Asosiy mavzular
8 sentyabr 2024

Yolg‘on va'da, buzilayotgan masjid va buxoroliklar ko‘zyoshi – EP181

Eltuz portaliga xatlar yog‘ilishda davom etmoqda. So‘nggi beshta maktub O‘zbekistonning Xorazm, Buxoro va Namangan viloyatlaridan kelgan. E'tiboringizga taqdim etiladigan dastlabki maktub Xorazm viloyatining Gurlan tumanidan. Eltuzda chop etilgan shikoyat yuzasidan muammo yechildi deya rasmiylar noto‘g‘ri xabar berishgani iddao qilinmoqda. Eski hammom, eski tos.

«Assalomu alaykum Eltuz, Sizga Xorazm viloyati Gurlan tumani 51-ko‘p qavatli uydan murojaat qilmoqdamiz. O‘tgan safar sizga murojaat qilgach, bir qancha ma'sullar kelib, masalani hal qildik, deb yolg‘on ma'lumot berishdi, podvalni boshqa tomonini rasmga olib, ko‘z bo‘yamachilik qilishdi. Yana o‘sha hol, eski hammom eski tos bo‘lib yotibdi, endi bu safar uyimizga tushayotgan yoriqlarni ham qo‘shib o‘tmoqchimiz. Ma'sullar qachon bu muammoga vijdonan yondashishadi? Quvurlar umuman talab darajasida emas, damda yorilib suv oqmoqda, fasadlar haqida gapirmasa ham bo‘ladi, dahshat. Podvaldagi kanalizatsiya suvi tufayli podvalda har xil hashoratlar paydo bo‘ldi.» deya yozishmoqda gurlanliklar. 

Buxoroning Ko‘ksaroyida ham ayni ahvol. Ko‘p qavatli uylar bir yildan buyon ta'mirsiz qolmoqda. 

«Buxoro shahar Ko‘ksaroy MFYdagi yangi ko‘p qavatli uylardan bir yil oldin uy olgan edim. 

Hali pod'ezdlari tayyor emas, lift o‘rnatilmagan, ichki yo‘lakchalar abgor ahvolda. Axlat tashlash uchun joylar mavjud emas, bolalar maydonchasi nomigagina qilingan. 

Topshirilganiga ancha bo‘lgan bo‘lishiga qaramay, hali hanuz quruvchi o‘z majburiyatlarini bajarmayapti. Nimaga Xalqni qiynayotgan masalaga parda ortidan qaralyapti. Quruvchisi «Alisher Nilufar» MChJ. Qabul qiluvchi tashkilotlar quruvchi majburiyatini bajarmagan bo‘lsa ham qabul qilgan domni. 

Vaholangki domni sotayotganda lift, bolalar maydonchasi, avto turargoh va boshqa sharoitlar qilinib berilishi va'da qilingan. 

Tegishli tashkilotlar muammoni hal qilib berishlarini soʻraymiz.» Deya yozmoqda Ko‘ksaroy turg‘uni.

Keyingi maktub ham Buxorodan. Yangi masjid qurib, eski machitni buzishmoqchi.

EP: “Xalq ko‘magida qurilayotgan masjid buzib yuborilmasin”

 “Salom eltuz adminlari! Buxoro viloyati Jondor tuman Po‘loti mahallasidan murojaat yo‘llayapmiz. Mahallamizda Mustaqillik sharofati bilan chet ellarga ketib qolgan yurtdoshimiz Abdujalil Madaniy Turkistoniy homiyligida masjid qurilib ishga tushirilgan edi. O‘sha masjid atrofida 2021 yil Ramazon oyida yangi zamonaviy masjid qurilishi boshlandi. Xalq ko‘magida qurilib ishga tushirilayotgan masjid qaysidir rahbarga yoqmay qolib buzilmoqda. Yurtimizda tarixiy qadamjolarni obod qilish, masjidlar barpo etishga katta e'tibor qaratilmoqda. Aholi nomidan ushbu masjid saqlab qolinishini so‘raymiz” deya yozmoqda Jondor turg‘uni.

Navbatdagi maktub Namangandan. Chiqindi poligonidagi yong‘in bir oydan beri bartaraf etilmayapti

 “Assalomu alaykum Eltuz! Namangan viloyati Chortoq tumani Kushan qishlog‘idan murojaat yo‘llayapmiz.

Qishlog‘imizdagi chiqindi poligonida chiqindi yoqib yuborilgan. “Svalka”dagi yong‘in bir oydan beri bartaraf etilmayapti. Ekologiya idorasi va boshqa mutasaddilar holatga e'tibor qaratishini so‘raymiz” deya yozmoqda Chortoqlik fuqaro.

Va begunki so‘nggi maktub Buxoroning G‘ijduvon tumanidan. Mahalla yaqinida sassiq go‘ng uyumi yig‘ilgan.

 “Buxoro viloyati Gʻijduvon tumani Mirakon mahallasidan murojaat yo‘llayapmiz. Mahallamizga kirishda, Qarchig‘aydan qaytishda 40-50 metr joyda mol go‘ngi yig‘ilgan. Noxush hiddan odamning ko‘ziga yosh keladi. Mahalla ahli nomidan shu hududni obodonlashtirib berishlarini iltimos qilamiz” deya ko‘zyosh to‘kishmoqda g‘ijduvonliklar qo‘lansa hid achchig‘idan.

Va bu sizga yetkazganimiz bugungi so‘nggi murojaat edi. Yana bir bor eslatamiz, eltuz portali telegramdagi alohida sahifadir. U erga xatlar uchun maxsus bot o‘rnatilgan. Eltuz kelayotgan shikoyatlar, videomurojaatlar, takliflar va ularga yozilgan javoblarni ham chop qilishga intiladi. Eslatib o‘tamiz, ayni soniyalarda kanalimiz obunachilari soni 676 mingdan oshdi.  Kanalimizga obuna bo‘ling. Agar ko‘rsatuvimizni qo‘llab quvvatlamoqchi, yoki ayrim yopiq videolarni ko‘rmoqchi bo‘lsangiz super raxmat tugmachasini bosing.  Sog‘ bo‘ling.

Tag‘in o‘qing
3 may 2020
Rassom Kirpi
1 noyabr 2023
Xayrli kun, Eltuz kanali obunachilari! Xonimlar va janoblar! O‘zbekistonda Bosh vazir qarorini bekor qilgan rektor borligini bilasizmi? Bilmasangiz, ushbu ...
26 noyabr 2023
kun.uz muxbiri Bobur Akmalov tolibon formatidag propaganda bilan shug‘ullanib xotin qizlarning O‘zbekiston konstitutsiyasi kafolatlagan huquqiga shak keltirmoqda. Menimcha u ...
13 iyun 2023
Gulnora Karimova ayollar qamoqxonasidan uy qamog‘iga o‘tkazilgani haqida xabarlar kelmoqda. Tafsiloti Eltuzga ma'lum emas. +++ Islom Karimovning birinchi xotinidan ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...