MXX ko‘chirilmoqda, ishsiz qolgan xodimlar nima qiladi?
Milliy xavfsizlik xizmatining Toshkent markaziy sayilgohida joylashgan bosh qarorgohi boshqa joyga ko‘chirilayotgani haqida «Eltuz»ga ma'lumotlar yetib keldi. U yerga milliy gvardiya ofisi joylashishi kutilmoqda.
Bu kabi o‘zgarishlar prezident Shavkat Mirziyoev MXX xodimlarini «sotqinlar», «g‘o‘daygan itlar» , deya so‘kib haydaganidan keyin ro‘y bermoqda.
Prezident, shuningdek, Milliy havfsizlik xizmati tarkibini qisqartirayotgani, uning bir qancha bo‘linmalarini mutlaqo tugatgani haqida ham «Eltuz»ga xabarlar kelmoqda.
Jumladan, MXXning Korruptsiya va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi butunlay tugatilgan.
Haydalgan generallar, polkovniklar o‘rniga prokuratura tizimida ishlagan zobitlar tayinlanmoqda.
Prezident Mirziyoev 31 yanvar kuni MXX raisi Rustam Inoyatovni ishdan olgan. Uning o‘rniga ilgari MXX tizimida ishlamagan Ixtiyor Abdullaevni tayinlagandi.
Undan ham ilgari MXXning viloyatlardagi 11 nafar rahbari, bir qancha generallarini ishdan haydagan edi.
Rassom Kirpi o‘zining navbatdagi hajviy suratida uysiz, ishsiz qolgan MXX oilasini aks ettiradi.
Rassom Kirpi
Eltuz.con