Catira
4 noyabr 2019

O‘zbek rasmiy matbuoti prezident qizining tug‘ilgan kunini nishonladi

4 noyabr kuni O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zA saytida prezident Shavkat Mirziyoevning qizi Saida Mirziyoevaning tug‘ilgan kuni sharafiga tabrik chop etildi.

O‘tgan o‘n yilliklarda Islom Karimovning qizlariga qilingani kabi oshkora xushomad va imtiyozlarni o‘zbek mulozimlari endilikda Shavkat Mirziyoev qizlariga atab davom ettirishmoqda.

Biroq Islom Karimovning 27 yillik hukmronligi davrida rasmiy matbuot biror marta uning qizlarini tug‘ilgan kuni bilan tabriklamagan edi.

Saida Mirziyoeva 15 aprel kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari o‘rinbosari etib tayinlangani ortidan tez-tez ko‘rina boshladi.

Rassom Tuz

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
15 iyun 2019
Mana, hafta aylanib, siz bilan yana  yuzlashdik. Bu hafta ham voqealarga boy bo‘ldi. Xalq bankining Farg‘ona viloyati Yozyovon tumani ...
11 oktyabr 2016
Majburiy mehnat monitoringi bilan shug‘ullanayotgan «Qo‘rqmaslar» guruhi faoli Maloxat Eshoqulovaning eltuz.com muxbiriga bergan intervyusiga ko‘ra, ularni cho‘l zonasidagi «Qirlishon» ...
29 yanvar 2022
Onasi hayvonot bog‘idagi ayiq oldiga uloqtirgan uch yashar qizaloq Toshkentdagi kasalxonada qolmoqda. Qizning ahvoli «qoniqarli» 5 metr balandlikdan tushgan ...
16 yanvar 2021
Taniqli shoira Gulchehra Nurullaeva uzoq xastalikdan so‘ng 83 yoshida olamdan o‘tdi. 16 yanvar kuni u Toshkentdagi Do‘mbirobod qabristoniga dafn ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...