Asosiy mavzular
24 fevral 2024

Saylovni o‘tkazish bilan Sardor shug‘ullanadi

Saylov bu demokratiyaning umurtqa pog‘onasi. Har bir vatandosh parda bilan o‘ralgan xonaga kirib, o‘z siyosiy irodasini bildirib iqtidor vektoriga ta'sir ko‘rsatish imkoniga ega. Bu imkondan foydalanish masalasi ayri.

2024 yili dunyoning 60 dan ziyod davlatida saylov bo‘ladi. The Economist jurnaliga ko‘ra, aynan bu yil tarixni o‘zgartira oladigan saylovlar o‘tadi. O‘zbekiston ham demokratik va dunyoviy tamaddunning parchasi o‘laroq yil so‘ngida deputatlarni saylaydi. Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish masalasi Eltuzda mavjud eksklyuziv ma'lumotga ko‘ra, Prezidentning maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi  Sardor Umrzoqovga topshirilgan.

Eltuz muxbiri olgan videoda Sardor Umrzoqovning saylovga tayyorgarlik ko‘rish uchun Namangan viloyatiga borgani aks etgan.

2022 yilning iyul oyidan Prezident administratsiyasi rahbari lavozimida ishlab kelgan Sardor Umrzoqov 2023 yilning avgust oyida Prezidentning maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangan edi.

Amalda avvaldan ushbu lavozim bo‘lmaganligi sababli, hozirgacha Sardor Umrzoqov ushbu lavozimda qanday vazifani bajarayotgani yoki bajarishi jamoatchilik oldida ochiq savol bo‘lib turgan edi. Mana Eltuz bu savolga ham javob topdi.

Mamlakat deputatlarini yangilash, naftalin siyosat va eski ballastlardan qutulishni ko‘zlagan saylovni sifatli o‘tkazish kabi vazifa Sardor Umrzoqovga topshirilgani ayon bo‘ldi.

Eltuz uydagi gapni ko‘chaga chiqaradi.

Tag‘in o‘qing
25 avgust 2021
Bu Silivri shahri. Terrorchilar saqlanadigan qamoqxona joylashgan bu shahar Turkiyaning Ovrupa qismida joylashgan va uning qirg‘oqlarini Marmara dengizi suvlari ...
13 dekabr 2021
Qashqadaryo viloyatida joylashgan Shayxali qamoqxonasida nozir bo‘lib ishlagan 38 yoshli G‘affor Akmalov jazoni ijro qilish tizimlaridan nohaq bo‘shatilganidan shikoyat ...
18 yanvar 2016
Toshkent hukumati AQSh va Yevropa huquq tizimlari Gulnora Karimovaning korruptsiya va pul yuvish jinoyatlariga aloqadorlik gumoni bilan muzlatib qo‘yilgan ...
21 aprel 2021
O‘zbekistonda Rassomlar kuni munosabati bilan bugun – 21 aprel sanasida rassom Elsevar do‘stlik hazili sifatida hamkasbi rassom Tuz rasmini ...
Bloglar
28 may 2024
Men millatchi emasman! Lekin qaytadan ta'mirlatilgan va Toshkent shahrining sobiq hokimi J. Ortiqxo‘jaev tomonidan Pasxaga ...
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...