Asosiy mavzular
9 avgust 2023

Toshkentda somonxona – Qashqadaryoda transformator yondi – EP90

Salom qadrli muxlislar. Eltuz portaliga kelgan so‘nggi beshta maktubni o‘qiymiz. Ular O‘zbekistonning Buxoro, Samarqand, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlaridan kelgan.

Dastlabki maktub Buxorodan. Maktub egalari hususiy o‘quv markazi yoshlarni majburiy mehnatga jalb qilganini iddao qilmoqda.

«Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidan yozmoqdamiz. “Karako‘l Edyukeyshn” nomli xususiy o‘quv markazi ma'muriyati bilim olish uchun kelgan yoshlarni majburiy mehnatga jalb qildi. Turli hududlardan kelgan bolalarni majburiy ishlatish qonunga zid emasmi? Bolalarni kaltaklash holati ham bor degan gaplar yuribdi. Mutasaddilar tekshirib, tegishli chora ko‘rishini so‘raymiz».

Keyingi shikoyat Zangiota tumanidan. Maktub egasi Orient Finans bank filialidagi holatdan shikoyat qilmoqda.

«Assalomu alaykum Orient Finans Bank Zangiota filialidagi ahvol. 3 ta kassadan 1 tasi ishlayapti. 1 soat bo‘ldi kelganimga. Kredit to‘lolmayapman», deya yozadi bank mijozi.

Keyingi maktub Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanidan, yong‘indan jabr ko‘rgan xonadon egasi daraxtlari, molxona va somonxonasi yonib ketganini aytmoqda  

«Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi fermer xo‘jaligida yong‘in  ro‘y bergan. Bunga esa bug‘doydan bo‘shagan yerga o‘t qo‘yilgani sabab bo‘lgan. Yong‘in natijasida ko‘plab daraxtlar nobud bo‘ldi, xonadonlardan birining katta molxonasi va somon bog‘lami yonib ketdi. Yer maydonlarini yoqish taqiqlangan. Bu ham ekologiya, ham yong‘in xavfsizligi talabiga zid. Ammo bunga aybdor fermer zararni qoplab bermasligini aytmoqda. Vakolatli idoralardan zararni undirishda ko‘mak so‘raymiz».

Qashqadaryoda esa bozordagi transformator yonib ketdi, maktub egasi mahsulotlari issiqda aynib qolganini yozmoqda.

«Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani dehqon bozoridan murojaat yo‘llayapmiz. Dehqon bozori hududida do‘konlar ko‘p, lekin ularga atigi bitta transformator xizmat ko‘rsatib kelmoqda. U ham har yili 4-5 marotaba yonib ketadi. Mana, bir necha kundan buyon bozorda chiroq yo‘q, mahsulotlarimiz issiqda aynib qolmoqda.

Bu haqda elektr energiyasi korxonasiga murojaat qilsak, bozor bizga qaramaydi deyishdi. Bozorda do‘konlar shunchalar ko‘payib ketganki, ularga elektr energiyasi yetkazib berish oson bo‘lmayapti (darvoqe, ularning hammasi qonuniymikan?) Oqibatda elektr energiyasi ta'minotida zo‘riqish kuzatilmoqda. Biz – tadbirkorlar, bozorimizda bir emas, bir nechta transformator o‘rnatishlarini so‘raymiz».

Va nihoyat so‘nggi maktub Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanidan. U yerda ariq to‘sib qo‘yilgani bois suvsizlikdan aholining ekinlari qurimoqda.

«Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Oltinchi brigada” aholisi nomidan yozmoqdamiz. Bizga keladigan ariq  teng ikkiga bo‘linadi: 5 va 6-brigadaga. Oldindan shunday bo‘lib kelgan. Ammo “Beshinchi brigada”da  joylashgan fermer bizga keladigan ariqni katta beton bo‘lagi bilan to‘sib, suvni o‘tkazmayapti. Bu masalada hokimiyatga ham bordik, lekin foydasi bo‘lmadi.  Fermer aslida paxta dalasini tomchilatib sug‘orishi kerak edi. Aholi ekinlari qurimoqda. Bu yoqda soliq ham to‘lashimiz kerak. Suv ta'minotini tiklab berishlarini iltimos qilamiz. Deya yozadi suvsizlikdan qiynalayotgan Kattaqo‘rg‘onning oltinchi brigadasi turg‘unlari».

Bu sizga bugun o‘qib eshittirganimiz beshta shikoyatning so‘nggisi edi. Ko‘rsatuvimizga kelayotgan izoxlarda ko‘pincha biz bilan qanday bog‘lanish. Qanday qilib bizga murojaat qilish mumkinligi to‘g‘risida so‘rashadi. Bilmaganlar uchun yana bir bor eslatamiz. eltuz portali interaktiv tarzda telegram kanalida alohida sahifa shaklida ochilgan. Murojaatlar uchun u yerga maxsus bot ham o‘rnatilgan. Eltuz kelayotgan shikoyatlar, videomurojaatlar, takliflar va ularga yozilgan javoblarni ham e'tiboringizga taqdim etishga intiladi. Kun davomida biz bilan qoling. Kanallarimizga obuna bo‘ling.  

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
27 iyun 2017
HRW va «O‘zbekiston Germaniya Forumi»ning “Biz paxta terimidan voz kecha olmaymiz” nomli hisobotda O‘zbekiston hukumati 2015 va 2016 yillarda ...
15 dekabr 2020
Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro shahri prokurori Jasur Fozilovning prezident Shavkat Mirziyoevga yo‘llagan videomurojaati tarqaldi. Prokuror bir soatdan oshiqroq vaqt davom etgan murojaatida o‘ziga ...
8 fevral 2019
Aytaylik, g‘orda yashaydigan ibtidoiy odam yoniq turgan televizorni ko‘rib qoldi. Uning ilk reaktsiyasi qanday bo‘ladi? Albatta, dastasi yog‘och tosh ...
21 may 2019
Samarqand viloyatining Tayloq tumanida yashovchi 60 yashar bog‘bon Norqul Hotamov turar joy va issiqxonalardan iborat ko‘chmas mulklarini tumanning sobiq ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...