Asosiy mavzular
13 iyun 2023

Karimovning xotini sudga berildi, rus kemasi halokatga uchradi – 600’47

Gulnora Karimova ayollar qamoqxonasidan uy qamog‘iga o‘tkazilgani haqida xabarlar kelmoqda. Tafsiloti Eltuzga ma'lum emas.

+++

Islom Karimovning birinchi xotinidan bo‘lgan o‘g‘li Petr Tatyana Karimovani sudga berdi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yakkasaroy tumanlararo sudida Pyotr Karimovning sobiq birinchi xonimi Tatyana Karimovaga nisbatan da'vo arizasi ko‘rib chiqiladi. 

Toshkent shahar sudi rasmiy saytida joylashtirilgan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudi tomonidan 26 iyun kuni ko‘rib chiqiladigan ishlar ro‘yxatida qayd etilishicha, Pyotr Karimov vorislik huquqidan kelib chiqqan nizo ortidan da'vo arizasi kiritgan.

Pyotr Karimov O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning Natalya Kuchma bilan nikohidan 1969 yili tug‘ilgan to‘ng‘ich farzandidir. 

Shu yili Karimov va Kuchma ajrashgan. 

Natalya Kuchma 2008 yilda Toshkentda vafot etgan.

54 yoshli Pyotr Karimov 1990 yillardan buyon asosan Moskvada istiqomat qilib keladi.

Toshkent Xalq xo‘jaligi institutini 1988 yilda bitirgan Pyotr bir muddat bank-moliya sohasida va «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasida ishlagan.

+++

Shumanaydagi “Yekoteks”da yong‘in sodir bo‘ldi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bergan ma'lumotga ko‘ra, yong‘in zavodning tashqi qismida saqlanadigan paxta bunkerlarida yuz bergan.  Zavod binosiga zarar yetmagan.  Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra,  yong‘inga qurilish ishlarini olib borishda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda

+++

YaNGIHAYoTLIKLAR YoZ ChILLASIDA QIShDAN XAVOTIRDA                         Ko‘rayotganingiz ikki surat Toshkentning Yangihayot tumanida 12 iyun tunida olingan. Toshkentda anomal sovuqda umuman sveti va gazi o‘chmagan bu tumanga ham qorong‘ulik keldi. Yangihayotlik Eltuz obunachisining yozg‘irishicha, tumandagi yangi podstantsiyaga boshqa tumanlar ulanib, svet muntazam o‘chmoqda. «Tuppa tuzuk ishlab turgan podstantsiyaga ortiqcha yuklamalar berish uchun qanchalar ahmoq bo‘lish kerak,Yangihayotliklar bu yil qishda sovuqotishdan qo‘rqishmoqda.» – deydi Eltuz obunachisi. 

+++

MIRZO ULUG‘BYeK TUMANIDAGI MAHALLADA ELYeKTR SIMLARI SUV OSTIDA QOLDI

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Milliy bog‘ ikki qavatli uy yashovchilari bir necha kundan buyon mahallada kanalizatsiya o‘tkazish uchun tayyor qilingan bir yillik asfalt traktor bilan kovlanib buzilgani, natijada yer osti trubalari yorilib, elektr simlari suv ostida qolib ketganidan shikoyat qilishmoqda. 

Buning oqibatida birinchi qavat xodadonlariga suv sizib kira boshlagan.»   

+++

Chet elliklar uchun o‘zbek tili o‘quv darsligi chiqdi. Chetda yurgan o‘zbekistonliklar va ularning o‘zbekchani bilmaydigan bolalari uchun ona tilini o‘rganish uchun qulay qo‘llanma.

+++

O‘zbekiston va Ummon terma jamoalari futbol matchida 1xbet reklama qilinmoqda. Eltuz obunachilari e'tirofiga ko‘ra O‘zbekistonda qimor (bukmekerlik faoliyati) taqiqlangan.

+++

Yakkabog‘lik fuqaro terroristik tashkilotlar va diniy ekstremistik oqimlar g‘oyaviy rahnamolari bo‘lgan Abdulloh Zufar, Abdulloh Buxoriy, Sodiq Samarqandiy, Mahmud Abdulmo‘min va boshqalarning “hijrat” va “jihod” qilishga hamda islomiy davlat qurishga chorlovchi ma'ruzalarini tarqatgani uchun olti yilga kesildi.  Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkabog‘ tuman sudining hukmi bilan, mazkur shaxs Jinoyat Kodeksining 1553, 159 va 244 (1)-moddalari bilan aybdor deb topilib, unga nisbatan 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.

+++

1 iyundan 2 iyunga o‘tar kechasi Qashqadaryo viloyati Koson tumani Beshqo‘tan mahallasida Begim Adizov xotini Shahnoza Boymonovani uch norasida farzandi ko‘z o‘ngida qiynoqqa solib, urib, bo‘g‘ib o‘ldirib, arqon bilan osib qo‘ydi. Hodisa er 28 yashar xotinini majburlab, homilasini oldirib kelgach o‘rtada boshlangan janjal natijasida yuz berdi. Guvohlarning Eltuzga ma'lum qilishicha, Shahnoza eriga zorlanib, qornidagi bola qiz ekani, uni abort qildirmoqchi emasligini aytgan. Biroq Begim “qizing ham, o‘zing ham kerak emassan, boshqa xotin olaman, jonimga tegib ketdi san bilan yashash” deb, ayolni homilasini olib tashlashga majburlagan. 

Qotillikka guvoh bo‘lgan farzandlar “otam onamni ustiga minib olib bo‘g‘di, onam rosa tipirchilab, qo‘llari osilib jim bo‘lib qoldi, ko‘zlarini qaytib ochmadilar,” deya, bo‘lgan hodisani tasvirlaganlar. 

Bu oila 2017 yildan buyon notinch bo‘lgan. Mahalla, imomlar, jamoatchilik vakillari sobiq rais Shokir Rahimov va sobiq rais o‘rinbosari Muxabbat Toshnazarova bu er-xotinni yarashtirib kelgan. Ayol go‘rda, bolalar yetim qoldi.

+++

Shahrisabz tug‘ruqxonasidagi doyalar shanbalikka chiqishga majburlanmoqda

Eltuzga yetib kelgan telegram yozishmasida Bekjon Botirbekov nomli shaxs Shahrisabz shahri tug‘ruqxonasi hamshiralaridan shanbalikka chiqishni talab qilgani iddao qilinadi. Bekjon Botirbekov aks holda hamshiralardan navbatchilikni (qo‘shimcha ish haqi olish manbai) olib tashlash bilan tahdid qilgan.

+++

Quyosh panellari Namanganda xususiy monopolistlar qo‘li ostiga o‘tgani iddao qilinmoqda

Bir nechta xususiy tadbirkorlarga ko‘ra, Namangan  viloyat rahbariyati quyosh panellarini Xitoydan keltirib, byudjet tashkilotlariga o‘rnatish huquqini faqat faqat bitta shirkatga bermoqda. Bu shirkan Namangan viloyat Davlatobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan SAMO BUILD-14 shirkatidir.

“Biz tadbirkorlar haqqoniy tender savdolarida qatnashgan taqdirimizda ham yuta olmayapmiz, bosim qilishyapti hokimiyatdan. Biz tender savdolarida eng past narx bersak ham, viloyat hokimligiga tegishli firmalar tenderlarni yutib ketyapti,” deya Eltuzga arz qildi tadbirkorlar.

Quyosh panelini o‘rnatish bilan shug‘ullanuvchi xususiy tadbirkorlarga viloyat rahbarlari viloyat hokimligidan topshiriq borligini bildirishgan, viloyat hokimligiga esa respublikadan topshiriq kelgan, men ular aytgan SAMO BUILD-14 bilan ishlashga majburman” deb aytishgan. 

Bu tadbirkorlarga ko‘ra, qayd etilgan shirkat Navbahor  stadioni rahbari  Oybek Samatovga tegishli.

+++

Oliy sudda 5 iyun kuni Nukus voqealarida ayblanib qamalgan 16 kishining shikoyatlari va shartli hukm chiqarilgan 4 nafar sudlanuvchiga nisbatan prokuraturaning protestini apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqish yakunlandi.

Oliy sud ajrimiga muvofiq 8 sudlanuvchining qamoq jazosi ozodlikni cheklash bilan almashtirildi, 6 sudlanuvchining jazo muddati qisqartirildi.

Nukus voqealari bo‘yicha asosiy ayblanuvchi sifatida ko‘rilgan Dauletmurat Tajimuratovga belgilangan 16 yillik qamoq jazosi o‘zgarishsiz qoldirildi. «Al qasosul min al haq»  dedi sudda Qoraqalpoq ayirmachilari lideri Dauletmurat, IShID jangarilari ritorikasiga xos ohangda.

+++

Umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan 81 yoshli terrorchi Teodor Kachinskiy turmada o‘ldi. AQShda o‘z faoliyati bilan unobomber laqabini olgan Kachinskiy iste'dodli matematik ham edi. 20 yoshida u Garvard Universitetini tugatgan. Qolgan 17 yil davomida o‘rmonda yashirinib o‘z qurbonlariga bombali posilkalar jo‘natgan. Buning natijasida 3 kishi o‘lgan 23 nafar shaxs yarador bo‘lgan edi.

+++

Peterburgdagi zavodlardan birida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. Vitebsk prospektidagi sanoat korxonasi binosi yonmoqda.

+++

Irkutsk viloyatining Kirensk tumanidan o‘tadigan Lena daryosida ikki kema tanker to‘qnashuvi oqibatida falokat yuz berdi. 138 tonna benzin ortilgan rus kemasi avariyaga uchragan va viloyat bo‘ylab favqulodda xolat e'lon qilingan.

+++

Ënginagizda yuz bergan ammo siz bilmagan voqealardan habar topmoqchi bo‘lsangiz Eltuz kanaliga obuna bo‘ling.

Tag‘in o‘qing
31 oktyabr 2015
O‘tgan yili shu paytlarda ukrainalik qochqinlar ko‘p edi. Hujjat ishlarim sabab tegishli tashkilotlarga borib turaman. Ko‘p yillardan buyon qatnayvergach ...
13 fevral 2018
Prezident Mirziyoev 13 fevral kuni Davlat bojxona qo‘mitasi raisi general Muidjon Tohiriyni ishdan olib, o‘rniga Murodjon Azimovni tayinladi. O‘zbekiston ...
2 avgust 2021
Separatizm deya talqin qilingan virtual chiqishlari va o‘zbek lotin yozuvi joriy qilinishi bo‘yicha mavjud qonunlarga qarshiligi ortidan nazoratga olingan ...
21 avgust 2018
Hukumatning ko‘ngilochar maskanlarga reydlari ortidan o‘zbek matbuotida «tungi klublar»larni yomonotliq qilish avj oldi. Ayni tendentsiyadagi ko‘rsatuvlarni «Yoshlar» telekanali uzatdi. ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...