«Meni ham vitse-prezident qilasizmi?»
Hokimiyatni oilaviy boshqarish mintaqada urfga aylandimi?
21 fevral kuni, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Alievning xotini Mehribon o‘z eriga birinchi vitse-prezident bo‘ldi.
Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon esa shu yilning boshida o‘g‘li Rustamni Dushanbe shahriga hokim qilib tayinladi.
Bir yil oldin esa u qizi Ozoda Rahmonni Davlat ijro mahkamasi rahbari etib tayinlagan edi.
O‘zbekistonning o‘tgan yili o‘lgan prezidenti Islom Karimovning qizlari ham otasi tirikligida diplomatik lavozimlar sohibi bo‘lishgan.
Xususan Lola Karimova-Tillyaeva 2008 yil yanvaridan buyon O‘zbekistonning YuNYeSKOdagi Doimiy vakili hisoblanadi.
Yangi tayin bo‘lgan O‘zbekiston prezidenti Mirziyoev o‘z kuyovlarini mansab bilan siylagani haqida Eltuz.com yozgan edi.
Rassom Kirpi hokimiyatni oilaviy boshqarishning ehtimoliy istiqbolini hajv qiladi.
Rassom Kirpi
Eltuz.com