Asosiy mavzular
18 avgust 2024

Cavodsiz raxbarlar, ko‘lmakka aylangan yo‘l va achchiq tutun – EP174

Eltuz Portaliga kelgan navbatdagi beshta hatni o‘qiymiz. Dastlabki maktubni oyliklari va qayta hisob pullarini to‘lig‘icha olishmaganini iddao qilayotgan “Pablik servis” shirkati ishchilari yozmoqda…

«Assalomu alaykum Eltuz men, Hudoyberdiev Elbek va turmush o‘rtog‘im Rahimova Zilola  «PUBLIC SYeRVICYe» MChJ da qonuniy ishlab kelganmiz.

Bizni noqonuniy ogohlantirmasdan ishdan bõshatishdi,  oxirgi oyliklarmizni berishmadi va qayta hisob kitob kompensatsiya  qilishmadi.  Hozirgi kungacha prezident portali, prokuratura va shahar fuqarolik sudlariga murojaat qildik, lekin bizni hech qaysi tashkilot huquqmizni qonuniy himoya qilmadi.

Muddatingiz o‘tib ketgan degan vajni  keltirishdi. Biz isbotlarni taqdim qilsak ham ahamiyatga olishmadi. 2021-yil oktyabr  va dekabr oylarda firma rahbarlari bizga 3 martaba 98 million 100 ming so‘mdan oylik ish haqi chiqarib, bizga 33 100 000 oyligimizni berib, qolgan mablag‘ni bermasdan kelishmoqda.

Bu arizamizni ham prokuratura ko‘rib chiqib, imzo qo‘yib olgansizlar deb javob berishdi. Biz imzo qo‘ymaganmiz, imzoimiz bo‘lsa bizni hujjatlar bilan tanishtirishni va biz imzolarmizni ko‘rsatishni so‘radik. Lekin, prokuraturaning 14 bo‘lim hodimi  sizlarga ko‘rsatmayman deb javob berdi.

Sizdan iltimos, bizning shikoyatlarmizni tegishli tashkilotlarga va prezidentgacha yetib borishiga va ba'zi bir qonunni mensimaydigan mansabdorlar  qonun borligni isbotlashda oz hissangizni qo‘shishingizni so‘rab qolaman. Oldindan katta rahmat. » deya yozmoqda “Publik servis” shirkati ishchilari.

Keyingi murojaat Toshkent viloyatidan. Arzgo‘y Zangiota ziyoratgohida nogironlar uchun maxsus yo‘lakchalar qo‘yilishini so‘ramoqda…

«Assalom alaykum ELTUZ og‘a. Toshkent viloyati Zangiota tumanining Zangiota ziyoratgohning shundoq oldida tunnel yer osti yo‘li bor. Lekin haligacha u yerda aravacha va kolyaskalar uchun maxsus yo‘lakcha yo‘q.

Ziyoratgohga yoshi ulug‘lar juda ko‘p keladi ya'ni maxsus aravachada keladiganlar ham topiladi. O‘zingiz ham shu yerlarga kelgan bo‘lsangiz kerak va ko‘rgan bo‘lishingiz kerak.

Iltimos amaliy yordam bersangiz shu masalada» deb yozmoqda Zangiota ziyoratchisi.

Navbatdagi shikoyat ham Toshkentdan.  Yangihayot tumanidagi rahbarlar yo‘llarni ta'mirlash haqidagi va'dalarini bajarishmayapti.

«Toshkent shahri Yangi hayot tumani yangi darxon mahallasi ichki yo‘llari ta'mirtalab, achinarli ahvolda. Ko‘chalarimiz talabga javob bermaydi.

Mutasaddilar va'da berishadi. Amalda yo‘q. Umuman 4-chorak degan edi mana kelmoqda, natijasi bo‘lmayapti. Ertaga maktab boshlansa boradigan o‘quvchilar oyoqlari chang yomg‘irli kunlari loy ko‘lmakda yurib o‘tmoqda.

Mahallamizdan o‘tadigan jamoat transportlari yo‘llada qiynalmoqda, ko‘plab avtobuslar buzilib qolmoqda. Yomg‘irli kunlari yo‘llar ko‘lmakka aylanmoqda.

Mahallamizga asfalt qilib berishsin, iltimos… » deya yozmoqda Yangi Hayot turg‘unlari.

Keyingi shikoyat melioratsiya idorasi peshtoqida aks etgan usta so‘zda uchta hato qilgan respublikaning mirishkor raxbarlari ustidan.

«Salom Eltuz. Mana jamiyatimizdagi savodsizlikdan namuna.

Davlat mutasaddi tashkilotlaridan biri. Qizig‘i shundaki rahbar, qancha ishchi-xodim, jamiyat a'zolaridan tortib xizmatchilar eshikdan har kun kirib chiqyapti. Lekin hech biri peshtoqdagi yozuvga e'tibor bermaydi «MYeLIORATsIYa HOSILDORLIK GOROVI» yozishdan oldin O‘zbek tilining izohli lug‘ati bilan tanishing, hurmatli mutasaddi tashkilot rahbarlari .

Aslida, Melioratsiya hosildorlik garovi» bo‘ladi. Tepada ,T» harfi tushib qolgan va faqat melioratsiya so‘zidagi ,,M» harfi bosh harf bilan yoziladi, qolganlari kichik harf bilan. A harfi o‘rniga O yozilgan. Baliq boshidan… deganday bizni bizning ilmsizligimiz ham boshdan » deya kuyinmoqda eltuz obunachisi.

Va nihoyat so‘nggi maktub Surxondaryo viloyatidan tumanidan. Sheroboddagi zaharli tutundan yashab bo‘lmayapti

«Assalomu alaykum, Eltuz portali!

Surxondaryo viloyati Sherobod tumani Mehrobod mahallasi shundoq xalqaro trassa yonida joylashgan g‘isht sexining tutunidan bir necha yillardan buyon bezor bo‘ldik.

Yozda hamma hovlida yotadi. Bu achimsiq zaharli tutun nahotki birorta tegishli insonlar dimog‘iga yetib bormagan bo‘lsa. Uning yonida yaqinda qurilishi tugatilayotgan benzozapravka bilan g‘isht sexining  orasi 20-30 metr. Undan otilgan uchqun birorta falokat olib kelishini mumkin. Oddiy xalq hech qaerga murojaat qilolmaymiz. Chunki baribir foydasi yo‘q. Hech kimning kuchi yetmaydi baribir bunaqa ekologiya buzilishiga.

Shaxsimizni ochiqlolmaymiz. Uzr, shuni imkoni bo‘lsa chiqaringizlar, zora tutun sal dimog‘ini qitiqlab o‘tsa. Rahmat.» deya yozmoqda g‘isht zavodi zaharidan bo‘g‘ilayotgan lekin shaxsini ochiqlashni ham istamayotgan sherobodliklar.

Va bu sizga yetkazganimiz bugungi so‘nggi maktub edi. Eslatamiz, eltuz portali telegramdagi alohida sahifadir. U erga xatlar uchun maxsus bot o‘rnatilgan. Eltuz kelayotgan shikoyatlar, videomurojaatlar, takliflar va ularga yozilgan javoblarni ham chop qilishga intiladi. Eslatib o‘tamiz, ayni soniyalarda kanalimiz obunachilari soni 669,900 nafarga yetdi.  Kanalimizga obuna bo‘ling. Agar ko‘rsatuvimizni qo‘llab quvvatlamoqchi, yoki ayrim yopiq videolarni ko‘rmoqchi bo‘lsangiz super raxmat tugmachasini bosing.  Sog‘ bo‘ling.

Tag‘in o‘qing
28 noyabr 2024
O‘zbekistonlik 28 nafar fermer O‘zbekiston prezidentining agrar islohoti o‘zbek dehqonini 100 yillik moddiy va ma'naviy kishanlardan ozod qilishning ilk ...
12 dekabr 2017
12 dekabr kuni taniqli mustaqil jurnalist, 45 yoshli Sid Yanishev Toshkent shahridagi 61-militsiya tayanch punkti xodimlari tomonidan hibsga olindi. ...
28 oktyabr 2016
Shu yilning 11 dekabrida reportaj fotografi sifatida dunyoga tanilgan fotojurnalist Yuriy Abramochkin 80 yoshga to‘ladi. Uning axborotlarga bo‘lgan rasmiy ...
8 mart 2021
Rassom Elsevar Eltuz.com
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...