Catira
19 sentyabr 2016

Klonlashtirilgan saylovlar

16 sentyabr kuni O‘zbekistondagi O‘zLiDep partiyasidan mamlakat vaqtli prezidenti Shavkat Mirziyoevning nomzodini ilgari surilgandi.

Uning ortidan rasmiyatchilik uchungina ko‘rsatiladigan, nomi kamdan kam quloqqa chalinadigan shaxslarning nomzodlari ham ilgari surildi.

Hususan ular «Milliy Tiklanish» partiyasidan Sarvar Otamurodov, «Adolat» partiyasidan Narimov Umarov, Xalq demokratik partiyasidan Hotamjon Ketmonovlardir.

Nomzodlardan Xotamjon Ketmonov va Narimon Umarovlarning 2015 yilgi saylovlarda qatnashgani va 3 foizga yaqin ovoz olishganini bilamiz.
Hammadan oldin start chizig‘iga yetib kelgan Bosh vazir Shavkat Mirziyoevning O‘zbekiston konstitutsiyasiga xilof tarzda bo‘shagan prezidentlik kursisida Senat raisi o‘rnida paydo bo‘lgani ma'lum.

Qolgan nomzodlarni esa hech kim kuch jihatdan unga teng keladigan nomzod sifatida ko‘rmayapti.

Hususan, ilgari turli ekspertlar tomonidan Mirziyovga raqobatchi deya sanab kelingan Moliya vaziri Rustam Azimovning nomzodi ro‘yxatlarda yo‘q.

«Oybolta bilan qurollangan Shavkat Mirziyoev o‘zi qo‘ygan ketmonlarga qarshi ot suradi» deydi Eltuz.com nashriga saylov kampaniyasi plakatiga ishlagan rasmini jo‘natgan rassom Kirpi.

Rassom Kirpi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
17 oktyabr 2019
O‘zbekiston siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayoti yangiliklarini yoritib kelayotgan togri.uz sayti faoliyati 14 oktyabrda to‘xtatildi. Sayt muharriri Xurshid ...
22 sentyabr 2016
Oliy Majlis amaldagi Bosh vazir Shavkat Mirziyoevni prezident vazifasini bajaruvchi etib tayinlaganidan so‘ng Qonunchilik palatasi deputati, Inson huquqlari milliy ...
11 fevral 2016
O‘zbekistonda deyarli barcha avtobuslarda haydovchilari ish vaqtida bemalol chekadilar va bunga hech qanday chora ko‘rilmaydi. Rassom Elsevar Eltuz.com
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...