Asosiy mavzular
21 iyun 2023

Rassom Tuz: Turdimovga turtki

Dunyodagi ilk boshqaruv tizimi g‘or davrida bo‘lgan. Qabila oqsoqoli qo‘tosni ushlay olmay qochirib yuborgan ovchining o‘zini qoziqqa o‘tqazib, gulhanda tovlab, pishirib yegan.
Qoplonning oshlangan terisi ustida o‘tirgan qabila boshlig‘i bir vaqtning o‘zida ham sud va ham jallod vazifasini bajargan. Undan keyingi quldorlik va feodal jamiyatlarda ham tutum o‘zgarmadi. Xon, sulton yoki hokimning aytgani aytgan, degani degan bo‘ldi.
Bundan uch yuz yilcha avval dunyoning iqtisodiy rivojlangan davlatlari, xususan Britaniyada tutum o‘zgara boshladi. Jazo beruvchi va ijro etuvchilar ayrildi. Yakkahokimlik yomon menejment sifatida o‘zini qudratlar ayriligi degan sistemaga bo‘shatib bera boshladi.
Bu haqda sal keyin to‘xtalib, bugungi yap-yangi O‘zbekiston realligiga qaytsam. Mana baland minbarda Samarqand hokimi Erkinjon Turdimov o‘tiribdi. U baland ovozda: «Obkel aybdorni», deydi. Shotirlar bo‘lsa, yugurib borib, Payariq elektr idorasi rahbarini olib kelib, hokim oldida tiz cho‘ktirishadi. «Prokuror qama buni», deydi hokim. Yana «palonchi ham tekshirib jazolasin», deydi.
Turdimov xuddi g‘or davrida oshlangan hayvon terisi ustida o‘tirib, qo‘tosni ham ovlay olmagan ovchini jazolagan qabila boshlig‘i kabi, elektr idorasi xodimini jazolab o‘tiribdi. To‘g‘ri sal farq bor. Turdimov boshiga tustovuq parlaridan toj kiyib, bo‘yniga bo‘ri tishlaridan bo‘lgan marjon osib olmagan. Elektr idorasi rahbarini ham to‘rtta barzangi oyoq qo‘lidan tayoqqa ilib olib kelmadi. Elektr idorasi rahbarini gulhanda shashlik qilib pishirib, Samarqand viloyat halq deputatlari kengash ahli talashib tortishib, yegani ham yo‘q. Ammo mazmun va tutum g‘or davridagi kabi. Aynan. O‘zim – xon, ko‘lankam – sulton.
«Obchiqib kalllasini oling», degan shakldagi mo‘dadan qolgan boshqaruv. Aslida, hokim – bu ijro hokimiyati vakili. U – yagona rahbar emas, uchta rahbarlik butog‘idan biri. Normal jamiyatda bu “qudratlar ayriligi” deyiladi.
Qudratlar ayriligi. Nima degani u? Bu – uchta davlat butog‘ining bir biridan mustaqilligi degani. Parlament qonun chiqaradi. Unga qarab prezident “palon qonunni chiqar yo vovilla”, deya olmaydi. Prezident va hokimlar ijro hokimiyati sifatida parlament chiqargan qonunlarni bajaradi. Uchinchisi esa sud hokimiyati. Bu ham mustaqil bo‘ladi. Hokim sud raisiga “palonchini qama”, deya olmaydi. Buni yonida to‘rtinchi hokimiyat, ya'ni erkin matbuot bo‘ladi. Davlat boshqaruvi diniy va milliy omildan xolidir. Shu mexanizmni oti – demokratiya. Germaniya, Shveytsariya shunday boshqariladi. Shuni ortidan farovonlik va haqiqiy adolat qaror topgan.
Xo‘sh, boshqa qanday format bor? Bu formatni sizlar har kuni ko‘rib turibsizlar.
Mabodo GFR kansleri Oliy sud raisiga telefon qilib: “Pistiyonchini qama,” desa, osmon uzilib yerga tushadi, yer yorilib qo‘ziqorin chiqadi.
Frantsiya prezidenti borib, shahar markazidagi binoga qarab, «buni buz» deya olmaydi. Desa, darrov ishdan ketadi.
Endi manzarani O‘zbekiston misolida ko‘rsak.
Hokim sud raisiga “qama” deyapti, sud qamayapti. Bosh vazir esa “shahar markazidagi binoni buz” desa, darrov buldozer kelib buzmoqda. Yaqin yaqingacha shahar hokimi (ijroiy hukumat) parlamentga kirib, o‘zini oyna romini monopoliya qiluvchi qonun chiqarib o‘tiruvdi.
Eng yomoni bularni ichida hokim. Agar u to‘daga qarab, bo‘q yeng, desa, poda “urra” deb, bo‘q yeyishni boshlab yuboradi. U oq rangli qog‘ozni “qora” desa, hamma “qora” deydi.
Bunaqa paytda o‘rtaga to‘rtinchi hokimiyat chiqadi va “janob hokim bu qora emas oq”, deydi. “Bo‘qni ichida milliardlab kasal lichinkalar bor, yesang o‘lasan,” deydi.
Unga qarab na hokim va na parlament raisi va na sudya “og‘zingni yum” deya olmaydi.
Buni, azizlar, “demokratiya” deyishadi.
Xullas, demokratiyada quvvvatlar ayrilgani uchun dunyoning 180 davlati rafoq ichida yashayapti. Mafkura totalitarizmi o‘rnatilgan yakkahokim davlatlar esa ichdan chirib ketgan.
Qissadan hissa shuki, demokratiyadan yaxshiroq boshqaruv tizimi yo‘q. Quvvatlar ayriligi demokratiyaning umurtqasidir.
Turdimov o‘tirgan o‘rnidan turib, turtilib surtilib bo‘lsa ham, shu gaplarni mag‘zini chaqsin. Qo‘lidagi smartfon 21 asrga oid. Miyasi esa eramizdan oldingi Denis odamining miyasi kabi tormozlangan.

Rassom Tuz.

Tag‘in o‘qing
18 yanvar 2017
Turk matbuotiga ko‘ra Masharipovning O‘zbekiston vatandoshi ekanligini rasmiy Toshkent tasdiqlagan. O‘zbekiston tarafiga ko‘ra, Masharipov qidiruvda bo‘lgan. Turk politsiyasiga ko‘ra, ...
23 mart 2017
Rossiyalik mashhur xonanda Boris Grebenshikov yaqinda qamoqdan chiqqan jurnalist, Muhammad Bekjonga maktub yo‘lladi. Eltuz muxbiri bilan suhbatda sobiq siyosiy ...
17 avgust 2018
Bir kishilik kameraga tashlangan jurnalist Muhammad Bekjon mahbuslar bilan ventilyatsiya tuynugi orqali ilk bor «aloqaga chiqqan» kuni haqida hikoya ...
Bloglar
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...
10 oktyabr 2024
Yuksalish maktabining gender ayirmachilikka asoslangan boshqaruvi haqidagi maqolaga o‘quvchilar ikki xil munosabat bildirdi. Bir suruv ...