Catira
5 oktyabr 2023

Gaz, uy-joy ta'minoti va bolalar shifoxonasidagi navbat – EP100

Eltuz portaliga kelgan navbatdagi beshta shikoyat maktubini o‘qiymiz. Ular O‘zbeistonning Jizzax, Andijon, Toshkent, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridan kelgan.

Dastlabki maktuz Jizzax viloyatining Zomin tumanidan:

“Jizzax viloyati Zomin tumani Chilonzor mahallasi 10-sovxozdan yozyapmiz. 2013 yilda bizning qishloqdagi gaz quvuri kesilib, noqonuniy sotilgan. Shundan beri gaz yo‘q. Berilayotgan suyuq gaz faqat ovqat pishirishga yetmoqda. Chiroq esa isitishga mo‘ljallanmagan. Bizning hududga ham tabiiy gaz taminoti tiklanishini so‘raymiz. Yonimizda, 2 km naridagi Dashtobod shahrida gaz bor…” deya shikoyat qilmoqda Zomin tumani turg‘unlari.

Shu o‘rinda yana bir bor tabiiy gazga kon O‘zbekistondagi hukumat amaldorlar tabiiy gaz nazoratini Rossiya va Xitoyga topshirib xalqni o‘z boyligidan mahrum qilayotganiga jamoatchilik e'tiborini qaratamiz, zotan bu millat manfaatlariga hiyonat deya ataladi.

Navbatdagi shikoyat Andijondan. Uy quruvchi shirkat aholini aldab pul yig‘ib olgani iddao qilinmoqda.

«Assalomu alaykum Eltuz! Juda ko‘p xalqni dardi va muammolari hal bo‘lib kelmoqda. Sizlarga murojaat qilishimdan maqsadim, biz Andijon viloyati Marxamat tumanidan murojaat qilmoqdamiz. Biz Marxamat tumani turon mfy mustaqillik ko‘chasida qurilayotgan  «Imorat qurilish ta'mirlash» MChJGA  qarashli ko‘p qavatli uyning 3-qavatidan olgan edik. Menga sotuv bo‘limida Umid degan bola tezda to‘lovlarni qilishim bo‘yicha telefon qilib to‘lashligimni aytib o‘tdi. Men hamma to‘lovlarni to‘ladim, hattoki «Marhamat bugun» telegram kanalida bergan e'lonida ham kadastr hujjatlari tayyor deb e'lon berilgan. Bizga ham  Umid tayyor deb, hali yo‘q  kadastriga 7 mln pul ham to‘latgan. Yana 5-etaj o‘rniga uchinchi etajdan kvartira qilib beraman deb ham 500 $-shapkasiga pul ham so‘ragan. 1-etajdan 3-etajgacha tuman Hokimligi hodimlari olib bo‘lgan, lekin 1 ta xonadon qilib beraman, degan va 3-etajga shartnoma qilganmiz.  500 $ puldan 2 mln olgan lekin hozirga kelib, uyni sotuvga hujjatlari tayyor emasligini aytib subsidiyalaringiz kuydi deyapti. Subsidiyamning muddati 30-sentyabrgacha. Lekin bularning asl maqsadini tushunmayapmiz. Uy joy masalasi bo‘yicha muhtaram Prezidentimiz aytgan gaplari faqatgina Toshkent shahrida qolib ketyaptimi? Andijon viloyatida bularni nazorat qiladigan tashkilot bormi? Bo‘lmasa ertaga Toshkentga yo‘l olishga majburman. O‘zi oylikdan oylikka zo‘rg‘a yetsak, subsidiya 1 marta berilsa, bu boyvachcha quruvchilar yana topshirasiz, chiqadi subsidiya deb lag‘mon ilmoqda. Kambag‘alni otni ustida ham it qopadi degani shuda. Menimcha, bu quruvchi subsidiya deb, pulni olib kuttirib xalqning pulidan foydalanmoqchimikan? Aynan shu domga shartnoma qilib to‘lovlarini to‘lab subsidiyasi kuyganlar bitta men emasman. Bu quruvchi shartnomani qivolib vaqtimni olib boshqa joydan ham uy ololmayotganimga sababchi bo‘ldi. Mening murojaatim O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yordamchisi Saida Shavkatovnaga yetib borishida amaliy yordam berishingizni so‘rayman.» deya yozadi puliga kuyayotgan andijonlik uy haridori

Navbatdagi maktum Qashqadaryoning G‘uzor tumanidan. Tuman shifoxonasi bolalar bo‘limida kasalga chalingan bolalar ota onalari bilan birga 2 soatdan beri kutib qolishganidan shikoyat qilishmoqda. Ular Eltuz portaliga jo‘natgan videomurojaatlarida shifokor va hamshiralarning o‘z ishiga mas'uliyat bilan qarashini talab qilishmoqda.

Keyingi maktub Toshkentdan. Olmazor tumanidagi Qora qamish 1-ko‘cha «Oqtepa lavash» oldida joylashgan piyodalar o‘tish yo‘lida «Kelesning Damas» marshrutkalari to‘xtamasdan o‘tib yuribdi.

«Bu bo‘yicha Olmazor tuman hokimligi va Obodlashtirish boshqarmasi Toshkent shahar «gai»si, ko‘cha nazoratchisiga xabar berganimizga 3 oy bo‘ldi. Afsuski chora ko‘rishmiyapti. Xavfsiz hudud tashkil qilinmagan, yo‘llarning asfalti to‘liq bitmagan. Maktab boshlangandan beri bu Kelesning damaslari 3 ta bola va 3 ta yoshi katta odamni urib ketdi. Chora ko‘rib berishsin. Hatto ko‘cha nazoratchisiga ham. Olmazor tuman hokimligi obodolashtirish idorasi haligacha chora ko‘rmadi. Olmazor tuman hokimligi ishlaydimi o‘zi?!» deya yozadi Qoraqamish turg‘unlari.

Va nihoyat so‘nggi maktub Surxondaryoning Termiz shahridan. U yerda qurilgan 16 qavatli uylar aholi talabiga javob bermaydi. Podvallarni suv bosgan. Liftlar tez tez buzilib turadi. Zilzilaga bardoshligi ham shubha ostida.

“Surxondaryo viloyati Termiz shahridan murojaat yo‘llayapmiz. 16 qavatli uylar  talabga javob bermaydi. Podvalni suv bosgan, liftlar tez tez buziladi. Uy qurilishiga faqat “brak” materiallar ishlatilganmi? Holbuki, aholi uylarni kreditga, subsidiyaga olib, qarzini to‘lab kelmoqda. Turkiyada yil boshida ro‘y bergan zilzilada ko‘plab binolar qulab tushdi. Hududimizdagi uylarning seysmik chidamliligini nazoratga olishlarini so‘raymiz” deya bildiradi Eltuz obunachisi. Murojatga video ilova qilingan.

Bu sizga bugun o‘qib eshittirganimiz beshta shikoyatning so‘nggisi edi. Ko‘rsatuvimizga kelayotgan izoxlarda ko‘pincha biz bilan qanday bog‘lanish. Qanday qilib bizga murojaat qilish mumkinligi to‘g‘risida so‘rashadi. Bilmaganlar uchun yana bir bor eslatamiz. eltuz portali interaktiv tarzda telegram kanalida alohida sahifa shaklida ochilgan. Murojaatlar uchun u yerga maxsus bot ham o‘rnatilgan. Eltuz kelayotgan shikoyatlar, videomurojaatlar, takliflar va ularga yozilgan javoblarni ham e'tiboringizga taqdim etishga intiladi. Kun davomida biz bilan qoling. Kanallarimizga obuna bo‘ling.  

OtvetitOtvetit vsemPereslat
Tag‘in o‘qing
18 may 2016
Farg‘ona viloyatidagi bog‘chalardan birining bog‘cha opalari bugun yengil tin olishdi. Axir bir oy qurt boqishni o‘zi bo‘ladimi? Erta tongda ...
21 mart 2023
Gazeta. Uz nashri tagi o‘zbekistonlik Ukraina qochqinlari Germaniya boshkenti Berlinda restoran ochdi «mazasi yaxshi» deb yozgani uchun bu yemakxonani ...
2 fevral 2017
Mirziyoevning “Har bir xonadon 100 tadan tovuq boqishga majbur” degan bayonoti turlicha talqin qilinmoqda. Qoraqalpoqqa safari chog‘ida u tag‘in ...
1 fevral 2021
O‘zbekistonda 500 dan ziyod tovarning davlat xaridi taqiqlandi.  Taqiq ro‘yxatiga xorijda ishlab chiqarilgan tovarlar,  masalan,  avtomobillar,  konditsionerlar,  muzlatgichlar,  televizorlar,  ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...