Asosiy mavzular
10 aprel 2020

RTdan va'z: Amaldorlar qo‘tos podasi tagida qoladi

Kemaga chiqqanda yuzlarcha sayyoh,
Bo‘lishar bitta jon, yagona tilak.
To‘fonga duch kelib to‘zg‘isa nogoh,
Ajal yaqinlashsa, jonlari bo‘lak.

To‘lqinlar chiqargan sandiqda marjon
Qolib ketar, o‘tmas tanga holida.
Mulkining qiroli yuzlab Robinzon
Och-yupun yashaydi o‘z orolida.

Shoir Mahmud Rajab yozganidek, koronavirus davrida biz hammamiz Robinzonga aylandik. Robinzon Jumaboy bilan otamlashgan. Biz esa kasal yuqmasin, deya Jumanazar aka bilan ham qo‘l berib salomlashmaymiz.

Afg‘onistonning toliblar nazoratidagi yerida azon o‘zgartirilib aytila boshlandi. Azon oxirida «machitga kema, uyda o‘tir», deyildi.

Eshakning otini duldul qo‘ysak

«Osmonda momaqaldiroq gumburlamasa, mujik cho‘qinmaydi», degan o‘ris maqoli bor. Prezident tibbiy-sanitariya sohasi kadrlarini tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Hech bo‘lmaganidan kech bo‘lgani yaxshi. Lekin tibbiy kollejlarni bitirganlar institutga imtihonsiz kirib, savodsiz doktorlar urchib ketmasa bo‘ldi. Tibbiyot kollejlari texnikumga aylanarkan. Ammo eshakning otini duldul qo‘ysak ham eshakligicha qolaveradi.

Xabarlar qani, debdi bir tomoshabin. Mana yaxshi xabar: hukumat aholi va tadbirkorlarni qo‘llash uchun trillion dollar ajratdi.
Ëmon xabar: yapon hukumati ajratdi trillion dollarni o‘z xalqiga.

Bo‘lar ekan-ku. Hukumat kommunal to‘lovlarni o‘zi to‘laydigan bo‘ldi. Mart, aprel, may oyidagi. Balli, hukumat. Balli rasmiy Tbilisi. Gruziya hukumati qarori bu.

Gruzinlar sevinaversin. O‘zbek  sevinsa, yuragiga zo‘r tushadi.

Sichqon sig‘mas iniga, g‘alvir bog‘lar dumiga.

O‘zbekiston hukumati barcha parvozlar to‘xtatildi, deya o‘zi qo‘ygan cheklovni buzib, uchoqda Xitoydan O‘zbekistonga 300 ga yaqin ishchi olib kirdi. Qozonchining erki bor, qaydan quloq chiqarsa.

Ammo qozonchiga ham qiyin. Toshkent shahri hokimligida koronavirus tarqalgani rasman tasdiqlandi. Kamida ikki xodim kasal.

Karantin bois joriy qilingan teledarslar o‘qituvchilarning savodsiz ekanini namoyish qilmoqda. “Vatan tuyg‘usi” fanidan (Fanmi shu???) 5-sinf uchun dars o‘tgan «mallim» O‘zbekiston NATOga a'zo bo‘ldi», devordi. Bundan oldin yana bir muallim 28 ga 20  ni qo‘shsa 60 bo‘ladi, deb «masala» qiluvdi. Institutni poraga bitirgan johil o‘qituvchilar millat uchun musibatdan boshqa narsa keltirmaydi.

Bu borada xalq fikri

Mirolim Isajonov:

Shu xatolarni og‘zaki aytsa ham mayli edi. Ammo slaydga katta harflarda yozgani chindan savodsizligini bildirdi. Menimcha, TVda dars o‘tayotganlar unvoni bor, obro‘li pedagoglar bo‘lsa kerak.

Ulug‘bek Andijondan:  Xudoyberdi To‘xtaboevni O‘zbekiston xalq shoiri, deb tanishtirvordi bir muallima.

Abduvohid Hayit : «Vatan tuyg‘usi»? Nima 5-sinf soatlarini to‘ldirishga boshqa fan qolmadimi? Undan ko‘ra, matematika, aniq fanlarning soatlarini ko‘paytirsin. Tillarni o‘rgatsin, adabiyot, tarixni. Agar o‘quvchi sifatli bilim olsa, vatanni ko‘proq sevadi.

Shunaqa, el og‘ziga elak tutib bo‘lmaydi. Paxta elak to‘yda kerak, siyrak elak kunda kerak.

Samarqandni suv bosdi. Endi Xivani qum bosmasa bo‘ldi. Palakat qo‘sha-qo‘sha keladi.

Rassom Tuzga maktublar

Bir paytlar «Ësh kuch» jurnalida «Qatortolga maktublar» degan rubrika bo‘lardi. U paytda Qatortol hali fohishalar makoniga aylanmagan edi.

Xullas, men ham «Rassom Tuzga maktublar» degan rukn ochdim. Mana bu maktub Surxondaryodan keldi.

O‘qiymiz: «Surxondaryo viloyati hokimi Bobolov To‘ra Abdievich 30 martda 50 yoshga to‘ldi. 2-3 aprel kunlari bir kun hamma kattalar, ya'ni barcha tuman hokimlarini yig‘ib Uchqizil degan joydagi “Marvarid» degan dam olish zonasi restoranini ishlatib rosa ziyofat qildi.

Boshqalarga karantin deya yopilgan «Marvarid» restorani nega hokim uchun ochiladi. Karantin qani? Ë karantin qora xalq uchun – maishat kattalar uchunmi? Tuz og‘a, sizni kattalar o‘qir ekan. Shu maktubni e'lon qiling. Bilishsin ular. Kim nima qilayotganligini».

Endi, uka, hokim ham odam. 50 yilda bir biti to‘kilib maishat qilsa qilibdi-da.

Suzoqlik o‘zbek rassom Tuzga yozyapti:

«Mirziyoev Qirg‘izistonga gumyordam jo‘natmay qo‘yaversin, bu ultchilar yordamni tog‘dagilarga opketib tarqatyapti, sotishyapti. Masalan, O‘zgandagi do‘konlarga 300 so‘mdan sotishgan O‘zbekistondan kelgan unlarni».

Endi, uka, qatiq to‘kilsa, yuqi qolar. Bermaganning bir yuzi qora, berganning ikki yuzi. Qirg‘iz-o‘zbek deb elat ajratmaylik. Hammamiz turk otaning bolalarimiz. Birimiz ko‘z, birimiz qosh.

Dardning kattasi O‘zbekistonda. Oddiy tadbirkor va fermerlarga hokimiyatdan kelib, «davay, ehson qil», deb musht ko‘rsatilmoqda. Oldingi va'zda aytganimdek, zolim hokimiyat o‘latdan ham yomon.

Absattorning karantin kundaligi

Bosh prokuratura 6 apreldan boshlab vatandoshlardan o‘zlarining kundaliklarini yuritishlarini so‘radi. Demak, Absattorning kundaligini o‘qiymiz:

Men Absattor ertamatdan qo‘shnim Abjabbor bilan ko‘rishib ogan lomimni qaytarib berdim. Keyin birrov Madinanikiga kirib chiqdim (hech kimga aytmang Madinanikiga kirganimdi). Yo‘lda Komildi dukoniga bosh suqdim. Valasaptda kelayotgan Eshmirzadan popris so‘rab chakdim. Xumor qonmagani uchun Mirraxmat xojidan shishamni to‘ldirib nasiyaga nos oldim. Keyin damaschi Xayotulla kelib qarzimni qaytar deb yarim soat mazgimni itardi. Uyga qaytayotib oshnam Ismat piyozchini ko‘rib qoldim. Birgalashib meni nosimdi chakib xumor tarqatdik. Keyin uy tarafga jildim. MIBni odami turgan ekan eshigimdi taqilllatib. Gaz, svet va suvni pulini so‘rab kepti. Pul qag‘da. Hech qaerda ishlamasam. Xotindi ketidan kun ko‘rib o‘tirgan bir notavon bo‘sam… (kundalik davom etadi).

«Qurbon o‘lam…»

Taniqli hofiz Rustam Hojimamedov Samarqandiy 6 aprel kuni AQShning Nyu-York shahrida koronavirusdan o‘lgani haqida yaqinlari ma'lum qildi.

“Qurbon o‘lam” qo‘shig‘ini qiyomiga yetkazib aytadigan betakror hofiz 51 yoshda edi.

Qo‘shiq aytganda qurbon bo‘laman deb aytmasa bo‘larmidi shu ashulachilar. Mana, O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov yarim kunda ikki ashula chiqardi. Bittasi «Yagonam» deb aytiladi, videoklipida anavi qiz bola kiyimini kiyadigan Dilshodniyam qo‘shibdi.

Ba'zi tili achchiqlarning aytishicha, bu qo‘shiq O‘zbekiston prezidentining aroq-vino ishlab chiqarish haqidagi qarori samarasi sifatida ko‘rilgan «Yagona» degan aroqqa bag‘ishlangan. Aroqniyam turi ko‘p, «Buxoro» va «Samarqand» degan aroqlar ham bor ekan. «Vatan» degan aroqning darajasi zo‘r ekan.

Bo‘lay desang mustaqil, vatan bilan yuzta qil. Mirziyoev davrida aroq sanoati gullab-yashnadi. Shuni aytmasak noshukurlik qilgan bo‘lamiz. Chunki koronavirus paytida tarkibida spirt bo‘lgan ichimlikdan dezinfektsiya maqsadida qo‘llanilishi joiz.

Antivirus deganam aroqni chiqarvorishibdi. Bu deganim bir chelak aroqni ichib, dumalang degani emas.

Koronavirus senga aytaman, Mirziyoev sen ham eshit. Madaniyat vaziri Ozodbekdan yana bir shedevr. Bu ministr tog‘a o‘z ashulasida Mirziyoevni yurt otasi deb madh qilibdi.

O‘zbekistonda prezident degan lavozim bor. Yurtboshi, yurt otasi, yerdagi soya, degan gap yo‘q. Ministr degan odamda ozgina parasat bo‘sade. Turkmaniston yoki Shimoliy Koreya emas-ku bu yer.

Tekin e'lon

Shu yerda bitta e'lon. Juda ko‘p yoshlar iltimosiga ko‘ra, «Eltuz» saytida lotin yozuviga o‘tkazadigan knopka o‘rnatdik. Knopkani bosib, shessekunda lotinda o‘qiysiz. «Eltuz»ni ocha olmaganlar uchun kalit sayt ham bor. Shu rasmda ko‘rganingiz manzilga kirib, «Eltuz»ni o‘qib yotavering. Karantin paytida juda o‘qishli narsalarni qo‘ydik.

Tabusiz hayot

Umuman, karantin paytida odamlar yaxshilab uxlab, asablarini tinchlantirayotgan ekan. Faqat 32 million odam birdaniga porno saytlarga kirib, o‘sha saytlar qiyshayib ketibdi og‘irlikni ko‘tara olmay.

O‘zbek degani ikki narsaga astoydil qiziqarkan, porno saytlarda ishtonsiz qiz, yigitlarni ko‘rishga va ko‘rib bo‘lib, saytning ustidan portalga yozishga.

Bitta otaxon yozyapti, kechasi soat uchda bollar bilan ko‘rib o‘tirib, uyalib ketdim, deb.

Bola degani uxlamaydimi bundoq. Otam-enam bir-biri bilan gaplashsin, yalab-yulqasin bir-birovini,  deb sharoit yaratib bermaydimi?

Mana, qo‘qonlik singlimiz Diyoraxon feysbukda bir chiroyli sahifa ochibdi. Ko‘rib diling yayraydi. «Tabusiz hayot» degan. Endi elektri, gazi va boshqa sharoiti bo‘lmagan o‘zbekda tabu bo‘lmasa ota go‘ri qozixonami? Yo‘qni yo‘q deymiz.

Tabu – bu anavinaqa er-xotin orasidagi nozik gaplarga joriy qilingan cheklov.

Masalan, katolik dini rivoj topgan o‘rta asrda dasturxonga tovuqning oyog‘ini butun qilib pishirib tortish Yevropada taqiqlangan edi. Chunki tovuqning oyog‘i ayollar soniga o‘xshagani uchun erkaklar hayajonlanib ketarkan.

Bir tarafdan to‘g‘ri. Nima qiladi bu erkak degan jonivor tovuqning oyog‘iga qarab. Borib o‘z xotinining oyog‘iga qarasin. Tikilib-tikilib.

Diyora ochgan «Tabusiz hayot» sahifasiga qo‘yilgan, samarqandlik satirik Karimberdi To‘ramurodning mana bu badihasi asosida sketch qilib, sizga ilindik. Qani marhamat.

Ko‘plab hajviyalar muallifi Karimberdi To‘ramurod. Odamlarda yumor tuyg‘usi yo‘q. Shu «Jiji»ni yozganimda ham rosa meni so‘kishgan edi, deydi u. Gapi to‘g‘ri. Buni o‘z tanamizda ham his qilmoqdamiz.

Buxoroyu Andijon

Bilasizlar, andijonliklar yangi tug‘ilgan chaqaloqni jiji deyishadi. Buxoroda ayolning emchagini jiji deydi. Ana endi egiz chaqaloq qilgan andijonlik ayolning buxorolik ayol bilan qilgan suhbatini eshiting va buxorolik ayolning holini tasavvur qiling:

– Kecha deng, jijimni ko‘rgani erimning o‘rtag‘lari kelishdi.

– Ibi, o‘lmasam! Eringiz nima dedi?

– Chiqarib ko‘rsat, dedi.

– Ibi, o‘lib qo‘ya qolay, chiqarib ko‘rsatdingizmi?

– Ha, ko‘rsatdim. Ikkoviniyam chiqarib ko‘rsatdim.

– Sharmanda! Eringizning jo‘ralari nima qildi?

– Jijilarimga pul qistirishdi!

– Ibi, sharmanda, eringiz indamadimi?

– Jo‘ralariga ko‘proq pul qistiringlar, qurumsoqlar, dedi.

– Jijingizni yashirmadingizmi, uyatsiz?

– Voy, nega yashiraman? Jo‘ralarining qo‘liga berdim, o‘ynatib o‘tirishdi.

– Ibi, man o‘lay, ular nima deyishdi?

– Eringiz ko‘p o‘ynatadi, shekilli, ikkoviyam katta bo‘lib qolishibdi, deyishdi. Men bittasi sal kattaroq, topinglar-chi, qaysi kattaroq, dedim. Ular navbatma-navbat qo‘llariga olib ko‘rishdi, ammo topa olmadilar qaysi kattaligini. Ketishlarida hamma jo‘ralari ikkala jijimni ham o‘pib-o‘pib ketishdi 

Mulozimlar qo‘toslar podasi tagida qoladi

Yutubning «Eltuz» kanalida va'z qilib, hukumatni insopga choqirib o‘tiribman, bilsa bilar.  Yaxshilik qil, daryoga tashla, bilsa baliq bilar, bilmasa Xoliq. Videoni ko‘rib, layk bosib qo‘ysangiz sevinaman. Ënimdagi totor sherigimdan so‘radim, “hamma gapni aytaveraymi, obziy”, deb.

“Oyt!! Oytp-oytib tosha. Bu g‘urbatullinlarni razoblachat qil. Shunda matur bula”, dedi. Rahmat, obziy. Totor bor joyda xatar bo‘lmas. Senga suyanaman. Sendan aqllisi yo‘q. Shunday qilib, Qibraydagi sanatoriyda karantinda saqlanayotgan 7 odam 15 sutkaga qamaldi. Ularning barchasi Birlashgan Arab Amirliklaridan olib kelingan va karantinga olingan edi. Ularning “bu ahvolda mol ham yotmaydi”, deb prava kachat qigani ho‘kmat odamlariga qattiq tegdi. Keyin qamag‘ eshigini ochib, “buntovat qiganlarni” ichkariga apkirp qo‘yishdi enag‘arlar.

Shu paytgacha 10 million odam tashqarida (Rossiya, Qozoq, Turkiya, BAA va hokazo) edi. Ular oyma-oy pul yuborishar. O‘zbekistondagi pensioner momoy va boboylar hamda bola-baqra kelgan puldi mayda tishlab sekin yeb yotuvdi. Ho‘kmat odamlari kelib ularni ko‘tiga tepsa ham, ustiga siysa ham, so‘ksa ham, ursa ham “Sizdiki to‘g‘ri, boshliq. Meni urgan qo‘lingiz og‘rimadimi”, deb mo‘ltirab turgan taviya bir poda edi. Ho‘kmat odamlariga ham mazza edi. Ular xuddi quldor kabi bu qullar to‘dasini istagancha haqorat qilar ezar va talar edi.

Ammo sahnada koronavirus degan balo paydo bo‘ldi. Buning ortidan Rossiya, Qozoq va Turkiyadagi migrantlar gala-gala, to‘da-to‘da, poda-poda, o‘rda-o‘rda, bo‘lib mo‘r-malaxday qoytib kela boshladi.

Pul topib o‘rgangan, kerak bo‘lsa o‘ris (qozoq, turk, karis) prorabga ham boshini ko‘tarib “poshyol nax”, deyishga o‘rganib qolgan massa.

Ular keyingi 20 yil ichida O‘zbekistonda deyarli yashashmadi.

Yangi yil oldidan O‘zbekistonga kelib, bir oy xotini bilan payshanba-payshanba qilib qo‘zilatish mavsumiga xotinni tayyorlab yana qaytib ketadigan olomon.

Ular O‘zbekistonda boshliq tepsa, kavushini yalashi va boshliq otasini o‘ldirsa, boshliqqa onasini, singlisini va opasini seks qilish uchun padarka qilish kerakligini bilishmaydi.

Qag‘dan bilsin, o‘ris yurtda uloqib yurgan dangasa gastarbayterlar. Ko‘tni qisish, qisganda ham ming bo‘g‘inidan qisish kerakligini bilmaydida ular. Yaramaslar.

Enasi aytsa ham quloq solmaydigan bo‘p ketishgan. Arag‘ ichishadi. Puldi katta-katta sarflashadi. Ular ashag‘di qovunlaridan rang olib, ashnaqa gap uqmas bo‘lib qaytishdi. Mashag‘dagilarga o‘xshab qisib o‘tirishni bilmaydi.

Xo‘p, ho‘kmat odamlari ulardan yettitasini qamadi. Ertaga yetmishta, indinga yetti yuzta, keyingi hafta esa yetti mingtasi ho‘kmat odamig‘a qarab “Poshyol nax” desa, ularga qamag‘ yetkazib bo‘ladimi.

Ho‘kmatning o‘zi itdan ham, bitdan ham qarz bo‘lib, bo‘qiga pichag‘ torta olmaydig‘on ahvolda o‘tiribdi palonimga kulib.

Noqulay kunlar kelyapti. Hokim, zamhokim va boshqa purkuror- murkurorlarga rahmim kelib ketyapti.

Sizlarning otingiz o‘zmaydigan, siydigingiz yer teshmaydigan vaqt keldi.

Eh, bechoralar. Borib enangizning emchagiga bosh qo‘yib yig‘lang endi. O‘ksib-o‘skib, jilab-jilab oling. Enangiz o‘lgan bo‘lsa, yostiqqa yig‘lang.

Xotinga yig‘lab ovora bo‘lmang. Siz selektorda boshliqlar tarafidan itarilayotgan vaqtda ular boshqalarga itartirib yurib, davno sizga bevafo bo‘p ketgan.

Gapning qisqasi, siz ne to‘lka xotinga, umuman, bu massaga ho‘kmingizni o‘tkaza olmaysiz.

Bir qo‘zg‘olishsa, qo‘tos podasi ostida majaqlangan shoqolday o‘lib ketasiz.  Xalq ko‘p, siz esa ozsiz. Ëlg‘iz kishi yugursa ham sasi chiqmaydi.

Ë xudoga yolboring. Ey xudo, tezroq koronavirus balosi ustimizdan ketsin. Bu quloqsiz, beitoat olomon kelgan ellariga qoytib ketsin. Biz bo‘lsak, ularning beva-bechorasi, bola-baqrasini so‘kib, ezib, xorlab talashda davom etaylik, deb.

Vazni sher bilan boshladim naql bilan tugataman.

Sinib bitgan quymuch suyagi

Antropologiyadan dars bergan domlam so‘radi: qadimgi odamning insonga aylanishiga misol ayting.

«Suyakdan qarmoq yasab baliq tutdi», «Toshni tayoqqa boylab qurol yasadi», deb javob berdik. Domlam 160 ming yil oldin yashagan odamning quymich suyagi aks etgan tasvirni ekranga tushirib, «mana misol», dedi.

Quymich suyagi sinib, keyin bitib ketgan edi.

Odatda quymich suyagi uzoq bitadi. Shu suyagi singan odam qimirlamay yotishi kerak. Unga, albatta, kimdir uzoq vaqt osh-ovqatini berib, yarasiga malham surib, taxtakach boylab qarab turishi kerak. Demak, inson bundan 160 ming yil oldin boshiga mushkul tushgan yaqiniga yordam bergan. Dardiga darmon bo‘lgan. Kishi o‘zga bir kishiga yordam berganida u insonga aylanadi, dedi domlam.

Bunda oq birla qaro,
Zulmat ziyo, shohu gado,
Jang qilurlar doimo,
Ul yon o‘zing, bul yon o‘zing.

Zarrani ijod etib,
Dahshat balo bunyod etib,
Oqibatni yod etib,
Hayron o‘zing, hayron o‘zing.

Bo‘lmasin subhing qaro,
Bor bo‘l mudom borliq aro,
o‘zni etgil doimo,
Inson o‘zing, inson o‘zing.

(Erkin Vohidov she'ri)

Assalom, O‘zbekiston, juma muborak!

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
2 may 2023
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 30 aprel kuni kechqurun Turkiya razvedka kuchlari tomonidan “Islomiy davlat” guruhi yetakchisi Abulhusayn Al-Qurayshiy ...
30 mart 2020
Tuman markaziga borib keldim. Ishim bor edi. Qalampir va pomidor ko‘chatlar sotyapti ekan. «Pomidor ko‘chati yetti donasi ming so‘m», ...
13 may 2017
ToshDUning jurfagida biz 1988-1993 yillarda o‘qidik. Rahmatli domlamiz professor Ochil Tog‘aev publitsistikadan dars berardilar. Domlaga nisbatan ko‘pchilik talabalarning hurmati ...
27 fevral 2021
26 fevral kuni tuzilajak «Haqiqat va taraqqiyot» sotsial- demokratik partiyasi tashabbuskori, iqtisod fanlari doktori Xidirnazar Allaqulov uyidan kuch ishlatar ...
Bloglar
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...
17 mart 2024
Rassom Tuz bir mavzu muhokamasini boshlasa ag‘dar to‘ntarini chiqarib barcha qirralarini o‘rganadi. Tanganing ag‘iniyam¸ bag‘iniyam¸ ...