Asosiy mavzular
4 iyun 2024

Chegaradagi tirbandlik, do‘kondagi firibgar va sifatsiz suv inshooti

Eltuz portaliga kelgan murojaatlarni ochiqlashda davom etamiz. Ular O‘zbekistonning Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Xorazm viloyatlaridan kelgan.

Dastlabki videomurojaatni G‘ishtko‘prik chegara posti orqali Qozog‘istondan O‘zbekistonga o‘tishda doimiy tirbandlikka duch kelayotgan haydovchi yo‘llagan. Uning so‘zlariga turnaqator avtomobillar 12-20 soatgacha qolib ketmoqda.  

Keyingi videoshikoyat Namangan viloyatining Pop tumanidan. Chiqindi poligonidan tarqalayotgan zaharli tutun aholi salomatligiga xavf solmoqda.

“Namangan viloyati Pop tumanidan murojaat yo‘llayapmiz. “Toza hudud” korxonasi aholidan olingan maishiy chiqindini tashlaydigan hudud bor. Bu yerda chiqindi yondirilib, yo‘q  qilinadi. Yoqish jarayonida zaharli hid va tutun shamol orqali tarqalib, yaqin atrofdagi aholi salomatligiga katta xavf solmoqda. Lekin bu borada kerakli chora ko‘rilgani yo‘q. Aholi salomatligini ko‘zlab, chiqindilardan ikkilamchi mahsulotlar ishlab chiqarish ishlarini oqilona yo‘lga qo‘yish mumkin-ku! Holatga mas'ullar e'tibor qaratadi degan umiddamiz” deya yozadi poplik Eltuz obunachisi.

Keyingi shikoyat Farg‘onadan. Do‘konida firibgarlik xolati ro‘y bergan tujjor shikoyat yo‘llamoqda…”

“Joriy yil 27 mart kuni ertalab do‘konimda firibgarlik ro‘y berdi. Noma'lum erkak kishi, 124 ming so‘mlik mahsulot olgan va tanishi orqali “Slick” dasturidan pul o‘tkazaman deb aldagan. U yolg‘on gapirgani keyin ma'lum bo‘ldi. IIBga qo‘ng‘iroq qildim.  Kechga yaqin xodim kelib, topamiz deb ketdi. Ertasi kuni Farg‘ona IIBga chaqirishdi, tilxat, ariza olishdi. Ijtimoiy tarmoqqa videoni chiqaraman, deganimda bizdan ariza olgan xodim po‘pisa qilib, sizni jinoiy javobgarlikka tortishimiz mumkin, begona odam tasvirini uning roziligisiz ijtimoiy tarmoqda tarqatmaslik kerak, dedi. Bu menga go‘yo firibgarning manfaatini himoya qilish bo‘lib tuyuldi. Oradan vaqt o‘tdi. Yana ikki marta 102 ga qo‘ng‘iroq qildim. Hozir qilamiz deyishdi, lekin shu bilan jim-jitlik. Vakolatli idoralar amaliy yordam bersa minnatdor bo‘lardik” deya yozadi farg‘onalik do‘kondor.

Keyingi shikoyat Toshkent viloyatidan. Olmaliqda pavloniyalar kesib tashlandi.

«Islom Karimov nomidagi texnika universiteti oldida 3-4 yillik endi bargi yulingan pavloniya daraxtlarini tagi bilan kesishibdi, sog‘lom, yashnab turgan edi, afsus» deya bildiradi video yo‘llagan Eltuz obunachisi.

Va nihoyat so‘nngi shikoyat Xorazm viloyatining Urganch shahridan. Suv inshooti qurilishiga sifatsiz qurilish materiallari ishlatilmoqda.

“Xorazm  viloyati Urganch shahridan murojaat qilyapmiz. “Suv ta'minoti”ning suv taqsimlash tarmog‘i va tumanlarga suv yetkazib beradigan omborlari qurilishiga davlat tomonidan katta pul ajratildi. Lekin omborlar allaqachon buzilish holatiga keldi. Chunki qurilishda sifatsiz plitalar ishlatildi. Suv ta'minotida xlorli suv qo‘llaniladi, shuning uchun plita sifatli va baquvvat bo‘lishi kerak. Ammo plitalar hozirdan o‘pirilyapti. Inshoot ichidagi tayanch ustunlar ham sifatli qilinmagan. Bu qurilish standartlariga to‘g‘ri keladimi? Mutasaddilar holatni nazoratga olishini so‘raymiz” deya yozadi Xorazmlik vatandosh.

Sardoba suv ombori halokati ham aynan sifatsiz qurilish materiallari kasofati bilan yuzaga kelgan edi. Sifatli materiallar va qurilish mablag‘larini o‘marganlar esa xamon jazolangani yo‘q.

Va bu sizga yetkazganimiz bugungi so‘nggi maktub edi. Eslatamiz, eltuz portali telegramdagi alohida sahifadir. U erga xatlar uchun maxsus bot o‘rnatilgan. Eltuz kelayotgan shikoyatlar, videomurojaatlar, takliflar va ularga yozilgan javoblarni ham chop qilishga intiladi. Kanalimizga obuna bo‘ling. Agar ko‘rsatuvimizni qo‘llab quvvatlamoqchi, yoki ayrim yopiq videolarni ko‘rmoqchi bo‘lsangiz super raxmat tugmachasini bosing.  Sog‘ bo‘ling.

Tag‘in o‘qing
3 yanvar 2017
CNN-Turk kanalida yoyinlangan videoda Istanbuldagi Reina tungi klubiga hujum qilgan kimsaning Istanbul xalqaro aeroporti pasport nazorat bo‘limidan o‘tayotgan payti ...
29 iyun 2018
O‘zbekiston hukumatining muttasil buzish va qurish ishlari tufayli tarixiy qimmatini yo‘qotgan Shahrisabz yodgorliklari iyun oxirida e'lon qilinadigan YuNYeSKO qaroriga ...
2 may 2023
BMT Bosh Assambleyasi BMT va Yevropa Kengashi o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qildi. Bu rezolyutsiyani qo‘llab, Xitoy, Armaniston, Braziliya, ...
15 iyun 2020
Respublika maxsus komissiyasining hayratga soladigan so‘nggi qarori: «Agar xo‘jalik yurituvchi sub'ektning belgilangan sanitariya-gigiena talablariga rioya etmagani natijasida koronavirus aniqlansa, ...
Bloglar
10 avgust 2024
O‘zbekistonda bir arvoh kezib yuribdi. Bu Karimov arvohi. O‘zbekiston Karimov davridagi paranoyaga qaytib matbuotdagi «arvox» ...
8 avgust 2024
«Arabiston tuprog‘ida bola tug‘ish» maqsadidagi xotinlar va ularni yetaklab ketayotgan erkaklar. Arabistonda o‘qilgan sha'riy nikohga ...
28 may 2024
Men millatchi emasman! Lekin qaytadan ta'mirlatilgan va Toshkent shahrining sobiq hokimi J. Ortiqxo‘jaev tomonidan Pasxaga ...