Erkin Komilov: «Q… bormi Toshkentda?»
O‘zbekiston Xalq artisti Erkin Komilovning o‘zi bilan sodir bo‘lgan voqeani ayta turib, Toshkentga viloyatdan kelayotganlarni uyat gap bilan so‘kkanini aytib, maqtangani ovoza bo‘ldi.
Telegrammda paydo bo‘lgan video, yutubga va boshqa ijtimoiy tarmoqlarga ko‘chdi.
Erkin Komilov ayni videoda «Odam savdosi» bo‘yicha tadbir mutasaddisi bo‘lib Jizzaxdan Sirdaryoga kelayotgan payti vodiydan kelayotgan mashina egalari uni ko‘rib, birga rasmga tushmoqchi bo‘lishgani haqida zaharxanda bilan eslaydi.
«Ozodbek degan prokuraturani sho‘piri olib yuradi mani, orqada o‘tiraman…» deya gap boshlaydi u.
Asli o‘zi qishloqdan, Andijonning Ho‘jaobodida tug‘ilgan mashhur o‘zbek madaniyati arbobi videoda viloyatlardagi vatandoshlaridan ijirg‘anishini yashirmaydi.
“Qatdan kelayapsizlar?” desam, “Samarqanddan» dedi. (kuladi), Samarqandni aylandik, mexmonxonada yotdik, xotinim bilan ziyorat qildik”, u-bu dedi, “Endi qaerga ketyapsizlar?” desam, “Toshkentga” deb aytdi.
Men shunda “endi hamma pulni Samarqandda sarflab, cho‘ntakda bir tiyin yo‘q, Toshkentga ketyapsizlarmi? “Qizil gullar ochganda, cho‘ntakdan pul qochganda, “q…” bormi Toshkentda” (qahqaha otib kulishadi).
Rassom Adolat
Eltuz.com