Catira
9 aprel 2018

Prezident kelishiga devor bo‘yamagan faol jazolandi

Prezident Shavkat Mirziyoevning kelishiga yo‘l chetidagi uyi devorini sariqqa bo‘yamagani uchun sirdaryolik huquq faoli Isroil Rizaev uch million so‘m jarimaga tortildi.

«Ezgulik» jamiyati faoli Isroil Rizaevning «Ozodlik» radiosiga bildirishicha, uyi devorini bo‘yashdan bosh tortgach, tuman militsiya bo‘limi boshlig‘i Elyor Abdullaev Majburiy ijro byurosi xodimlarini chaqirtirgan. Keyin esa «elektr haqini to‘lamagan», degan bahona bilan jarima solingan.

Militsiya boshlig‘i xunuk ko‘rinyapti, deya Rizaev yashaydigan uyning darvozasini ham qo‘portirgan.

Biroq keyinchalik ma'lum bo‘lishicha, prezident Mirziyoevning Sirdaryoga 4 aprel kuni kutilgan tashrifi noma'lum kunga qoldirilgan.

Bundan sal avval «Eltuz» prezidentning Samarqandga tashrifi oldidan yo‘l chekkalariga soxta issiqxonalar qurilgani haqida maqola chop qilgan edi.

Prezident yoki bosh vazir kelishi arafasida bu kabi ko‘zbo‘yamachiliklar qilinishi O‘zbekistonning oldingi prezidenti Karimov davridan buyon keng urchigan.

Masalan, «Eltuz» nashri 2015 yilning oktyabrida odamlar to‘p-to‘p bo‘lib PVA yelim bilan chanoqlarga paxta yopishtirib chiqishayotgani haqida yozgan edi.

Prezident korteji o‘tadigan yo‘l chetidagi xonadon fasadlarini bo‘yash, ko‘chalarga archalar keltirib o‘tqazish, qurib qolsa, ularni bo‘yash urf bo‘lgan edi.

Shuningdek, Karimov davrida prezident o‘tadigan ko‘chaga qaragan uy devorlari va tomlari yashilga yoki O‘zbekiston bayrog‘idagi ranglarga bo‘yalishi yozilmagan qoidaga kiritilgandi.

Rassom Kirpi o‘zbek amaldorlari zehniyatidagi o‘zgarmas odatni o‘z hajviy rasmida aks ettiradi.

Rassom Kirpi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
14 may 2018
O‘zbekistonda «Mardikorlar kasaba uyushmasi»ni tuzgani uchun 10 yilu 8 oyga ozodlikdan mahrum etilgan Faxriddin Tillaev 12 may kuni ozod ...
5 fevral 2019
Bir vaqtlar qadimiy Rim saltanatining targ‘ibot-tashviqotchilari sifatida voizlar va faylasuflar imperiyaning ravnaq topishida katta hissa qo‘shgan. Aristotel va Suqrotning, ...
12 may 2015
«Aka buni unutib bo‘lmaydi, xali xech kim unutgani yo‘q. Yosh bola xam biladi. O‘qqa tutilgan mashinalar xam xamon 25 ...
11 sentyabr 2017
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning xalqni tovuqboqar qilish tashabbusi olg‘a surilganiga ham bir jo‘janing tuxum qilish yoshiga yetishidan ko‘ra ko‘proq ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...