Toshkentda archalar bo‘yalmoqda
Mustaqillik kuni arafasida archalarning bo‘yalishi haqidagi navbatdagi rasmni eltuz.comga rassom Adolat yo‘lladi. Bunda quyoshda sarg‘ayib qurigan archani bo‘yayotgan farrosh ayol aks etgan.
O‘zbekiston hukumati egalarining mantiqsiz amalini ifoda etuvchi bu manzara «Hokimiyat odamni buzadi, mutlaq hokimiyat esa uni mutlaq harob etadi» degan bovariyalik mashxur faylasuf Djon Dalberg-Aktonning qanchapik haq ekanini anglatadi.
Aerozol bilan bo‘yalgan qurigan archalar surati Feysbukka tashlanishi bilan boshlangan munozara ijtimoiy saytlarda hanuz davom etmoqda.
Toshkent hiyobonlaridagi kesilgan behisob navqiron daraxtlar o‘rnida ekilgan archalarni bo‘yash, sirti yaltiroq, ichi qaltiroq mamlakat manzarasiga aylandi.
Issiq iqlimga chidamay qurigan bu archalarning bir vaqtlar «daraxtkesar hukumat raxbarlari» zug‘umi ostida aholiga majburan ektirilgani ko‘pchilikka sir emas.
Hiyobonlarda chopilgan azim daraxtlar o‘rniga ekilganu, ko‘karmagan archalarni bo‘yab ko‘rsatish, binolarning ichki kommunikatsiyasi, kanalizatsiya tizimini yangilash o‘rniga ularning sirtini plastik bilan qoplash kabi zararli amallarning uzviy davomidir.
Rassom Adolat
Eltuz.com