«Kech qoldingiz, kuyov bola!»
15 iyun kungi selektor yig‘ilishida Prezident Mirziyoev qo‘sh xotinlik muammosini tilga oldi.
«ZAGS hujjati bo‘lmagan shaxslarga nikoh o‘qigan har qanday mullani, agar u vallomat bo‘lsa ham jazolaymiz» dedi prezident.
Biroq, tarmoqda bunga qarshi fikrlar ham yangramoqda:
Sevdora Latipova: «O‘ziga to‘q inson birorta beva ayolni nikohiga olishi mumkin emasmi?… Endi «nikohimga olishdan qo‘rqaman!» deya, zinokorlar ko‘payib ketsa, nima bo‘ladi?…»
Abbos Asad: «Qonunchilik imom-xatiblar o‘qigan nikohlarni tan olishi kerak. O‘z-o‘zidan, ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi xotinlar va ular tuqqan farzandlari ZAGSdan o‘tgan xotin va undan tug‘ilga farzandlar bilan bir xil huquqqa ega bo‘lishi kerak»
«To‘rt xotin olganlarni jannatda yetmish pari kutib olarkan, deganlarni, hozirdan o‘sha yerga kuzatsak bo‘lmaydimi? Ertaroq yetmish parining quchog‘iga borishsin» deya kinoya qiladi Aziza ismli yana bir yuzer.
Ayni mavzuni davom ettirgan rassom Tuz, prezidentning yangi qaroridan mulzam bo‘lgan imom, kuyov va kelinlar rasmini chizadi.
Rassom Tuz
Eltuz.com