili davomida umuman darslarga qatnashmagan o‘quvchilarga kundalik.com da to‘liq  baho qo‘yib kelingan va bu ishlar davom etmoqda.

Bu narsalarning hammasiga o‘qituvchilar balogardon!

Bu holatlarni bilib turib ham moliya jim…, prokuratura ham jim…!

Nima emish ularning og‘zi yopiq emish…!

Bu holatlarga prakratura, moliya, deportament beparvo bo‘lsa, unda kim mas'ul?

Yuqoridagi videoda maktab direktorining qo‘rqmasdan o‘qituvchilardan ochiqchasiga pul talab qilishiga qaraganda, tepada katta tankang bo‘lsa, hamma narsa mumkin ta'limda!

(Videodan parcha)

Keyingi maktubni Kolon tumanining Ravot MFY turg‘uni yozgan. Nafaqa pulidan soliq olinadimi deya savol qo‘yadi u

2

Koson tuman  Ravot mahalla raisi N.Boboqulov tadbirkorlikdan chiqib kelganligi uchunmi fuqarolarni unchalik ijtimoiy ahvolini tushunmayotganligi bugun fuqarolarni qiynamoqda…

Nafaqa puliga murojat qilgan fuqarolarni toifaga ajratayotganligi, ijtimoiy ahvoli og‘ir, qiynalgan oilalarga emas ko‘proq o‘ziga to‘q, moddiy ahvoli yaxshi bo‘lgan fuqarolarga boshqacha muomala qilishi, nafaqaga kelgan pensiyadagi nuroniylarni nafaqa pulini soliqga to‘lashga majbur qilayotgani mahalla oqsoqoli degan nomga mos kelmayotganligi uning rais bo‘lib ishlashga noloyiqligini bildiradi. 

Davlatimiz rahbari bugun Nuroniylarni e'zozlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yaratib berilayotgan imkoniyatlar bir chetda qolib, Ravot mfy raisi N.Boboqulovga qo‘shilib xotin qizlar faoli Nargiza ham, hokimiyatdan U. Ochilov ham nafaqaga kelgan keksalarga – bizga kunlik soliq bo‘yicha topshiriq bergan, soliq yig‘masak kechga yig‘ilishga borib gap eshitamiz – deya majburiy soliq yig‘ish bilan ovvora ekanligi bugun Koson tumanida mahallalarda mahalla xodimlarining ish faoliyati izdan chiqib ketganligini, MFY raislari o‘z bilganlaricha ishlayotganligi, fuqarolar qiynalayotganligi, ularning muammolari kundan kunga ko‘payib borayotganligi, raislar esa soliq yig‘ib ochko olish ketidan yurganligi qanchalar to‘g‘ri? Deydi kosonlik pensioner.

Keyingi maktub Samarqand viloyati Minishkor MFY turg‘unlari nomidan maktab direktori ustidan yozilgan.  

3

Assalomu alaykum Eltuz portali jamoasi. Sizlarga Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani Minishkor mfy da yashovchi fuqarolar tomonidan murojaat qilaybmiz. 

Murojaat mazmuni shundan iboratki bizning qishloqda 54-umumiy o‘rta talim maktabi mavjud. Bizning farzandlarimiz ushbu maktabda tahsil oladi, maktabda ta'lim sifati qoniqarsiz, farzandlarimizning kuni maktabga borib kelish bilan o‘tmoqda. Ta'lim uchun jon kuydirish kerak bo‘lgan asosiysi maktab direktori va uning o‘rinbosari o‘zing shaxsiy manfaatlari yo‘lida yuribdi. Yengil yelpi oylik maosh olish, vakant dars soat o‘zlashtirish, o‘qituvchilar nomiga asosiz pul mukofoti yozish va yaqin qarindoshlari (turmush o‘rtog‘i, kelini, kuyovi, qizi)nomiga ishlamasdan oylik maoshi yozib olinishi, maktab xo‘jalik mulklarini talon taroj qilsh va ta'limga oid boshqa qonun hujjatlari buzish bilan ovora. Shu sababli sizdan maktab direktori B. Egamov va uning o‘rinbosari S. Xudoyqulov. M. Ashurov. A. Abduraximovlarnig mehnat faoliyati hamda maktabning oxirgi 3 yilik ta'lim xarajatlari, pul mablag‘larini maqsadiyligi yuzasidan tekshiruv o‘tkazishda amaliy yordam berishingizni so‘raymiz» deya yozmoqda Qo‘shrabotning Minishkor, katta ehtimolda Mirishkor MFY turg‘unlari Eltuz portaliga. 

Keyingi maktub Qashqadaryoning Koson tumanidan. Yeri tortib olingan fermer shikoyat qilmoqda. U oldin ham Eltuz Portaliga murojaat qilgan edi.

4

Men – G‘anisher Ahmedov, Qashqadaryo viloyati Koson tumani Xo‘jaqo‘rg‘on qishlog‘idan takror murojaat yo‘llayapman.

Fermer xo‘jaligida ishlaganman. Mahalliy mas'ullar soxta qaror chiqarib, yerimni noqonuniy olib qo‘ygan. Prokuratura arizamni yuzaki tekshiryapti. Endi esa 30 aprel kungi referendum o‘tsin, keyin hal qilamiz deyishyapti. Hurmatli Prezidentimiz kambag‘alikka qarshi kurashayotgan bir paytda biz ishsizlarning so‘rovimizni inobatga olishmayapti. Holbuki, o‘sha yerda 16 ro‘zg‘or tirikchilik qilar edik. Buning ustiga meni yolg‘onchiga chiqarishyapti. Murojaatim bu gal ijobiy hal etiladi degan umiddaman. 

5

Koson yashashing emas oson. Keyingi maktub ham Qashqadaryoning Koson tumanidan. Suvsizlikdan daraxtlari qurib ketayotgan tadbirkor yozmoqda. 

Men – S. Jumanov, Qashqadaryo viloyati Koson tumanidan murojaat qilyapman. “Har bir yoshga bir gektar yer” loyihasi bo‘yicha ikki farzandimni ishli qilish uchun yer olib ko‘chat ekkanman. Ammo “Agro yashil hudud” korxonasi rahbari bizga cuv bermagani oqibatida yuzlab tup daraxtlarimiz qurib ketyapti. Buning ustiga qarzga botdik. Korxona rahbari quduqdan o‘z maqsadi yo‘lida foydalanmoqda. Yerini dehqonlarga ijaraga bergan. Suv o‘sha ijarachilarga ketmoqda. Holat bo‘yicha hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevdan amaliy ko‘mak so‘rayman. Mutaxassislar yerlar qanchalik maqsadli …

Bu sizga bugun o‘qib eshittirganimiz beshta shikoyatning so‘nggisi edi. Ko‘rsatuvimizga kelayotgan izoxlarda ko‘pincha biz bilan qanday bog‘lanish. Qanday qilib bizga murojaat qilish mumkinligi to‘g‘risida so‘rashadi. Bilmaganlar uchun yana bir bor eslatamiz. eltuz portali interaktiv tarzda telegram kanalida alohida sahifa shaklida ochilgan. Murojaatlar uchun u yerga maxsus bot ham o‘rnatilgan. Eltuz kelayotgan shikoyatlar, videomurojaatlar, takliflar va ularga yozilgan javoblarni ham e'tiboringizga taqdim etishga intiladi. Kun davomida biz bilan qoling. Kanallarimizga obuna bo‘ling.  

Tag‘in o‘qing
18 noyabr 2016
Abdulla Oripovning vafoti xalqimizning sevimli shoiri so‘nggi vaqtlarda norasmiy taqiq ostida yashagani, bundan bir qancha vaqt ilgari «Ozodlik» radiosi ...
16 yanvar 2024
Salom qadrli muxlislar, bugun 16 yanvar Eltuz o‘zining kundalik ko‘rsatuvlarini davom ettiradi. Rossiyada mardikorlik qilgan 35 yashar o‘zbek Shexnazar ...
9 avgust 2019
Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida yashovchi 31 yashar Mirsaid Haydarov ijtimoiy tarmoq orqali axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat ...
13 sentyabr 2018
«Bi Bi Si»ning O‘zbekiston Oliy sudi matbuot xizmatidan iqtibos keltirib yozishicha, sobiq bosh prokuror Rashid Qodirov ustidan sud boshlangani ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...