«Er kerakmi, yer kerak?»
Rassom Tuz o‘zining navbatdagi karikaturasida Shavkat Mirziyoevga yordam so‘rab murojaat qilayotgan o‘zbek yoshlari zehniyatiga nazar tashlaydi.
Bosh vazir virtual qabulxonasiga oyligini oshirishini so‘rab murojaat qilgan toshkentlik Ibroximov Shohjahon buning sababini «Kota bo‘lib qolgani» yaqinda, dekabrda «toyi» bo‘layotgani bilan izohlaydi, shuningdek, Malayziyaga asal oyi uchun bilet sovg‘a qilishini so‘raydi.
«Axir biz mustaqillik farzandlarimizayu» deya izohlaydi u.
Shahrisabzlik Zuhroxon ismli 28 yoshli ayol esa, unga «kelishgan, chiroyli, o‘qimishli, oilasiga mehribon, sog‘lom, moliyaviy tomonlama hamma narsasi bor» er kerakligini aytib Virtual qabulxonaga murojaat qilgan.
U bo‘lg‘usi turmush yo‘ldoshini Bosh vazir Shavkat Mirziyoevning shogirdlari orasidan izlayotganini yashirmaydi.
Buning sababini u chevar, «zamon talablariga mos kiyimlar tikadi», pazanda, «o‘ziga yarasha iffati, go‘zalligi ham bor, qaddi qomati kelishgan, tabiatan mehribon, jiddiy qiz» ekani bilan izohlaydi
Rassom Tuz
Eltuz.com