chorshanba,
18 dekabr 2024
7 oktyabr 2023
Kosonning 20 ming aholisi ekin yerlari suvsiz qoldi
Avgust oyida Qashqadaryo viloyati Koson tumanidan o‘tgan katta kanalning Guvalay qismi tuproq bilan yopib quyilgan. Buning oqibatida 20 mingga yaqin kosonliklarning yerlari butunlay suvsiz qolgan, kechgi ekinlarning hammasi qurib qolgan.
«Qishloq xo‘jaligi vaziridan so‘rab qolamiz, suvni hammaga birday taqsimlab bersin. Kanalni loy bilan to‘ldirganlar uni o‘z hisobidan tozalab bersin,» deb yozdi suvsiz qolgan kosonlik Eltuzning telegram messenjeriga.
Eltuz rasmiylardan nima uchun kanal berkitilgani yuzasidan izoh kutadi. Videolarimizga layk bosishni, qo‘ng‘iroqcha tugmasini bosib obuna bo‘lishni unutmang.