chorshanba,
18 dekabr 2024
28 noyabr 2017
O‘zbek qamog‘i ijaraga beriladigan bo‘ldi
Shu yilning 23 noyabridan O‘zbekiston qamoqxonalarida «o‘z tovarlari (xizmatlari), shuningdek, boshqa qonuniy manbalarini ijaraga berish»ga ruxsat etiladi.
Vazirlar Mahkamasining 20 noyabrda chiqqan jazoni o‘tash muassasasi qoshida davlat unitar korxonalari tashkil qilish to‘g‘risidagi qarorida shu haqda bildirildi.
Hujjatda ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan davlat unitar korxonasi tashkil qilish aytilgan. Uning ta'sischisi jazoni ijro etish korxonasi bo‘lishi haqida yozadi norma.uz nashri.
Hukumat qaroriga ko‘ra, turma korxonalari ishlab chiqargan mahsulot turlarini matbuotda va Internetda reklama qilish Ichki ishlar vazirligiga topshirilgan.
Rassom Tuz
Eltuz.com