Catira
26 sentyabr 2016

Mirziyoev va moliyaviy piramida

23 sentyabr kuni prezident vazifasini vaqtincha ijro etuvchi Shavkat Mirziyoev tomonidan imzolangan qonun O‘zbekistonda eng yirik moliyaviy piramida qurgani iddao qilingan 38 yoshli tadbirkor chinozlik Ahmadboy Tursunboev hibsga olinganidan uch oydan ko‘proq vaqt o‘tib kuchga kirdi.

Yangi qonunga ko‘ra, bunday jinoyat qilganlar endilikda «eng kam ish haqining 100 dan 300 barobarigacha miqdoridagi jarima yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlariga hukm etilishi yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi» mumkin.

Agarda moliyaviy piramida takroran yoki xavfli jinoyatchi tomonidan kommunikatsiya tarmoqlari yordamida barpo etilgan bo‘lsa, 7 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi alohida ta'kidlangan.

Chinozlik tadbirkor Ahmadboy Tursunov yiliga kamida 100 foiz divident va'dasini berib odamlardan omonat olish bilan shug‘ullanib kelgan, uning uyi tintuv kilinganida, 7,9 million dollar va ichi oltin buyumlar bilan to‘la sumkalar musodara qilingan, o‘zbek matbuoti “Tursunboevga pul berganlar soni 40 mingdan oshiq» ekanini ta'kidlagan edi.

Biroq, O‘zbekistonda pul va hokimiyat biri biridan ajralmas tushunchadir, shuning uchun, qaysidir chinozlik mayda tadbirkor, hukumatning rag‘batisiz uzoq vaqt turishi mumkin emas. Shu ma'noda, Axmadboyning vakili, uning orqasida «beton kabi mustahkam shaxs» turganini bildirgandi.

«Bu shaxsning kimligi qachon ochiqlanishi noma'lum, ba'zan bu sirlarning egasi uni o‘zi bilan qabrga olib ketadi», – deydi keksa kleptokrat Karimov o‘limiga ishora qilib, navbatdagi karikaturani Eltuz.com nashriga jo‘natgan rassom Adolat.

Rassom Adolat

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
30 avgust 2024
Bosqinchiga yordam bergan yurtdoshlaringizni tanib oling RT: Mana hafta zuvv etib aylanib, yana siz bilan yuzma yuzman. MS: Ovong ...
12 may 2023
Toshkent shahar IIBB axborot xizmati rahbari Nilufar Isaxonova  ko‘chada yuzlab odamlarning Stalinni olqishlab, qichqirishini qonuniy deb baholadi.
6 iyun 2024
Eltuz portaliga navbatdagi 5 ta maktub O‘zbekistonning Sirdaryo, Samarqand, Namangan va Qoraqalpog‘istondagi vatandoshlarimizdan kelgan. Tagi kovlanayotgan ko‘pqavatli bino qulab ...
8 fevral 2019
Burgut tog‘ning tepasidagi cho‘qqida qimirlamay o‘tirardi. Quyon bo‘lsa pastdagi adiru tepaliklarda yugurgani yugurgan edi. Bir kuni quyon burgutga qarab: ...
Bloglar
18 iyun 2025
«O‘zbekcha fikrlash»ni musorga otvormasak dunyoga razil bo‘lishda davom etamiz.Nima o‘zi «O‘zbekcha fikrlash»?Masalan O‘zbekiston qonunida «jins ...
16 iyun 2025
Teatr zamon yuziga ko‘zgu tutishi kerak. Lekin o‘zbek teatri buni eplay olmayapti. Drama yozadigan birorta ...
9 iyun 2025
Qadimgi turk bitiklari qisqa va chuqur ma'noli bo‘lgan. «Tashingdan barcha kishi kabi ko‘rin. Iching go‘zal ...