chorshanba,
18 dekabr 2024
28 fevral 2017
Dollar uchdi – so‘m o‘chdi!
28 fevral kuni dollarning rasmiy kursi deyarli 50 so‘mga qimmatladi, real kursi esa 7000 so‘mdan oshib ketdi.
Dollaruz.Com saytiga ko‘ra, bir kun ilgari Toshkentning “Chorsu” bozorida dollarning harid narxi 7020, sotuv narxi 7050 so‘mni tashkil etgan.
Ayni paytda, dollarning so‘mga nisbatan real kursi va O‘zbekiston Markaziy banki belgilagan rasmiy kursi orasidagi farq ancha katta – 3400 so‘mni tashkil qilmoqda.
Markaziy bank so‘nggi ikki hafta davomida dollar kursini (real 15 so‘m o‘rniga) 50 so‘mga oshirib kelmoqda.
Biroq, bu sur'at bilan ham Markaziy bankdan boshqa deyarli hamma rioya qilishga odatlangan real kurs darajasiga uning yeta olishi dargumon.
Rassom Tuz
Eltuz.com