Asosiy mavzular
18 may 2024

Gaz elektr muammosi va qing‘ir ko‘chalarning ta'mirsiz yo‘llari – EP149

Eltuzga yo‘llangan co‘nggi 5 ta maktub O‘zbekistonning Toshkent, Andijon, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlaridan kelgan. Xatlar oqimi hamon davom etmoqda, muammolar echimini ta'minlash, shuningdek kanalimizning alohida sahifasiga kirib privatga o‘tkazilgan videolarni  ko‘rish uchun Eltuz kanaliga obuna bo‘lish, layk bosishkanalni qo‘llab quvvatlash tavsiya qilinadi va biz xatlarni o‘qishda davom etamiz.

Dastlabki videomurojaat Toshkent viloyatining Chinoz shahridan. Shahar markazi chiqindizorga aylantirilmoqda.

+++

Gaz va elektr muammosi. Keyingi murojaat Andijon viloyatining Oltinko‘l viloyatidan.

«Assalomu alaykum.

Oltinko‘l tumani Bo‘ston MFY Odillik ko‘chasida tabiiy gaz 15-20 kundan beri sababsiz ravishda to‘xtatib kqo‘yilgan.

Viloyat hokimi Sh. Kushag‘baevich Bo‘ston mahallasiga Ixtisoslashuv bo‘yicha tashrif buyurdi va ketishi bilan tabiiy gaz hamda elektrda jiddiy muammolar bo‘lmoqda.

Elektr energiyani 220 volt emas 160 volt ga tushib qolishi maishiy texnikalarning buzilishiga sabab bo‘lmoqda.» deya yozmoqda oltinko‘llik Eltuz obunachisi.

Keyingi shikoyat Buxoro viloyatining Shofirkon tumanidan. Shofirkon yo‘llari sobiq sho‘rolar davridan beri ta'mirlanmagan

«Assalomu alaykum Eltuz!

Murojaatimiz Buxoro viloyati Shofirkon tumana Jo‘sho‘ra MFY aholisi nomidan.

Aholi istiqomat qiladigan asosiy yo‘limiz ahvoli shu ko‘rinishga kelgan. Yo‘ldan o‘tgan avtomashina manzilga emas, shinamontajga boradi.

«Shofirkon tuman yo‘llaridan foydalanish» unitar korxonasi muammoga e'tibor qaratishini kutib qolamiz, deya yozmoqda Jo‘sho‘ra mahallasi turg‘unlari.

Navoiy viloyatidan kelgan keyingi shikoyat ham qing‘ir qiyshiq yo‘llar haqida

«Assalomu alaykum Eltuz og‘a sizni haqiqat yo‘lida qilayotgan maqolalaringizni kuzatib borar edik.

Bizlar Navoiy viloyati Xatirchi tumani Xo‘jaqulobod mahallasida yashovchi fuqarolar nomidan murojaat qilyapmiz.  Prezidentimiz tashabbuslari bilan tashkillashtirilgan namunali uy-joylardan olib yashab kelyapmiz.

Bizning hozirgi vaqtda ko‘chalarimizga qarab bo‘lmaydi. Ko‘cha boshida mahallamiz joylashgan buni qarangki agar mahalla raisimiz har kun ishga kelsalar ko‘cha boshida asfalt emas loy bo‘lib yotganini ko‘rar edilar.

Bu masalada bir necha marotaba Prezident portaliga murojaat qilganmiz natija yo‘q, erta indin deb kun o‘tkazyapti tuman yo‘l qurilish va obodonlashtirish boshqarmasi.

Yaqinda yaroqli ichimlik suvi  bilan aholini ta'minlash uchun viloyat hokimligi topshiriq berganidan keyin ichimlik suvi kelishi kerak edi lekin boshqa mahallaga keldi-yu Xo‘jaqulobod mahallasiga kelishi uchun nimalardir halaqit beryapti shekilli. Ichimlik suvini o‘tkazishni oson yo‘liga o‘tyaptilar. Shirin suvni olib kelish uchun alohida katta trassa yo‘lidan tarmoq tortilishi kerak edi lekin bular eski artisan tarmog‘iga ulab berishmoqchi.

Bu masala bo‘yicha ham murojaat qilganmiz lekin yechim topilmadi. Ushbu murojaatimizning ijobiy hal bo‘lishiga yordam berishingizni va yo‘llarimizni oldingiday tekis va ravon qilib berishingizni so‘raymiz.»

Xaroba yo‘llar haqidagi bugungi shikoyatlar paradiga Qashqadaryoning Guliston tumani yakun yasaydi.

«Assalomu alaykum Qashqadaryo viloyati qarshi tumani Guliston MFY Tinchlik ko‘chasidan murojaat qilyapmiz.

Bu ko‘chadan 80 foiz mahalla bolalari maktabga qatnaydi. Mahalla raisiga ham hokimiyatga ham murojaat qildik, lekin o‘zgarish bo‘lmadi shunga shu ko‘chani to‘g‘irlatishga amaliy yordam bersangiz» deya yozmoqda loyli yo‘llar bois tinchini yo‘qotgan Tinchlik ko‘chasi turg‘unlari.

Va bu sizga yetkazganimiz bugungi so‘nggi maktub edi. Eslatamiz, eltuz portali telegramdagi alohida sahifadir. U erga xatlar uchun maxsus bot o‘rnatilgan. Eltuz kelayotgan shikoyatlar, videomurojaatlar, takliflar va ularga yozilgan javoblarni ham chop qilishga intiladi. Kanalimizga obuna bo‘ling. Agar ko‘rsatuvimizni qo‘llab quvvatlamoqchi, yoki ayrim yopiq videolarni ko‘rmoqchi bo‘lsangiz super raxmat tugmachasini bosing.  Sog‘ bo‘ling.

Tag‘in o‘qing
3 oktyabr 2022
2022 yil 28 sentyabr kuni Payariq tumani “Yakkasaroy” MMTP hududidagi “Oqqush zamin dalasi” fermer xo‘jaligiga tegishli paxta egasining roziligisiz ...
6 fevral 2018
Istanbuldagi Otaturk qo‘nalg‘asida 1 kilo 75 gramm qoradorini Toshkentga olib ketayotgan 35 yashar O‘zbekiston vatandoshi S.K ushlandi. Turkiyadagi «Hurriyat» ...
21 sentyabr 2018
So‘nggi kunlardagi xabarlarni o‘qib, O‘zbekistonda hokimiyat idoralaridagi poraxo‘rlikka qarshi keskin kurash boshlanganga o‘xshaydi, degan xayolga borish hech gap emas. ...
22 iyul 2019
O‘zbekiston hukumati Xalqaro mehnat tashkilotiga O‘zbekistonda majburiy mehnatning taqiqlanganligi haqida ma'lumotni o‘z ichiga olgan 40.000 nusxa varaqa, shiorlar tayyorlash ...
Bloglar
28 may 2024
Men millatchi emasman! Lekin qaytadan ta'mirlatilgan va Toshkent shahrining sobiq hokimi J. Ortiqxo‘jaev tomonidan Pasxaga ...
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...