Asosiy mavzular
14 may 2024

Ifloslangan ariq, imtiyozsiz pedagog va fermerlar

Anorbank mijozi muammosi yechildi, imtiyozdan marhum oq oltinlik fermerlar g‘azabda, denovda kanalizatsiya axlati ariqqa oqizilmoqda, g‘uzorliklar esa hokimning loy bosgan ko‘chada yashashini talab qilishmoqda.

Eltuzga yo‘llangan co‘nggi 5 ta maktub O‘zbekistonning Farg‘ona, Qashqadaryo, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlaridan kelgan. Xatlar oqimi hamon davom etmoqda, muammolar echimini ta'minlash, shuningdek kanalimizning alohida sahifasiga kirib privatga o‘tkazilgan videolarni  ko‘rish uchun Eltuz kanaliga obuna bo‘lish, layk bosish kanalni qo‘llab quvvatlash tavsiya qilinadi va biz xatlarni o‘qishda davom etamiz.

Xatlar navbatini Anorbankning o‘z mijozi shikoyati yuzasidan yozgan rasmiy munosabatini o‘qishdan boshlaymiz.  

“2024-yilning 13-may kuni Eltuz instagram sahifasida  e'lon qilingan post bo‘yicha ANORBANK quyidagilarni ma'lum qiladi:

•  Mijozning kredit olish uchun garovga qo‘yilgan avtomobili 13-may kuni taqiqdan chiqarildi. Buni tasdiqlovchi notariusdan olingan tegishli hujjat bank tomonidan havola qilinmoqda.

•  ANORBANK’ning Farg‘ona ofisi rahbari Zokirjonov Sardorbek mijoz bilan ko‘rishib, ayni damda masala hal qilingani va mijozning bank xodimlariga hech qanday e'tirozi yo‘qligini ma'lum qildi. Mijozning bu haqda bankka yozma tarzda taqdim qilgan arizasi ham havola qilinmoqda.

Muammolarning hal bo‘lishi bank xodimlari uchun ham, ularning mijozlari uchun ham quvonarli holdir. Lekin tuman hokimi g‘uzorliklar talabini bajara oladimi. Ular tuman hokimi va uning oilasi loy bosgan ko‘chada yashab ko‘rishini talab qilishmoqda.

«Assalomu alaykum Eltuz og‘a.

Quyidagi fotolavhada Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani Amir Temur MFY Nurobod ko‘chasining hozirgi ahvoli aks etgan.

Bunga sabab Yangi O‘zbekistondagi islohotlar negizida G‘uzor tuman hokimi B.Suyunovning pozitsiyasi. Ya'ni o‘zi shundog‘am asfalt ko‘rmagan ko‘cha suv quvuri o‘tkazish uchun kovlab quvur yotqizib shunchaki ko‘mib ketilgan.

Bu yerda mollar yashaydi deb o‘ylasa kerak hokim janobi oliylari. Ko‘rib turganingizdek, na mashina, na odam, na hayvon bu yo‘llardan yura oladi. Bu quvurchilar kirgan har bir ko‘cha ortida mana shunday vayronagarchiliklar qoladi.

Islohot degani shu bo‘lsa bizga bunaqa islohot kerak emas eski O‘zbekistonimiz yaxshi edi. Tuman hokimi oila a'zolari bilan ushbu ko‘chaga kelib 1 hafta yashab ketishlarini talab qilamiz yoki tez fursatda ko‘chamizni asfaltlab berishlarini so‘raymiz!» deya talab qilishmoqda g‘uzorliklar.

Keyingi murojaat Sirdaryolik fermerlardan. Ular barcha fermerlar bir xil imtiyozga ega bo‘lishini talab qilishmoqda.

 “Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani  fermerlari  nomidan murojaat  yo‘llamoqdamiz. Prezidentimizning  2019 yildagi qarorida har bir fermer  umumiy yer maydonining 10 foiziga  poliz ekini ekilishi belgilangan. Bizda esa  bu  imtiyozdan faqat ayrim fermerlar foydalanyapti. Bosh prokuraturadan tuman yerlarini qayta o‘lchovdan o‘tkazib, 10 foizli polizimizni qonuniy tartibda  rejaga kiritishini so‘raymiz” deyishmoqda imtiyozdan mahrum qilingan sirdaryolik fermerlar.

Navbatdagi murojaat Surhondaryodan. Denovliklar kanalizatsiya suvi ariqqa oqizilayotganidan shikoyat qilishmoqda.

“Surxondaryo viloyati Denov tumanidan murojaat qilyapmiz.

“Kolodes”dagi iflos suv ariqqa oqmoqda. Bu ariqdan 8000 ga yaqin aholi foydalanadi. Badbo‘y hidga chidab bo‘lmaydi…” deya yozishmoqda denovliklar.

Farg‘onalik Davronov Ravshan esa pedagoglar uchun qonunda belgilangani kabi tibbiy ko‘rik bepul bo‘lishini talab qilmoqda.

«Assalomu alaykum hurmatli Eltuz muxbirlari.

Men Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani Yakkatut MFY Saxovat ko‘chasi 13 uydan Davronov Ravshanman.

Mana 2024 yilning may oyi boshlandi. Pedagog maqomi to‘g‘risidagi qonunda pedagoglarni tibbiy ko‘rikdan o‘tishi bepul amalga oshirilishi belgilangan. Ammo bir yildan oshdi, tibbiy ko‘rikdan pedagoglar o‘zlari 180 000 so‘m to‘lab o‘tib kelmoqda. Tuman Moliya bo‘limi ushbu yo‘nalish uchun ajratilgan pulni nima uchun ishlatishi aniq emas va bu holat hech qachon tekshirilmagan.

Sizdan bizga tibbiy ko‘rikdan o‘tishni bepul ta'minlanishi uchun ijtimoiy tarmoqlarda murojaatimni e'lon qilishingizni so‘rayman» deya yozadi farg‘onalik pedagog.

Va bu sizga yetkazganimiz bugungi so‘nggi maktub edi. Eslatamiz, eltuz portali telegramdagi alohida sahifadir. U erga xatlar uchun maxsus bot o‘rnatilgan. Eltuz kelayotgan shikoyatlar, videomurojaatlar, takliflar va ularga yozilgan javoblarni ham chop qilishga intiladi. Kanalimizga obuna bo‘ling. Agar ko‘rsatuvimizni qo‘llab quvvatlamoqchi, yoki ayrim yopiq videolarni ko‘rmoqchi bo‘lsangiz super raxmat tugmachasini bosing.  Sog‘ bo‘ling.

Tag‘in o‘qing
13 dekabr 2018
Filmning so‘nggi, 5-qismi sobiq militsiya mayori, xalq orasida “Rembo” deya nom qozongan Qahramon Xo‘jaqulov qarindoshlarining sirli o‘limlari, Xo‘jaqulovni hibsga ...
25 yanvar 2018
MXX faoliyati ustidan parlament nazorati o‘rnatiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan qabul qilingan “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar ...
30 noyabr 2023
Turkiyaning Sakarya shahrida fohishalik bilan shug‘ullangan 49 nafar o‘zbekistonlik xotin qo‘lga olindi. Qayd etilishicha, Sakarya viloyat politsiya boshqarmasi Jamoat tartibini saqlash bo‘limi Axloq byurosi guruhlari, Sakarya Bosh prokuraturasi boshchiligida joriy yilning 25 noyabr kuni kechqurun Sakaryaning Qorasu tumanida 10 ga yaqin manzilda reyd o‘tkazgan.   Operatsiya davomida jami 61 nafar ...
8 iyun 2017
Andijon Hususiy avtomobillar bozorida ham narxlar keskin ko‘tarilib ketdi. GM Uzbekistan shirkati 31 may kuni mamlakat ichki bozorida avtomobillarini ...
Bloglar
28 may 2024
Men millatchi emasman! Lekin qaytadan ta'mirlatilgan va Toshkent shahrining sobiq hokimi J. Ortiqxo‘jaev tomonidan Pasxaga ...
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...