Asosiy mavzular
15 may 2023

Qochqindi Bekzod Musaev nega vazir kursisida ӯtiribdi?

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Germaniyadan kelgan xalqaro tashkilot vakillari bilan uchrashuvni bekor qildi. Uchrashuv oldindan belgilangan edi. Uchrashuvga bir necha soat qolganida vazirlik xalqaro tashkilot vakillariga chiqib, uchrashuv «otmen» bo‘lganini aytishgan. Bundan oldin Qishloq xo‘jalik vazirligi ham ayni tashkilot vakillari bilan uchrashuvni oxirgi minutda bekor qilgan edi. Referendumda nollashgani ortidan O‘zbekiston hukumati yana o‘z qobig‘iga kirib, dunyodan izolyatsiya bo‘lmoqchimi? Bu savolni ayni tashkilot vakillari Samarqandda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o‘tkazayotgan tadbirda bildirishadi. Tepaga chiqqan zo‘ldirning tezgina pastga qarab yumalab, oldingisidan ham pastga qulay – bu fizika qonuni. O‘zbekiston «paxta boykoti ҷildi, ishim bitdi – eshshagim loydan o‘tdi,» deb o‘ylasa,  qattiq yanglishadi. O‘zbekistondagi vazirliklar, xususan, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomog‘igacha korruptsiyaga botgan. Bu vazirlikning astronomik o‘g‘irliklari haqida O‘zbekiston prezientligiga nomzod Mirziyoev Shavkat bilarmikan? Umuman o‘tmishi qorong‘i bo‘lgan, sal oldinroq iqtisodiy jinoyatlar qilib qochib ketgani ortidan qidiruvga berilgan Behzod Musaev nega yana rahbarlik kreslosida o‘tiribdi? Kimning cho‘ntagi u. Mana bu iqtibos esa xalqaro RFE/RL nashridan:

“Behzod Musaevni ichkarida “Aripovning kassiri”, deyishadi. Musaev IIVda qidiruvda bo‘lgan, aynan talon-taroj uchun. Amerikaga qochib ham ketgan, boshpana ham olgan, deb yozishdi. Lekin Aripov bosh vazir bo‘ldi, oradan hech qancha o‘tmay Musaev ham ishga qaytarildi. Jinoyat ishlariyam, qidiruv ham yopilib ketdi.»

Nega deb birov so‘radimi? Mana biz beramiz shu savolni Behzod Anvarovichga. Muhtaram vazir taniqli yozuvchi Bulgakov asari qahramoni aytgan bir gapni sizga eslatmoqchiman: «Qo‘lyozmalar yonmaydi». Bu kitob o‘zbek tilida ham bor – «Usta va Margarita» deb ataladi. Darvoqe, bu kitob qahramoni Volandning tsirk bufetchisi bilan dialogi ham siz uchun qiziq Behzod Anvarovich! Kitob qahramoni Voland bufetchiga qarab deydi: «Beshta bank hisobida ikki yuz qirq to‘qqiz ming puling bor ekan¸ bundan tashqari uyingdagi pol tagida ham ikki yuz dona oltin tanga yashirgansan. Holbuki sen 9 oydan keyin medinstititut klinikasining to‘rtinchi palatasida rakdan o‘lasan. Bu pullarni xarjlay olmaysan-ku. «

Yaxshi kitob bu. Qolaversa, Shavkat Miromonovich ham vazirlar kitob o‘qisa sevinadi. @eltuz2022

Tag‘in o‘qing
8 iyul 2022
Zebra degan hayvon bor. Eshshakning bir turi. Go‘shti halol bo‘lgani uchun so‘yib yesa bo‘ladi. Zebraning usti oq qora yo‘l ...
14 sentyabr 2018
O‘zbek milliy televideniesida o‘zgarish yasagan 64 yashar jurnalist Dadaxon Yoqubov 14 sentyabr kuni «Ish beruvchilar uchun ariza»si bilan muxlislarini ...
27 sentyabr 2018
«Abdulhamid Cho‘lponni ottirishda faol ishtirok qilgan o‘zbek yozuvchi va shoirlari Abdulla Qahhor, G‘afur G‘ulom va Hamid Olimjon O‘zbekistonda hali ...
30 oktyabr 2021
29 oktyabr kuni Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanlararo fuqarolik sudida shoir Yo‘lchi Ro‘zievning O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Yusmonovaga qarshi ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...