Catira
21 avgust 2018

O‘zbek OAV nishonida «tungi klublar»

Hukumatning ko‘ngilochar maskanlarga reydlari ortidan o‘zbek matbuotida «tungi klublar»larni yomonotliq qilish avj oldi.

Ayni tendentsiyadagi ko‘rsatuvlarni «Yoshlar» telekanali uzatdi. «Kun.uz», «Qalampir.uz» «Xabarlar» caytlari shunga monand xabarlarni tarqatdi.

tToshkent shahri IIBB va soliq tizimlari bilan birgalikdagi tungi klublarga reydlari asosida «Yoshlar» telekanali 19 avgust kuni uyushtirgan ko‘rsatuvda Yunusobod tumanidagi Ahmad Donish va Yangishahar ko‘chalari kesishmasidagi tungi klublar faoliyati ko‘rsatiladi.

«O‘lishni taqiqlash kerak!»

«Comedy.uz» hajvchisi Nozim Safariy o‘zbek hukumati va matbuotining «tungi klub»larga xurujini hajv ostiga oldi.

«Televizordan katta katta shaxslar, yozuvchilar va boshqa faollar «Tungi klublar – bu jamiyatimizning muammosi!», «Bu yerda giyohvandlik avj olmoqda!», «U yerda fohishalar yig‘ilgan!», «Karaul! Eng katta muammomiz tungi klublar!» deb butun olamga jar solishmoqda», deydi Nozim Safariy o‘z videoblogida.

«Biz tungi klublarni, sportchi bilan bo‘lgan vaziyatni bilamiz. Lekin statistikani olib qaraydigan bo‘lsak, jinoyatlar, suiqasdlar va qotilliklar ro‘y berishi bo‘yicha tungi klublar eng oxirgi o‘rinlarni egallaydi. Tungi klublarda qotilliklar, jinoyatlar juda kam ro‘y beradi aslida. Lekin biz ularni taqiqlash tarafdorimiz! Bilmadim, nega…

Unda kelinglar, boshqa narsalarni ham taqiqlaylik! Eng ko‘p suiqasdlar, qotilliklar, zo‘rlashlar qaerda ro‘y bermoqda?

Xo‘jalikda, oilada! Ha, bu statistika, olib ko‘rishlaringiz mumkin.
Eng ko‘p suiqasd oilada ro‘y bermoqda. Shuning uchun, taklifim, kelinglar, uylanishni taqiqlaymiz, oila qurishni taqiqlaymiz. Muammo bo‘lyapti boshidan, to‘y, uylanish, xarajatlarimiz.


Yana qaerlarda. Yo‘llarda o‘lyapti odamlar! Mashinada ketyapti, piyoda ketyapti, yuragi qisilib o‘lib qolyapti. Yo‘llarni taqiqlash kerak! Yo‘llarda yurishni taqiqlash kerak!


Agar shunday mantiq bilan boradigan bo‘lsak, shu to‘g‘ri bo‘ladi. Yana qaerda, ha! Jarrohlik stollarida. Endi har xil kasalliklar bo‘ladi! Ayb bilanmi, beayb, o‘sha jarrohlar sabab odamlar jarrohlik stollarida o‘lyapti. Shuning uchun, kelinglar, jarrohlik amaliyotini taqiqlaymiz.


Yo‘q! Yo‘q! Bu yerda eng to‘g‘ri yechim – o‘lishni taqiqlash. «O‘lsang, o‘ldiraman!» jazosi ostida taqiqlab qo‘yish kerak», dedi hajvchi Nozim Safariy o‘z videoblogida.

Xurujlarning boshlanishi

Tungi klublarga qarshi o‘zbek matbuotidagi xurujlar yosh sportchi Jamshid Kenjaevning 8 avgust kuni Toshkentdagi “Aurum 898” tungi klubida o‘ldirilganidan keyin avj oldi.

Qo‘riqchilar bilan chiqqan janjaldan so‘ng tungi klublarga reydlar kuchaydi. 

“Aurum 898” bilan birga Yakkasaroydagi «Luksor» tungi klubi faoliyati to‘xtatildi.

Bosh vazir Abdulla Aripovning og‘zaki buyrug‘i bilan 11 avgustdan boshlab tungi ko‘ngilochar maskanlar faoliyati, alkogol savdosi soat kechki 9.00 dan so‘ng taqiqlandi.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
24 dekabr 2019
Chunki hali O‘zbekistonda saylovni to‘liq demokratik tamoyillar asosida o‘tkazish uchun yetarlicha sharoit mavjud emas. Xuddi shunday fikr bildirgan mustaqil ...
8 may 2023
Qadrli muxlislar, e'tiboringizga Eltuz «600 sekund»ning  navbatdagi 8 may sonini taqdim etadi. O‘zbekistonda 9 iyul kuni muddatidan oldin prezident ...
4 avgust 2020
O‘zbekistonda turli matnlarda, kontekstlarda, hatto rasmiy hujjatlarda ko‘p ishlatiladigan “buyuk ajdod” tushunchasidan voz kechish kerak, deb o‘ylayman. Buning sababini ...
25 iyul 2018
Rassom Azizbek Eltuz.com
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...