Farhod Jo‘raev: «Tamilaxon, endi ruhshunosga uchrang…»
Turli nashrlar va ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbeknavo raxbari Farhod Jo‘raevning xonandaga sahnaga chiqish emas, ruhshunosga uchrash tavsiyasini bergani haqidagi xabar tarqaldi.
Jumladan Podrobno.uz nashriga bergan intervyusida Farhod Jo‘raev Tamilaning hech qachon litsenziya ololmasligini aytgan: «Xullas, uning avholi yaxshi emasligi shundoq ko‘rinib turibdi. U sahnaga emas, poliklinika psixologiga uchrashi kerak», degan.
Tamila Telegram ijtimoiy tarmog‘ida tarqalgan «behayo videolar» ortidan 2016 yilning 1 fevralida litsenziyadan mahrum etilgan. 28 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videoda Tamila bankada qandaydir ichimlik ichib o‘tirgan tarzda ko‘ringan, noma'lum erkak o‘zbek xonandasi Tamila ekani iddao qilinayotgan ayoldan yulduz bo‘lguniga qadar u kim bo‘lgani haqida so‘ragani aks etgan edi.
Bunga javoban ayol shartta o‘rnidan turib, ishtonini yechib, ketini kameraga qaratib ko‘rsatgandi.
Voqeadan sal o‘tib Feysbukda Je suis Tamila (Men ham Tamilaman) deya atalgan Tamila himoyachilari guruhi ochilgan.
Keyinchalik guruhda uning videodagi shaxs mutlaqo o‘zi emasligi haqidagi videomurojaati paydo bo‘lgach, uning faollari guruh nomini «Je ne suis pas Tamila!» (Men Tamila emasman) deya o‘zgartirishga majbur bo‘lishdi.
Bugunga kelib esa, «O‘zbeknavo» estrada kontsert birlashmasi raxbariyati masalaga oydinlik kiritib, ijtimoiy tarmoqda «keti ochilgani uchun» xonanda Tamilani mutlaqo litsenziyadan mahrum qoldirganini bildirdi.
Sahnaga chiqishi taqiqlangan Tamilaga oid gap so‘zlar, foto va videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan bir paytda, Eltuz.com nashri rassom Tuzning ayni mavzudagi hajviy suratini taqdim etadi.
Rassom Tuz
Eltuz.com