Catira
15 mart 2017

«Har bahorda dollar oshadi…»

O‘n ming so‘mlik kupyura chiqishi haqidagi gaplar ortidan o‘tgan haftada AQSh dollari narxi rekord 7500 ga ko‘tarildi.

Bu mavzu yuzasidan hajviy rasm yo‘llagan rassom Tuz shoir Hamid Olimjonning bahor haqidagi mashhur she'riga parodiya ham bastaladi.

Xamyonlarin bezab dallollar
Tongda aytdi dollar narxini,
Dallol qurg‘ur kelib ilk sahar
Olib ketdi so‘mning barini.

Har bahorda shu bo‘lar takror,
Dollar kursi oshib ketadi,
Qancha tirishsam ham u beor
Dollar meni aldab ketadi.

Mana senga olam-olam pul,
Etagingga to‘lganicha ol,
Bunda so‘mlar har narsadan mo‘l,
Bir umrga konvert bo‘lmagan
so‘mlari bor shu o‘lkada qol.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
24 noyabr 2023
– Mana xafta zuvv etib aylanib yana siz bilan yuzma yuzman. MS: Ovong og‘o, bugun beshlanjiy gun. Gurungni sizdan ishitamiz. ...
9 yanvar 2022
Oqto‘ba Viloyat ichki ishlar boshqarmasi ikki nafar shaxsni “ommaviy tartibsizliklar uyushtirish” aybi bilan hibsga oldi, to‘qqiz kishiga nisbatan jinoyat ...
29 sentyabr 2022
Asrlardan beri surxonliklar o‘z dardu muammolarini qo‘shiqqa solib aytishadi. Yer¸ suv talashi va beklar zulmi baxshilarning yuz yillik repertuaridagi ...
18 may 2022
Yaqinda “Eltuz”da Namangan viloyati soliq tizimidagi korruptsion holatlar haqida e'lon qilingan maqolaga mamlakatning tegishli huquq-tartibot idoralari e'tibor qaratmadi. “Eltuz” ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...