Asosiy mavzular
12 may 2021

Avtobus 5-qism Sazoyi

“Abdulla G‘arib Prodakshn”, rassom Elsevar, rassom Tuz va “Eltuz” yangi siyosiy satirik animatsion filmlar turkumining beshinchi qismini taqdim etadi. Avtobusni traktor shatakka olib tortib ketyapti. Yo‘lovchilar traktorchi sha'niga alyor aytishdan to‘xtashadi.

Haydovchi: – Hurmatli avtobus xalqi. Bizni tortib ketayotgan o‘ris traktorchiga pul yig‘ib berishimiz kerak. Bitta qo‘shiq bilan ish bitmaydi.

Chiptachi: Juda to‘g‘ri gap. 30 yillik aravani tortish har qanday traktorga og‘irlik qiladi. Bo‘sh qop tik turmaydi. Ho‘llamasang ignadan ip ham o‘tmaydi.

Olifta: O‘ris traktorchi bizni ho‘llamay qildi demoqchimisiz, xola? (Kulgi)

Mulla: Yo‘l haqini berishlik joiz.

Chol: Avtobusga chipta olgandi-ku hamma. Nima, endi o‘ris amaki shatakka olgani uchun qo‘shimcha o‘lpon to‘laymizmi? Bu nima bedodlik?

Ko‘zoynak: Voqelikka to‘g‘ri baho beraylik. Biz endi avtobus ham emasmiz. Kimdir shatakka olgan shaldiroq aravamiz. Ming la'nat sho‘pirga.

Hamma birdan: Ming la'nat sho‘pirga.

Chol: Bu o‘ris traktorchi bizni umrbod tortib yurmaydi. Bor-budimizni shilib, avtobusni metallolomga topshirvoradi. Biz esa ko‘chada qolamiz manzilimizga yetolmay. Ming la'nat sho‘pirga.

Hamma birdan: Ming la'nat sho‘pirga.

Chiptachi: O‘ylab gapiringlar, xaloyiq. Vaziyat og‘ir. Shunday og‘ir vaziyatda bizdan Xitoy hatto pulimizga bitta g‘ildirakni hanuz bermadi. Shunday murakkab sharoitda bizni o‘ris traktorchiga tirkagan kim? Sho‘pir, albatta. Ming rahmat sho‘pirga.

Hamma birdan: Ming rahmat sho‘pirga.

Chiptachi: Mulla tog‘a aytganidek, sho‘pir xudoning yerdagi soyasi. Sho‘pir avtobusning podshohi. Qani, ayting-chi, mulla muloyim tog‘a. Podshohga til tekkizib bo‘ladimi?

Mulla: (original ovozda javob beradi)

Hamma birdan: Ming rahmat sho‘pirga.

Olifta: Eslaring joyidami? Podshoh monarxiyada bo‘ladi. Bu oddiy avtobus-ku. Uje avtobusammas. O‘ris tog‘aning buzuq traktoriga qo‘shilgan shaldiroq arava.

Chol: Bolam, sen o‘qigan ko‘rinasan. Biror taklifing bo‘lsa, ayt. Biz yo u yoqlik, yo bu yoqlik bo‘laylik. 4 yildan beri faqat qulog‘imizga lag‘mon ildi bu sho‘pir.

Olifta: Mana qog‘oz, imzo yig‘amiz. Ko‘zoynakli amakini sho‘pir qilish bo‘yicha imzo.

Chol: Barakalla. Hamma narsa dokumentalniy bo‘lgani yaxshi. Shu orqa qatordan boshlab imzo qo‘yinglar. Men keyinroq vaziyatga qarab imzo chekaman.

(G‘alag‘ovur)

Haydovchi: To‘g‘risi, menga baribir. Avtobus sho‘piri Shovvozsoyda. Ruli ishlamaydi. Men jon deb lyuboy odamga bo‘shatib beraman.

Chiptachi: Yo‘q, bu davlatga xiyonat. Manavi olifta yiqqan imzolar haqiqiy emas. Mana, xonimchi xoladan so‘raylik-chi. Siz imzo chekdingizmi o‘zi?

Xonimchi: Bu olifta meni aldab imzo qo‘ydirib oldi. Imzo qo‘ysang, xonim olaman, dedi. Men ojiza bir ayol bo‘lsam, bilmasdan imzo chekib qo‘yibman. Ey olifta, nega meni aldab imzo qo‘ydirding!

Erkak kishi (yangi personaj): Kim seni yo‘ldan urdi? (Original ovoz)

Olifta: Hech kim yo‘ldan urmadi. Shunchaki avtobus sho‘pri almashsin dedim, xolos. Sho‘pir eplolmayapti-ku.

G‘alag‘ovur

Xonimchi ayol: Bizning avtobusimiz ichida notinchlik chiqargan bu oliftani 11 yilga qamash kerak. Ming la'nat.

Hamma: Ming la'nat.

Chiptachi:  Umrbod qamash kerak buni. Avtobusdan tushirib yuborish kerak.

Haydovchi: 6 yil qamasak yetadi. Biz odamxo‘r emasmiz. Shunchaki yangi avtobus.

(knopkani bosadi. Qo‘shiq yangraydi)

Meni qiynading aldab-aldab,

Ey va'dasi yolg‘on zolotoy.

Senga ovoz bergandim-a,

Ey gaplari yolg‘onchi boy.

Tovuq boqmayman demadim-ku,

Limon ekmayman demadim-ku,

Sendan topdim faqatgina azob,

Va'dangga vafo qilmading-ku.

Otilar ekan tosh,

Ërilar ekan bosh

Ëlg‘on siyosat dastidan.

Ovvora bo‘lib bosh,

Ko‘zimdan oqar yosh

Yolg‘on siyosat dastidan.

Faqat seni saylab,

Hammadan avaylab,

Juda-juda qattiq adashdim,

Oqardi sochim, yorildi boshim,

Juda-juda qattiq adashdim.

Otilar ekan tosh,

Ërilar ekan bosh

Ëlg‘on siyosat dastidan,

Juda-juda qattiq adashdim.

eltuz.com

Tag‘in o‘qing
5 may 2015
«Rossiya bizni bosib oladimi¸bayrog‘imizni yulib olib yerga tashlab ¸bizni qul qiladimi bizga baribir. Qorin to‘q cho‘ntak but bo‘lsa bo‘lgani» ...
8 aprel 2020
17 yildan buyon Britaniyada istiqomat qilayotgan qishloq xo‘jaligi fanlari doktori¸ professor¸ agrokimyogar, tuproqshunos olim Ahmadjon Xorazmiy (Ahmad Hasanov) 5 ...
28 may 2019
Moliya vazirligi xodimlari tomonidan byudjet tashkilotlarida o‘tgan yili va joriy yilning birinchi choragi davomida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari bu muassasalarning ...
20 fevral 2024
Minglab o‘zbeklarni arabistonda sarson qilib qoldirib ketgan «Ummat uchun» firmasi doxil 42 shirkat ustidan ochilgan jinoyat ishi doirasida o‘nlab ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...