Mirziyoev barcha moliyachilarni haydashni buyurdi
Prezident Shavkat Mirziyoev parlamentdagi 22 dekabr kungi chiqishida Moliya vazirligini keskin tanqid qilishi ortidan vazirlikda tekshirish, xodimlarni ommaviy ishdan haydash boshlandi.
Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovni tikka qilib qo‘yib, dakki berarkan, prezident:
«Atrofingdagilarni hammasini haydavor!» dedi, aksincha bir oy ichida uning o‘zini ishdan olishiga sha'ma qildi.
Eski moliyachilarning barini yo‘q qilishga ahd qilgan prezident to‘rt soatlik nutqida «Ostrogorskiy-Mastrogorskiy-Sastragorskiy-Gastrogorskiy» degan uzun kalimani tilga oldi.
Keyinchalik prezident Moliya vazirligi Davlat byudjeti boshqarmasi sobiq rahbari Ella Ostrogojskayani nazarda tutgani ayon bo‘ldi.
Mirziyoev o‘z chiqishida aynan Ella Ostrogojskaya qo‘li bilan sobiq moliya vaziri Rustam Azimov Karimov davrida hukumat byudjetini talon-toroj qilib kelganini ma'lum qildi.
Rassom Tuz
Eltuz.com