Catira
10 yanvar 2019

Bekobodlik bangi prezidentdan nasha o‘stirishga ruxsat so‘radi

Bekobodlik nashavandning «qiynalib yetishtirgan nasha o‘simligi»ni IIB xodimlari olib qo‘yishgani haqidagi prezident qabulxonasiga 2019 yil 5 yanvarda jo‘natilgan shikoyati nusxasi «Eltuz»ga yetib keldi.

Sherali ismli shaxsning prezidentga yozishicha, u avval «geroin iste'mol qilgani uchun ikki marta qamalib chiqqan», biroq «hozir geroin iste'mol qilishni tashlab, nasha iste'mol qilishga» o‘tgan va hech qaerda nasha topa olmagani uchun uyida o‘zi uchun nasha o‘stira boshlagan.

«Uyimga prokuratura va IIB xodimlari kelib, qiynalib yetishtirgan nashalarimning hammasini uzib olib ketishdi. Mening uylarimni shunchalik tekshirishga nima haqlari bor? Men oldi-sotdi qilayotganim yo‘q-ku. Iltimos, uyimda o‘zim foydalanishim uchun o‘stirayotgan nasha o‘simligini nima sababdan uzib olib ketishganlarini tushuntirib berishlarini va mening tinchligimni ta'minlab berishlarini so‘rayman», deya arz qiladi bekobodlik Sherali prezidentga.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
31 oktyabr 2015
Akmal Nabiev Eltuz.com Ukam, men ko‘pni ko‘rgan, siz eslasangiz kerak Tojikistonda bo‘lgan urushni. Men o‘shanda Dushanbeda bo‘lgan, bir tomonda ...
9 fevral 2023
Eltuz portaliga kelgan so‘nggi beshta shikoyatni o‘qib eshittiramiz. Dastlabki shikoyat Farg‘ona viloyatining Qarshi tumanidan. 2 ming aholi yashaydigan mahallada ...
22 oktyabr 2018
Moskvada Karimov haykali ochilgan 18 oktyabr kuni o‘zbek migrantlaridan biri haykal oldida ta'zim qilib, uning poyini o‘pdi. Absurd holat ...
13 aprel 2018
Toshkentning Uchtepa tumani aholisi bilan 10 aprel kuni o‘tkazgan muloqotida IIV o‘rinbosari, Toshkent shahri IIBB boshlig‘i Rustam Jo‘raev soqol ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...