Catira
24 avgust 2018

Pichoqbozliklarga boy hafta

O‘zbekistonda shu hafta eng ko‘p pichoqbozlik Qurbon hayiti kuniga to‘g‘ri keldi. 

Shu kuni, 21 avgustda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida er xotinini pichoqlab o‘ldirdi. Bir necha pichoq zarbasidan so‘ng ayol voqea joyida jon berdi. Fojea aks etgan video ijtimoiy tarmoqda tarqaldi.

Ayni shu kuni kechki vaqtlarda Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida yashovchi Q.K. ham mast holda jiyani Sh.Q.ni pichoq bilan jarohatladi. Tog‘a hibsga olindi, jiyan kasalxonaga yotqizildi.

Tag‘in shu kuni Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida yashovchi Z.R. ismli ayol milliy taomlar kafesida tanishi Sh.S.ga pichoq urdi. Ayol qamoqqa olindi, dugona kasalxonaga yotqizildi.

22 avgust kuni Bo‘stonliq tumanidagi R.T. mast holatda o‘z xamshishasi A.F.ga pichoq urdi. A.F. kasalxonaga yotqizildi, R.T. ushlandi.

Shu kuni kechasi Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida yashovchi S.B. ham uyi oldida qishloqdoshi T.J.ga pichoq bilan jarohat yetkazdi. Qishloqdosh kasalxonaga yotqizilib, pichoqboz qo‘lga olindi. Yuqoridagi hodisalar haqida IIV.UZ nashri xabar berdi

23 avgust kuni farg‘onalik 26 yoshli yigit singlisiga shilqimlik qilgan 40 yashar qo‘shnisini oshxona pichog‘i bilan chavaqladi. Qo‘shni o‘ldi. Yigit 10 yilga qamaldi. Bu haqda «Huquq» gazetasi viloyat prokuraturasidan iqtibos keltirib yozdi.

O‘tgan haftada yuz bergan pichoqbozliklar xronikasi rassom Tuz suratiga mavzu bo‘ldi.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
26 avgust 2022
30 yildirki sargardonlikda, avval Norvegiyada keyin Turkiyada yashayotgan Muhammad Solih yangi kulliyoti – asarlar to‘plami ustida ishlamoqda. Unga bir ...
25 oktyabr 2023
O‘zbek tiliga davlat maqomi berilishi talab qilingan bu kadrlarni mening aziz do‘stim marhum Abdulaziz aka Mahmudov suratga olganida men ...
9 sentyabr 2016
Mustaqil matbuotda va ijtimoiy tarmoqda Karimovning nojoiz joyga dafn etilgani, zudlik bilan maqbara qurish uchun 120 tacha mozor buzilgani ...
1 noyabr 2022
Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudi 18 yashar qizni bo‘g‘ib o‘ldirgan 23 yashar qotilni 12 yilga qamadi. 2022 yilning ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...