chorshanba,
18 dekabr 2024
6 fevral 2019
Rossiyaga ketayotgan o‘zbeklar yana Qozog‘istonda muzladi
Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi 4 fevral kuni o‘zbekistonlik 40 nafar yo‘lovchi mingan, ikki nafar qozoq haydovchisi boshqaruvida bo‘lgan avtobus buzilgani haqida xabarni tarqatdi.
45 daraja sovuqda muzlab qolgan o‘zbeklar qutqarilgan va isinish uchun Kogam qishlog‘idagi maktabga olib borilgan.
«Eltuz» nashri o‘tgan yilning yanvarida ham Rossiyaga otlangan, buzuq avtobusda muzlagan 41 nafar o‘zbekning qutqarilgani haqida yozgan edi.
Voqeadan uch to‘rt kun avval, 18 yanvar kuni Oqto‘ba viloyatida ro‘y bergan avtobus yong‘inida 52 nafar o‘zbekistonlik kuyib kul bo‘lgan edi.
Rassom Kirpi
Eltuz.com