chorshanba,
18 dekabr 2024
28 sentyabr 2018
Huquqbuzarni «chaqqanlar» mukofotlanadigan bo‘ldi
Hukumatning yangi qaroriga ko‘ra, O‘zbekistonda 2019 yilning 1 iyulidan yo‘l harakati qoidasi buzilgani to‘g‘risida ma'lumot yuborgan shaxslar mukofotlanadi.
Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali orqali ma'lum qilishicha, «huquqbuzarlik holatlari to‘g‘risidagi videoyozuvlarni yuborgan shaxslar eng kam oylik ish haqining besh foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi».
Jumladan, «huquqbuzarlik holatlari to‘g‘risidagi videoyozuvlarni taqdim etgan shaxslar haqidagi ma'lumotlar oshkor etilmaydi», deyiladi bu haqdagi hukumat qarorida.
Hujjatga ko‘ra, avtomobillarga o‘rnatiladigan videoregistrator endilikda rasmiy uskuna – videoradarga tenglashtiriladi.
Rassom Tuz
eltuz.com