Catira
18 oktyabr 2017

Terimchilar paxtaga endi poezdlarda tashilmoqda

Bu yil terimga O‘qituvchi va shifokorlar poezdlarda safarbar qilinmoqda.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlaridan minglab terimchilar mingan poezdlar Qoraqalpog‘iston va Toshkentga yo‘l oldi.

Surxondaryodan esa Jizzax va Xorazmga «uyushmagan aholi» tarkibidagi terimchilar poezdi jo‘natildi.

Bu voqealar hukumatning majburiy paxta terimini tugatish haqidagi qaroridan so‘ng ro‘y bermoqda.

O‘zbek matbuotining bildirishicha, tunda ular yig‘ilish o‘tkazib talabalarni qaytarishga buyruq berishgan

O‘zbek matbuoti 21 sentyabr kechasi Bosh vazir Abdulla Oripov majlis o‘tkazib, talabalar,  o‘qituvchilar va shifokorlarni paxtadan qaytarishga buyruq bergani haqida yozgan edi.

Majburiy mehnatni tugatish haqidagi bu gaplar yana qog‘ozda qoldi.

Ijtimoiy tarmoqda, yaqin kelajakda har bir dala boshiga temir yo‘l keltirishi haqidagi kinoyali pisandalar tarqaldi.

Qadimdan qolgan eski paravoz haqidagi hazilomuz she'rlar to‘qilmoqda.

Qadimdan qolgan
Bizning parovoz
Paxtazor sari
Aylaydi parvoz.

Paxta terishdan
yo‘q boshqa taqdir,
Bu yurtda faqat
yurtboshi haqdir.

Kuylar «Fidoiy
yoshlar» xushovoz.
Temir yo‘l uzra
Eski parovoz.

Orqada xokim,
Qo‘lida kaltak,
Tirishar tokim,
Bo‘yinda etak,
u so‘nggi bekat –
Buyuk kelajak…

Doktor kerakmas,
Muhandislar ham.
Maktablar yopiq,
Zavodlar barham.

Boshqa yo‘ling yo‘q,
Dalalarga yur…
Yurtboshing bilan
Parovozni sur.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
24 fevral 2024
Saylov bu demokratiyaning umurtqa pog‘onasi. Har bir vatandosh parda bilan o‘ralgan xonaga kirib, o‘z siyosiy irodasini bildirib iqtidor vektoriga ta'sir ...
11 may 2020
Bir manzara hech esimdan chiqmaydi. Adashmasam, 1996 yillar edi. O‘rda bozorida paypoq olaman deb, rastalar oralab yurgandim. Bir joyda ...
5 aprel 2022
Qashqadaryo viloyat, Qarshi tumanidagi 12-son maktab o‘qituvchilari Eltuzga yo‘llagan maktublari orqali o‘z direktorlari ustidan prezident Shavkat Mirziyoevga shikoyat qilishmoqda. ...
10 iyun 2021
Bir-biridan mustaqil manbalarning “Eltuz”ga bildirishicha, O‘zbekiston xalq ta'limidagi korruptsiyaning eng ochiq va ayovsiz ko‘rinishi chekka tumanlarda emas, xalq ta'limi ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...