Catira
2 oktyabr 2017

Rus cherkovi rahbari tashrifi arafasida rus shirkati Toshkentda aroq zavodi qurishini bildirdi

O‘tgan hafta oxirida Rus patriarxi Kirillning O‘zbekiston bo‘ylab safari boshlandi, shuningdek Toshkentda Rossiyaning yangi aroq zavodi qurilishi haqidagi xabarlar paydo bo‘ldi.

29 sentyabr kuni patriarx Kirillni qabul qilgan prezident Mirziyoev Rossiya va O‘zbekistonning strategik hamkorligidan kelib chiqib ushbu tashrif tarixiy ahamiyatga ega ekanini ta'kidladi.

Rossiyaning bosh ruhoniysi 2014 yildan rekonstruktsiyasi boshlangan Toshkentdagi eng katta Uspenskiy jome cherkovini borib ko‘rdi.

Shuningdek ko‘plab nashrlar, Toshkentda 51 foiz ulushi Rossiyaning «Selena» shirkatiga tegishli bo‘lgan yirik aroq zavodi qurilishi boshlanayotganini yozdi.

Toshkentdagi Rossiya aroq zavodining 2020 yilga borib ishga tushirilishi aytilmoqda.

Rassom Tuz Rossiya va O‘zbekiston munosabatlaridagi ayni voqealarni aks ettirishga harakat qiladi.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
20 oktyabr 2015
Gulnora Karimovaning nomi kuni kecha barchaning og‘zida edi. «Gulnora to‘ylar qilyaptimish!», «Gulnora degan duxi chikibdimish!», Gulnorani zapravkasida doim benzin ...
10 aprel 2018
Kanadada yashovchi Ulug‘bek Ashur shu bugungi kunda turli qora ishlarga majburlanayotgan o‘qituvchilarga atab yangi qo‘shiq kuyladi. «Eltuz» nashri studiyasi ...
15 mart 2018
O‘zbekistonda MXX (Milliy xavfsizlik xizmati) DXX (Davlat xavfsizlik xizmati)ga aylandi. Ayni paytda idoraning asosiy vazifalari printsipal tarzda o‘zgargani yo‘q. ...
20 oktyabr 2023
Bu ne kundir, atrofingga boqsang sekin, U ham kerak, sen ham kerak, men ham kerak. Barchamizni davrasiga to‘plab, lekin Bir ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...