Catira
17 may 2019

Allamjonovning “sevimli bolalari”

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonov 15 may kuni feysbuk sahifasida ayrim saytlardan to‘siqlar olingani iddaosi ortidan yana bir bayonot qoldirdi.

“O‘zbekiston — haqqoniy, xolis, xalqaro jurnalistik etika asosida ish olib boradigan har qanday xorijiy ommaviy axborot vositalariga ishlash uchun zarur sharoit yaratib, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi”, deya yozdi, jumladan, Allamjonov o‘z bayonotida.

Bundan avval, 10 may kuni feysbuk sahifasida u shu paytgacha bloklangan ayrim mustaqil saytlaridan to‘siq olinganini e'lon qilgan edi.

Ammo “Eltuz” va “Ozodlik” sayti bu ro‘yxatda yo‘q.

Allamjonov o‘z bayonotida chet el matbuotini “tasdiqlanmagan va yolg‘on axborotlardan foydalanmaslik, shuningdek, asoslanmagan mish-mish va gumonlarni tarqatmaslikka” chaqirdi, saytlarning to‘silishini “texnik kamchilik”ka yo‘ydi.

Bu bilan hukumat mulozimi shu paytgacha mustaqil saytlar rasman to‘sib kelinganini e'tirof etdi. Ayni paytda aynan qaysi saytlardan to‘siq olib tashlanmagani ham ko‘zga chalinib qoldi.

“O‘zbekiston haqida eng muhim axborotlarni beruvchi “Ozodlik”, “Eltuz.com” saytlari va O‘zbekiston-Germaniya inson huquqlari forumi saytlari bilan bog‘liq “texnik” muammolar hamon saqlanib qolmoqda”, deya yozdi bu haqda tahlilchi Alisher Ilhomov.

“Shu yo‘sin jurnalistik jamoa ikkiga ajratildi. Agar omadlilar “omadi kelmaganlar” haqida yozmasa yoki “omadsizlar” ro‘yxatga kirishni istab tanqidni to‘xtatishsa, bu siyosat 100 foiz ish beradi”, deya yozdi Ilhomov.

Shu bilan birga, tahlilchi yuqoridagi farazni chetga surib, bu shartga ko‘nib ishlashdan naf yo‘qligi, shusiz ham o‘quvchilar kerakli nashrlarga VPN orqali bemalol kira olishlari mumkinligini pisanda qiladi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
16 dekabr 2015
Ulug‘bek Ashur Eltuz.com Taniqli xonanda Yulduz Usmonova 12 dekabr kuni o‘z tavallud kunida prezident Islom Karimovga bag‘ishlab qo‘shiq yaratgani ...
6 aprel 2020
Karantin bois uyda o‘tirgan o‘zbek shoiri va muxolifat lideri Muhammad Solih endilikda kitob o‘qishga va yangi asarlar yozishga ko‘proq ...
22 sentyabr 2017
O‘zbekistonlik bir-birini tanimaydigan bir necha tadbirkorning “Eltuz” muxbiriga ma'lum qilishicha, 2010-2016 yillar davomida MXX Milliy havfsizlik va MX (SB) ...
11 mart 2020
Koronavirus: “Kunlar isidi. O‘limim yaqin. Alvido, Toshkent!” Rassom Kirpi
Bloglar
28 may 2020
Bosh prokuratura koronavirus tarqalishi silsilasini aniqlash oson bo‘lishi uchun fuqarolardan kundalik tutishni so‘raganida ba'zilar buni ...
25 may 2020
“Bi-Bi-Si” radiosi o‘zbek xizmati jurnalisti Muhammad Solihga: “Koronavirus pandemiyasi payti shunday chiqish qilishingiz o‘rinlimi? Buning ...
18 may 2020
1914 yilning 18 mayi deya tarix yozilgan bu surat markazida turgan Abdullabekning evarasi, shu kunlarda ...