Catira
8 noyabr 2017

Rus millatchilari Karimovga haykal o‘rnatilishiga norozilik bildirishmoqda

Rossiyaning «Rodina» partiyasi, «Vatan yo‘lbarslari» yoshlar qanoti va «Rossiya milliy-vatanparvarlari» jamoatchilik tashkiloti faollari Moskva shahri ma'muriyatining O‘zbekistonning marhum prezidenti Islom Karimovga haykal o‘rnatish qaroriga qarshi mitinglar o‘tkazgani haqida «Ozodlik» radiosi xabar berdi.

8 noyabrga kelib I.Karimovga haykal o‘rnatmaslik talabi bilan Change.org saytida e'lon qilingan va Rossiya prezidenti Vladimir Putin nomiga yozilgan petitsiyaga 6 yarim mingdan ziyod imzo to‘plandi.

«Islom Karimov O‘rta Osiyo rusofobiyasi, qonunsizlik va hokimiyatni uzurpatsiya qilish ramzi» bo‘lgani aytiladi, jumladan, petitsiyada.

2016 yili O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi I.Karimovga haykal o‘rnatish taklifi bilan Moskva hukumatiga murojaat qilgan edi.

Moskva shahri hokimi Sergey Sobyanin 2017 yilning 27 oktyabrida Rossiya poytaxtining Yakimanka tumanida Islom Karimovga haykal o‘rnatish haqida qaror chiqardi.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
6 yanvar 2024
Sog‘liqni saqlash vazirligi ham karvonsaroyga aylandi. Vazir bo‘lib ko‘rmagan kim bor! Rassom Tuz
21 iyun 2019
Oliy Majlis Senatining 21 iyun kuni bo‘lib o‘tgan 20-yalpi majlisi vaqtida chiqish qilgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev sobiq bosh ...
22 may 2018
Prezident Mirziyoevning Andijonga safari shaharni begona ko‘zlardan to‘sish, oshiqcha ehtiyot choralari va mulozimlarning odatiy laganbardorliklari bilan o‘tdi. Prezident o‘tadigan ...
26 noyabr 2018
Rassom Kirpi Eltuz.com
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...