Catira
15 noyabr 2017

Mirziyoev O‘zbekistoni saviyasiz haykallar poligoniga aylanmoqda

«Karimov davrida deyarli ishsiz qolgan o‘zbek haykaltaroshlarining qo‘li-qo‘liga tegmayapti», deydi Urganchdan kelib Toshkentda ishlayotgan haykaltarosh «Eltuz» muxbiriga. Uning aytishicha, shu kunlarda “ikki kommunist” – Karimov va Rashidovning haykal va byustlariga talab katta.

«To‘g‘risini aytsam, Karimov va Rashidovning Toshkent va Jizzaxda o‘rnatilgan haykallarini rassomlik institutining 3-kurs talabasi namoyishga qo‘ysa, o‘qituvchi urishib-urishib zo‘rg‘a 3 baho qo‘yib bergan bo‘lardi. Proportsiya, vizual estetika, monumental liniya kabi elementar qoidalarga rioya qilinmagan bu haykallarda», deydi haykaltarosh.

Londondagi Sharqshunoslik va Afrika tadqiqotlari markazining O‘zbekiston bo‘yicha tahlilchisi Alisher Ilhomov o‘zbek haykaltaroshlarining saviyasiz haykal yasash tezligidan hayratini izhor qiladi.

«O‘zbekiston o‘tmishdagi korruptsiyalashgan amaldorlar haykalini tiklash bo‘yicha rekord o‘rnatdi, bu mamlakat kelajagi ustiga chiziq tortish demakdir. Bu sobiq o‘g‘rilarning hozirgi o‘g‘ri hukumat tarafidan tashkil qilinayotgan yubileylari xalq uchun tsunamidan ham battar baxtsiz hodisa bo‘lmoqda. Ijtimoiy infratuzilma butkul izdan chiqqan bu davrda o‘zbek ayollari tug‘may turgani ma'qulmi? Ko‘richak va infarkt kabi kasalliklarga chalinganlar narigi dunyoda davo topsinmi? Xullas, oddiy odam, ya'ni sizning hayotingiz mavjud hukumat uchun bir tiyin», deb yozadi o‘z sahifasida A.Ilhomov.

Rassom TUZ
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
6 fevral 2019
Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi 4 fevral kuni o‘zbekistonlik 40 nafar yo‘lovchi mingan, ikki nafar qozoq haydovchisi boshqaruvida bo‘lgan avtobus ...
15 fevral 2022
Bor ekanda yo‘q ekan, och ekanda to‘q ekan. Bo‘ri bakovul ekan, tulki yasovul ekan. Qarg‘a qaqimchi ekan, chumchuq chaqimchi ...
19 mart 2019
Prezident Mirziyoev 15 mart kungi farmoni bilan prokuratura idoralaridagi 1 198 shtatni qisqartirdi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. ...
15 aprel 2017
15 aprel kuni yozuvchi Nodir Normatovni taniqli rassomlar, ijodkorlar so‘nggi yo‘lga kuzatishdi. Marhum Toshkentdagi «Yalang‘och ota» qabristonida dafn qilindi. ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...