Catira
10 yanvar 2024

Ukademik unvoni qanday olinadi?

O‘likni yuvg‘uchi yuvsin, yemakni oshchi pishirsin, qo‘yni qassob so‘ysin, ilmni olim qilsin. Akademik olamdagi nosog‘lom muhit haqqinda gapirish uchun etigimni kiyib o‘rnimdan turdim. Esingizda bo‘lsa bir necha oy oldin bir amaldor olimni tanqid qildik. Mana yaqinda u akademik bo‘ldi. Mardlarcha uni qutladik, shu zafarga munosibdirki yutuqqa erishdi dedik. Biz bu masalaga keyin qaytamiz dedik, bratning xatolari bo‘lsa yana tanqid qilamiz dedik. 

Mayli, u olim hozir yuragini changallamasin. Masala boshqa. Rassom Tuz odil, haq bo‘lganning haqqini yerda qoldirmaydi. Bizni shu akademiya saylovidan keyingi boshqa mashmashalar qiziqtiradi. 

Davlat bova 66 o‘rinli kvota ajratdi. Tasdiqlangan nomzodlar yesa 16 kishi bo‘ldi. Avvalo ularni bu bilan qutlaymiz. Endi bizni o‘ylantirgan og‘riq tishlarni aytmasak bo‘lmas. Ayrim nomzodlarning yutuqlarini ikki og‘iz e'tirof qilish vijdonimiz amri. Akademiklar orasida Dilfuza Egamberdievaga nega o‘rin topilmadi? Uning indekslari Scopus indeksi h=47; Web of science degich platformada h=43; Google Scholar h=57; RG h=54! Tushunmaydiganlarga soddaroq qilib aytadigan bo‘lsak bu dunyo tan olgan reytinglar, bunday yuqori indeksga erishish juda qiyin. Dilfuza erishdi, uddaladi. Lekin bu olima e'tibordan chetda qoldi. 

Yana bir qahramon olima – Shahlo Turdiqulova. U ham nomzodlar orasida bor. Opa qo‘rqmadi, ikkilanmadi, shartta akademiya tanloviga hujjat topshirdi. Chunki Turdiqulova xonim PTsR testini ishlab chiqishda yetakchi edi. Test bilan cheklanmay, kovidga vaktsina ham chiqarishda jonboz bo‘ldi. Butun insoniyatni azoblagan virusga qarshi kurashda jahon olimlaridan ortiq bo‘lsa bo‘ldi, kam bo‘lmadi. Shu olimaga 66 kvotadan bitta joy topilmadi. 

Bizning akademik rektorimiz Shuhrat Sirojiddinovning Hirsch Indeksi 1. Agar chet ellik olimga Hirsch indeksi 1 bo‘lgan odam bizda akademik bo‘ldi desam, yotib olib kuladi. Shu orada pedagog Barno Abdullaeva bir baxtimni sinay, akademik bo‘lsam peshonamdan deb hujjat topshirdi. Uni munosib ko‘rishmadi. Opani ilmiy ishlar fabrikasi qilgan deyishyapti. Tuz og‘angiz bu gapga emas, boshqa masalaga urg‘u bermoqchi. Barnoni vaj qilib butun boshli pedagogikani yopish kerak deya yeng shimarib, ishtonbog‘ini mahkam tutib yugurayotgan alamzadalar asl muammo. Butun dunyoda bor bir fan tarmog‘ini senlarning gaping bilan yo‘qotish kerakmi shunda? 

Mayli, ilmiy ishlarni yaxshilab tekshirish, pichoqqa yaramaydiganini yo‘q qilish. Tekshirishni eplolmaymiz, fan tarmog‘ini yopaylik deyishasan. Fan tarmoqlari otangdan meros qolgan bog‘dagi daraxtmi? Yoqmaganini ayamay chopvorishasan! Azaga kelgan xotin dardini aytib yig‘larmish. Pedagogika bahona boshqa ijtimoiy fandagi “jonbozlar” g‘imirlab qoldi. Yotib qolguncha otib qol yoki qo‘rqoq oldin musht ko‘tarar bo‘lyapti buyog‘i. Uloqqa qo‘shsang changi chiqmas kimsalar nomidan dushman bellagan olimlariga gapirib, gapirib olishyapti. Yoqmaganini urib qochyapti, zo‘riga tosh otyapti. 

Bir narsa aniq – hasadchi mikroskopda atrofni kuzatadi. Bu vaziyatda Tuz og‘a nima deyishi mumkin, yana nima sirlarimni ochishi mumkin deb maqolani olazarak bo‘lib o‘qib o‘tirishibsanlar hozir. Senlarga aytar gapim Qahhordan o‘zlashma: ilm degani atom bo‘mbadan kuchli. Shu kuchingni be'mani sarflab yurma. Bo‘ladigan ishni qil, olimmisan ilmingni qil. Tusmol tavakkal bilan etagingga qarab fol ochib, biror fanni yopaman dema.

 Ayb topishni esa Tuz og‘angga qo‘yib ber. Dilfuza Egamberdievadan, vaktsinachi opadan o‘rnak ol. Ketini uzmay izlan, o‘ylan. Soya bo‘lma nur bo‘l. 

Matchon suqilish: Fanda o‘rni yo‘q, lavozimidan foydalanib turli yo‘nalishdagi tayyor ishi bilan kelgan ilmiy shifri turlicha tadqiqotlarga rahbarlik qilgan va xirsh indeksi o‘ta past odamga qanday qilib akademik unvoni berildi? E nima qipti? Ilmiy ishim suvda oqib ketdi – degan qiz Phd olganda rektor odam akademik bo‘lmasinmi? Yiqqan – terganini ilmga sarflabdi-ku!

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
2 aprel 2016
Bu albatta bir xazil maktub, masalaning jiddiy tomoni, «VimpelCom” chindan ham feyk-hisobotlar uchun Gibraltarda ro‘yxatga olingan Gulnora Karimovaning bank ...
25 noyabr 2017
Andijon shahri hokimi Dilmurod Rahmatullaev 20 noyabr kuni ta'lim tizimi xodimlari bilan o‘tkazgan majlisida o‘qituvchilarga «oylik berishning yangi sharti»ni ...
7 oktyabr 2022
Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana xafta aylanib siz bilan birgaman. Kuz kelib to‘y-to‘ychiq ko‘paygan payt… MS: Tuz ...
8 iyun 2016
O‘zbek telekanallaridan ko‘rib bildikki, sportda ham yutuqlarimizning son-sanog‘i yo‘q ekan. Telekanallarning bu sohaga e'tibori ham zo‘r. Axir sportimiz erishayotgan ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...