O‘zbek hukumati qarorlari amalda
Kleptokratiya hukmron O‘zbekistonda bugungi kunda qog‘ozbozlik amaldorlarining oddiy ish yo‘siniga aylangan. Oddiy odamlar u yoqda tursin, Eltuz.com yaqinda e'lon qilgan materialdagi kabi, uzoq yillar mudofaa kuchlarida ishlagan sobiq podpolkovnikning xojatxona qurishga ruhsat olishi uzoq yillarga cho‘zilishi mumkin.
Buning uchun unga loyihalashtirish instituti, hokimlik, prokuratura, vazirlar mahkamasi, prezident devoni muxrlari urilgan qarorlar lozim. Ba'zan esa bu hujjatlarni yig‘ishga odamlarning umri ham yetmaydi. Chunki, har yili eski qarorlarni o‘zgartirish haqida qarorlar chiqadi.
Masalan, yaqinda O‘zbekiston prezidenti qaroriga binoan mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tarkibi o‘zgartirildi. Endi bu vazirlik Mehnat vazirligi deb ataladi. Aholini ijtimoiy muhofaza qilish bilan bog‘liq vazifalar Sog‘likni saqlash vazirligi ixtiyoriga o‘tkazilgan. Muhtoj oilalarga moddiy yordam berish, ijtimoiy nafaqalar to‘lanishini bundan keyin Moliya vazirligi shug‘ullanadi.
Bu degani, vazirlikka yillar davomida arz qilib kelgan muhtoj oilalarning 22 fevraldan boshlab tag‘in boshi berk ko‘chaga kiritilganini anglatadi.
Rassom Elsevar
Eltuz.com